Yapli talabning hajmiga ta’sir etuvchi omillar
1.Iste’molchilik sarflaridagi o’zgarishlar. Narx darajasining
o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki
bir nechta omiilar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o’zgarish ro’y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o’zgarishi natijasi hisoblanadi. Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo’lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko’chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo’ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi Tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi.Iste’molchilik sarlarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy qimmmatlikar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilik sarflari o’sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o’zgarmay
qolganda iste’molchi farovonligining o’sishiga olib kelishi misol
qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin
kamayishi, narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq
bo’lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |