Mavzu: Yalpi talab: uning tarkibi va uning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar


Yalpi talab tushunchasi. Yalpi talab tarkibi



Download 0,76 Mb.
bet2/18
Sana18.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#391037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mavzu

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Talab
Yalpi talab tushunchasi. Yalpi talab tarkibi.
Yalpi talab (inglizcha: Aggregate demand)— iqtisodda yakunlangan mahsulotlar va xizmatlar uchun maʼlum bir paytda va narxda boʻlgan umumiy talab1. Yalpi talab barcha mumkin boʻlgan narx darajalarida sotib olinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiytmatini belgilaydi2.

Talab - bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to'lovga qobil pul bilan

ta'minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj - kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini, taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni ifodalovchi ilmiy kategoriya. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ifodalanishi «talab» tushunchasidir.Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta'minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab - bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir.

Yalpi talab biror bir mamlakatning Yalpi ichki maxsulotga boʻlgan talabdir. Yalpi talab bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat va davlat narxlarining o’rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtidodiyotdagi real pul daromadlari hajmini bildiradi.

Lеkin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kеlishi kеrak.


Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasini qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasining oshishi, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi yapli talabning oshishiga olib keladi. Yalpi talbga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga olib keladi. Narx darajasi va talab bildirgan milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidgai bu teskari bog’liqlik 1-chizmada aniq ifodalangan.


Yalpi talab barcha iste'molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablari yig‘indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi:

shaxsiy iste'mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli iste'mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.

Iste'mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma'naviy tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, turli ko‘rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan talabi ham turli tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg‘i, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo‘ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin:

Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo‘ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o‘zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o‘zgarmagan holda

ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo‘ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta'sirida o‘zgarib turadi.

Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta'sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi.

Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi,
ya'ni:

Y= C+ I+ G+ NX

bu yerda:

  1. yalpi talab;

C – uy xo‘jaliklarining iste'mol sarflari;

I – xususiy sektorning investisiya sarflari;

G – davlat xaridi;

NX – sof eksport3.
Professor V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo‘lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta'kidlaydi:
AD=M*V/P
bu yerda:

AD – yalpi talab;

M – pul miqdori;

V – pulning aylanish tezligi;

P – narx darajasi4.
Bundan ko‘rinadiki, V.Kamaevning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini e'tibordan chetda qoldiradi.
Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste'molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) ishlab

chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar

o‘zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining keskin kamayishiga, ya’ni

ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo‘ladi.
Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya'ni tovarlarning yetishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari

ta'sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish