Mavzu. Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha. Xramosoma, tuzilishi va tarkibi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana19.08.2021
Hajmi0,87 Mb.
#151449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мавзу

Yadro-sitoplazma  munosabati  deganda  yadroning  hajmini  sitoplazma  hajmiga 

nisbati tushuniladi. Bu, ma‟lum tip hujayralarda, muayyan sharoitlarda o„zgarmas 

bo„ladi.  Buning  ma‟nosi  shuki,  ma‟lum  hajm  yadro,  ma‟lum  massa  sitoplazmani 

nazorat  qilish  qobiliyatiga  ega  bo„ladi.  Energiya  almashish  nuqtai  nazaridan 

qaralsa,  bu  degani  yadro  hujayrani  tegishli  axborot  bilan  turli  kanallar  orqali 

ta‟minlashini ko„rsatadi. Ma‟lumki, zigota maydalanayotganda borgan sari kichik 

o„lchamli  blastomerlar  hosil  bo„lib  boradi,  ammo  yadro  bilan  sitoplazma  hajmi 

o„rtasidagi  nisbat  doimo  saqlanadi.  Bir  hujayrali  sodda  hayvon  tufelkada  odatda 

ikkita  yadro  bo„ladi.  Ulardan  biri  genetik  axborot  manbai  bo„lib  xizmat  qilsa, 

ikkinchisi hujayraning metabolitik faoliyatini boshqaradi.  

Yadroning shakllari har xil va ko„pchilik hollarda hujayraning shakliga mos 

keladi. Yumaloq hujayralarda yadro yumaloq, cho„ziqlarda, masalan silliq muskul 

hujayralarida yadro ham cho„ziq bo„ladi. Lekin ko„pchilik hujayralarda yadroning 

shakli  hujayra  shakliga  mos  kelmaydi.  Masalan,  ko„plab  o„simtali  nerv,  suyak 

hujayralarida  yadro  yumaloq  bo„ladi.  O„simlik  hujayralarida  markaziy  vakuola 

yadroni  hujayra  membranasiga  surib  qo„yadi  va  uning  shakli  linzasimon  bo„lib 

qoladi.  Leykotsitlarda  polimorf,  ya‟ni  turli-tuman  shaklda:  zanjirsimon, 

bo„lakchali,  hasipsimon,  loviyasimon,  ba‟zi  hasharot  va  o„rgimchaklarning  to„ri 

hujayralarida  yadro  ko„p  tarmoqli  bo„ladi.  Yadrolarning  shaklini  bunday  turli-

tuman  bo„lishining  sababi  aniq  emas,  ammo  uni  metabolitik  jarayonlarning 

tezligini  orttiruvchi  omil  deb  qarash  mumkin.  Yadroning  yirik-maydaligi 

hujayraning shakliga bog„liq. Yadrolarning o„lchami, shakli tashqi muhit ta‟siriga, 

fiziologik  holatlariga,  ovqat  moddalariga,  yadro  strukturasiga  va  funksiyasiga 

qarab  o„zgarib  turadi.  O„simliklarning  turli  organlaridagi  hujayralar  yadrosining 

o„lchami  ham  har  xil  bo„ladi.  Yosh  hujayralarda  yadro  hujayraning  markaziy 

qismida  joylashadi.  Hujayra  voyaga  yetganda,  uning  ichida  bir  yoki  bir  necha 

vakuolalar  hosil  bo„ladi,  bu  holda  yadro  sitoplazma  bilan  birgalikda  hujayraning 

devoriga  qisilgan  holda  joylashadi(ilova,29).  Ba‟zi  hujayralarda  vakuola 

yiriklashib,  sitoplazma  ingichka  iplar  holida  hujayra  markazidan  turli 

yo„nalishlarda  kesib  o„tadi.  Bunday  hujayralarda  yadro  shu  sitoplazmatik  iplar 

bilan  o„ralgan  holda  hujayraning  markazida  joylashadi.  Hujayraning  yadrosi  bir 

butun va murakkab strukturali bo„lib, yadro po„sti, kariolemma yoki nukleolemma, 




xromatin 

strukturalari 

(xromosomalar), 

yadro 


shirasi 

(kariolimfa 

yoki 

karioplazma), bir-ikkita, ba‟zan bir necha yadrochadan tashkil topgan.  



Yadrolarni interfaza yadrosiga (bo„linmayotgan yadro)  va hujayra bo„linishi 

davridagi yadroga ajratish mumkin. 



Yadro qobig‘i 

Yadro qobig„i Zavarzin va Xarazova (1982)larning fikriga ko„ra yadroning 

yuza  apparati  tarkibiga  kiradi.  Bu  apparat  uchta  asosiy  komponentlardan:  yadro 


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish