Mavzu. Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha. Xramosoma, tuzilishi va tarkibi


Hujayraning funksiyasida yadroning roli



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana19.08.2021
Hajmi0,87 Mb.
#151449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мавзу

 

Hujayraning funksiyasida yadroning roli 

O„tgan asr oxirlarida o„tkazilgan tajribalarda amyoba yoki infuzoriyalarning 

yadrosiz  qismlarini  kesib  olingan,  ular  bir  qancha  vaqtdan  so„ng  o„lgan. 

Mufassalroq  tekshirishlarning  ko„rsatishicha,  yadrosi  olib  tashlangan  amyobalar 

yashaydi,  ammo  operatsiyadan  so„ng,  tezdayoq  ovqatlanmay  qo„yadi  va  biroz 

vaqtdan  so„ng  o„ladi.  Agarda  yadrosizlantirilgan  hujayraga  yana  yadroni  olib 

kirilsa, normal hayot faoliyat tiklanadi, bir qancha vaqtdan so„ng amyoba bo„lina 

boshlaydi.  Yadrosizlantirilgan  dengiz  kirpisi  tuxumi  partenogenetik  ko„payishga 

stimulyatsiya qilinganda maydalanadi, ammo bu ham keyinchalik o„ladi.  

Yadroning  rolini  yanada  yaqqolroq  illyustratsiyasini  sutemizuvchilarning 

yadrosiz  eritrotsiti  berishi  mumkin.  Bu  tabiatni  o„zi  tomonidan  qo„yilgan 

eksperimentdir. Eritrotsitlar yetilib borib gemoglobin to„playdilar, keyin yadrosini 

tashlab  yuborib,  120  kun  davomida  yashaydilar  va  ish  bajaradilar,  ammo  ular 

ko„paya olmaydilar.  

Yadroni  olib  tashlash,  sitoplazmaga  yadroning  xromosomasida  joylashgan 

DNK  molekulasida  sintezlanadigan  yangi  RNK  larni  kelishini  to„xtatadi.  Ammo, 

bu  sitoplazmada  avvaldan  mavjud  bo„lgan  informatsion  RNK  ni  oqsilni  sintez 

qilishini  davom  ettirishiga  xalaqit  bermaydi.  RNK  yemirilgandan  so„ng  oqsil 

sintezi  to„xtaydi,  ammo  eritrotsit  uzoq  vaqt  yashaydi  va  unchalik  ko„p  oqsil  sarf 

bo„lmaydigan  funksiyasini  bajaradi.  Yadrosini  olib  tashlangan  dengiz  kirpisi 




tuxumi  ovogonez  vaqtida  to„plangan  RNK  hisobiga  yashashni  davom  ettiradi  va 

bo„linishi ham mumkin. Olimlar mikroxirurgiya metodi yordamida shoxlangan va 

yumaloq  amyobalarning  yadrolarini  almashtirdilar.  Bunda  yadroning  ta‟sirida 

amyobalarning tanasining shakli o„zgaradi. Agar oddiy amyobaning yadrosini olib, 

shoxlangan  amyobaga,  shoxlangannikini  oddiy  amyobaga  ko„chirilsa,  u  holda 

o„sha  yadroni  ta‟sirida  oddiy  amyoba  shoxlangan  amyobani  shakliga  kiradi  va 

aksincha.  Buni  tut  ipak  qurtini  chatishtirish  ustidagi  tajribalar  ham  tasdiqlaydi. 

Bunda faqat otalik yoki onalik jinsiy hujayralardan avlodlar olindi. Bunda otalikni 

sitoplazmasi  saqlanadi.  Lekin  avlodda  belgi,  masalan,  rang  yadro  tomonidan  olib 

kiriladigan  belgiga  xos  bo„ladi.  Lekin  spermatozoidlar  yadrosini  o„rab  olgan 

arzimagan miqdordagi sitoplazma, uning tashqi muhitdan oziq moddalar yutishiga, 

assimilyatsiya qilishiga va uzoq vaqt hayot kechirishiga sababchi bo„ladi. Demak, 

yadro  bilan  sitoplazma  o„zaro  fiziologik  bog„liq  holda,  birining  yashashi 

ikkinchisining  yashashi  uchun  zarur  bo„lgan  holdagina  yashaydilar.  Gerasimov 

tajribasiga  ko„ra,  hujayra  yadrosi  plastidlarning,  jumladan  yashil  plastidlarning 

o„sishi va ko„payishiga ham ta‟sir qiladi. Tajriba uchun bir hujayrali ko„p yadroli 

Vasheriya  suvo„tining  har  xil  turlarining  hujayrasini  kesib,  protoplastini  mayda 

sharlar holatida suvga qo„yib yuborilgan. O„zida yadro saqlab qolgan sharchalarda 

darhol  po„st  hosil  bo„lgan,  yadrosiz  sharchalar  esa  yalang„och  holida  qolgan  va 

nobud  bo„lgan.  Ko„pchilik  olimlarning  fikricha,  yadro  hujayra  po„stining 

qalinlashishiga  va  o„sishiga  o„zida  ishlab  chiqariladigan  maxsus  fermentlar  va 

gormonlar  yordamida  ta‟sir  qiladi.  Hujayra  yadrosi  sitoplazmaning  boshqa 

organoidlari  bilan  yaqin  fiziologik  munosabatda  bo„lgani  holda  hujayradagi 

moddalar  almashinuvining  normal  borishiga  ham  ta‟sir  ko„rsatadi.  Olimlar 

yadroning  hujayra  hayotidagi  rolini  chuqur  o„rganish  maqsadida  bir  hujayrali 

hayvonlar  va  o„simliklarning  har  xil  turlariga  mansub  hujayralardagi  yadrolarni 

almashtirib ko„rganlar.  Masalan,  atsetabulyariya  degan  suvo„tning  yirik hujayrasi 

tovoncha  va  qalpoqchalardan  iborat.  Atsetabulyariyaning  har  xil  turlarida 

(Acetabularia mediterranea, A.crenulata) qalpoqchaning shakli turlicha bo„ladi va 

qalpoqcha  uzib  tashlansa,  u  yana  qaytib  tiklanadi.  Agar  bir  turga  oid 

atsetabulyariyaning  hujayra  yadrosini  ikkinchi  turga  tegishli,  qalpog„i  oldindan 

olib  tashlangan  individ  hujayrasidagi  yadroga  almashtirib  qo„yilsa,  bu  qayta 

tiklanadigan  qalpoqchaning  shakli  ikkala  tur  qalpoqchalarning  oraliq  formasida 

bo„ladi.  Bundan  ma‟lum  bo„lishicha,  yadro  hujayralardagi  shakl  hosil  qilish 

jarayonlariga  ham  ta‟sir  qila  oladi.  Yadro  hujayra  sitoplazmasining  boshqa 

organoidlariga ham kuchli ta‟sir qiladi. Buni quyidagi tajribadan ko„rish mumkin: 

atsetabulyariya  yadrosi  faqat  hujayra  hayot  siklining  oxirida,  jinsiy  ko„payish 

hujayralari  (gametalar)  hosil  qilayotganda  bo„lina  boshlaydi.  Lekin  “yosh” 

hujayraning  yadrosini  olib,  uni  gameta  hosil  qilishga  kirishayotgan  shu  turning 

boshqa  “keksa”  individ  yadrosiga  almashtirib  qo„yilsa,  “yosh”  hujayra  yadrosi 

“keksa” hujayra protoplasti ichida bo„linib, ko„payib, gameta hosil qila boshlaydi. 

Shunga  asosan,  A.  Gize  sitoplazmada  yadroning  bo„linishga  undaydigan  maxsus 

moddalar  to„planib  borsa  kerak,  degan  xulosaga  kelgan.  Bu  tajriba  hujayraning 

barcha organoidlari orasida fiziologik munosabat borligini ko„rsatadi. Yadro RNK 

sintezini  murakkab  koordinatsiyasi  va  regulyatsiyasini  amalga  oshiradi.  Hamma 



uch  xil  RNK  DNK  dan  hosil  bo„ladi.  Turli  metodlar  bilan  (radiografiya) 

aniqlanishicha,  RNK  sintezi  yadroda-xromatin  va  yadrochada  boshlanadi  va 

sintezlanib  bo„lgan  RNK  esa  sitoplazmaga  o„tadi.  Shunday  qilib,  yadro 

sitoplazmada bo„ladigan oqsil sintezining dasturini tuzadi. Ammo, yadro o„zi ham 

sitoplazmaning ta‟siriga uchraydi, yadroning normal ishlashi uchun zarur bo„lgan, 

sitoplazmada  sintezlangan  fermentlar  yadrochaga  o„tadi.  Masalan,  sitoplazmada 

DNK -polimeraza fermenti sintezlanadi, usiz DNK molekulasi avtoreproduksiyasi 

bo„lmaydi.  Shuning  uchun,  yadro  va  sitoplazmaning  o„zaro  ta‟siri  to„g„risida 

gapirish  lozim.  Bunda  qiz  hujayralarga  beriluvchi  irsiy  informatsiyani  o„zida 

tutuvchi yadro ustunlik rolini o„ynaydi.

 

 

Xromatin  kimyoviy  tarkibiga  kо„ra,  DNK  bilan  oqsilning  murakkab 

birikmasidan iborat.

1

 



 

 

                                                 



1

 Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. 1bob.57-60 bet 




 

 

 



 



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish