Mavzu: Yong’indan xabar berish vositalari


Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar



Download 199,48 Kb.
bet2/2
Sana04.07.2022
Hajmi199,48 Kb.
#739392
1   2
Bog'liq
Hayot faoliyati Mustaqil is Normurodov

Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar

Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar - ishlab ketgandan keyin qayta ulanish amalga oshuvchi, ya'ni yong‘in taxlikasidan xabar berilgach, ularni yana qaytadan ishlab ketishiga sabab bo‘ladigan faktorlar qolmaganidan so‘ng hech qandan qismlarini o‘zgartirmay, yana nazorat xolatiga o‘tuvchi qayta xabar bergichlar quyidagi turlarga bo‘linadi:


- avtomatik ravishda qayta ulanish amalga oshuvchi yong‘indan xabar bergichlar - ishlab ketgandan keyin o‘zi nazorat xolatiga o‘tuvchi;
- masofadan qayta ulanish amalga oshuvchi yong‘indan xabar bergichlar - ishlab ketgandan keyin o‘zi masofadan berilgan komanda yordamida nazorat xolatiga o‘tuvchi;
- elementlarini o‘zgartiruvchi qayta ulanish amalga oshuvchi yong‘indan xabar bergichlar - ishlab ketgandan keyin nazorat xolatiga faqat ba'zi elementlarini o‘zgartirib o‘tuvchi;
- qayta ulanish imkoni yo‘q yong‘indan xabar bergichlar - ishlab ketgandan keyin nazorat xolatiga o‘tmaydigan.
Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar signal berishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
- yong‘in belgilari bor yoki yo‘qligi haqidagi xabarlarni bitta yo‘nalishda beruvchi ikki rejimli yong‘indan xabar bergichlar;
- yong‘in belgilari bor yoki yo‘qligi haqidagi xabarlarni bir yo‘nalishda cheklangan (ikki yoki undan ortiq) turdagi tinch, yong‘in xavfi va boshqa signallarni beruvchi ko‘p rejimli yong‘indan xabar bergichlar;
- analog yong‘indan xabar bergichlar, ular nazorat qilinayotgan yong‘in belgilarining qiymatlarini kattaligini, yoki analog/raqamli, to‘g‘ridan to‘g‘ri yong‘in xavfi signali bo‘lmagan signallarni uzatishga mo‘ljallangan.


Yong‘in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi.
Yong’in sodir bo’lganda odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida shoshilinch evakuatsiya tadbirlari o’tkaziladi. Bunda evakuatsiya vaqti (tev) o’ta mihim ko’rsatkichlardan biri sanaladi va u xavfli yong’in omillari chiqish yo’llarini to’sib qo’yishi mumkin bo’lgan vaqtdan ko’p bo’lmasligi kerak. Ta’lim muassasalarining ko’pgina binolari, inshootlari va binolari uchun bu vaqt tegishli usullar yordamida hisoblanadi va 4 minutdan 10 minutgacha bo’lishi mumkin.
Evakuatsiya vaqtini hisoblash quyidagicha ifodalanishi mumkin:
tev = tav + txv + tyv + thv,
Bu yerda:
tev - odamlarni xavfli zonadan evakuatsiya qilish vaqti;
tav - yong’in belgilarini aniqlash vaqti;
txv - xabar berish vaqti, ya’ni odamlarni yong’in sodir bo’lganligi va favqulodda evakuatsiya zarurligi to’g’risida ogohlantirish vaqti;
tyv - yig’ish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti;
thv - odamlarning xavfsiz hududga qarab harakatlanish vaqti.
Yong’in belgilarini aniqlash vaqti (tav) - tashkiliy va texnik tadbirlar majmui bilan belgilanadi: navbatchi kuchlar va vositalar, xabar berish (signalizatsiya) tizimlarining mavjudligi, yong’in hodisasi to’g’risida qaror qabul qilish algoritmlari va boshqalar. Vaqtning yuqori darajasi yong’inni aniqlash va xabar berish oralig’idagi davr davomiyligi bilan belgilanadi va odamlarni evakuatsiya qilish to’g’risida qaror qabul qilish tezligiga, ogohlantirish tizimining tayyorligi va ishonchliligiga va boshqa omillarga bog’liq.
Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti (tyv) - asosan yong’indan xabar berish (signalizatsiya) tizimining turiga bog’liq. Misol uchun, agar yong’in to’g’risida ovozli xabar uzatilsa, taxminan bir daqiqadan so’ng odamlarni evakuatsiya qilish boshlanadi. Agar yong’in xaqidagi xabar qo’ng’iroqlar, rangli signallar va boshqalar orqali uzatilsa, yig’ish va evakuatsiya uchun tayyorgarlik vaqti 4 daqiqadan ko’proq vaqt olishi mumkin.
Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti (tyv) quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
1. Yong’in to’g’risidagi xabarning ishonchliligi tekshirish (aniqlash).
2. Uskunalarni o’chirish, hujjatlar va materiallarni yig’ishtirish, kiyinish.
3. Evakuatsiya yo’llarini qidirish.
4. Chalkashlikliklarga olib keluvchi ma’lumotlar bilan bog’liq noto’g’ri harakatlar.
Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqtni xodimlarni yong’in tartib-qoidalariga o’rgatish, evakuatsiya yo’llarini belgilash, doimiy tarzda o’quv mashq va mashg’ulotlari o’tkazish yo’li bilan qisqartirish mumkin.
Umuman olganda, bino va inshootlarda odamlarning harakatlanishi zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni amalda oshirishda odamlarning harakati me’yoriy yoki majburiy holda bo‘lishi mumkin. Birinchisida odamlarning bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa, ikkinchisida bino va xonalardan yong‘in yoki zilzila sharoitida odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga majburiy ko‘chish uchun mo‘ljallangan harakati tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi.
Birinchi pog‘onada - bu binoning oxirgi qavatida joylashgan barcha xonalarda odamlarning yo‘lakka chiqish harakatidir.
Ikkinchi pog‘onaga - odamlarning yo‘lakka chiqish eshigidan to zinapoyagacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishi uchun mo‘ljallangan harakati kiradi. Bunda harakatlanuvchi oqim yo‘lak bo‘ylab o‘tadi. Agar bino bir qavatli bo‘lsa, evakuatsiya ikkinchi pog‘onadan so‘ng tugashi mumkin.
Uchinchi pog‘onaga - odamlarning yuqori qavatning zinapoyaga kelishidan to birinchi qavatdagi zinapoyadan chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish uchun qilingan harakati kiradi.
To‘rtinchi pog‘onaga - odamlarning zinapoyadan tushgandan keyin ayvon va yo‘laklar orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishiga qaratilgan harakati kiradi.
Evakuatsiya yo‘llarining tarkibiy qismlari.
Odamlarning binodagi harakatlanish jarayoni, yong’in yoki biror tabiiy ofat paytida ayniqsa keskin tus oladi. Bunday hollarda harakatlanishni to’g’ri ta’minlash odamlar hayotini saqlab qolishga garov bo‘la oladi. Har qanday xonada ham yong‘in sodir bo‘lish ehtimoli mavjud ekanligini inobatga olsak, barcha xonalardan va umuman binodan odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirish uchun evakuatsiya yo‘llarini rejalashtirish majburiy tadbirlardan hisoblandi.
Evakuatsiya yo‘llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganda, odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlarning doimiy ish joyidan eng qisqa yo‘l bilan tashqariga olib chiqadigan yo‘nalish bo‘ylab joylashgan yo‘laklar, zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar, chiqish eshiklari va boshqalar kiradi.
Evkuatsiya vaqtida binodan chiqish eshiklari ikkitadan kam bo‘lmagan holda loyihalashtiriladi. Xonalardan chiqish eshiklari va binodan chiqish darvozalari bir-biridan ma’lum masofada uzoqlashtirilgan bo‘ladi.
Binolarning yer osti qavatlaridan evakuatsiya qilishda odamlarning harakat yo‘nalishi bo‘ylab, yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxonalar mavjud bo‘lmasa, umumiy zinapoyalar orqali chiqishlariga ruxsat etiladi. Agar yerto‘lada bunday omborlar mavjud bo‘lsa va bu omborlar uchun alohida chiqish yo‘li asosiy evakuatsiya yo‘lidan o‘tda yonmaydigan devor bilan to‘silgan bo‘lsagina, ulardan evakuatsiya qilishda umumiy zinapoyadan foydalanishga ruxsat beriladi. Agar yerto‘lada joylashgan xonaning sathi 300 m2 gacha bo‘lib, undagi odamlar soni 15 kishidan oshmagan bo‘lsa, xonadan chiqish oson bo‘lishi uchun maxsus moslamalar mavjud bo‘lgan taqdirda, tik o‘rnatilgan narvon bilan yerto‘la tomidagi 0,9x0,9 m2 o‘lchamlik tuynuk orqali yoki tashqi devorda o‘rnatilgan o‘lchami 0,75x1,5 m2 ga teng bo‘lgan deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin bo‘ladi. Yerto‘lada ishlovchilar soni 5 kishidan oshmasa, undan chiqish uchun bitta tuynuk yoki deraza qo‘yish kifoya qiladi.
Binoning qaysi qavatida bo‘lishidan qat’iy nazar, agar xonadan chiqish eshigi, shu qavatdagi 2 ta evakuatsiya chiqish darvozasiga olib boradigan bo‘lsa, bu xonadan chiqish uchun 1 ta evakuatsiya eshigi qo‘yilishi mumkin. Faqat xonadagi eng uzoq joylashgan ish joyidan bu eshikkacha bo‘lgan masofa 25 metrdan uzoq bo‘lmasligi va bir smenada ishchilar soni A va B toifadagi xonalarda 5 kishidan, D toifadagi xonada 25 kishidan, E va F toifadagi 50 kishidan oshmasligi shart.
Evakuatsiya yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan yo‘l qismlari (oraliq yo‘laklar, yo‘lak, zinapoyalar va h.k) har xil texnik qurilmalar bilan toraymasligi, balki aksincha yo‘l-yo‘lakay qo‘shilib boruvchi odamlar oqimini hisobga olgan holda kengayib borishi inobatga olinishi lozim bo‘ladi. Barcha evakuatsiya yo‘llari tabiiy yoki sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlangan bo‘lishi va sun’iy yorug‘lik tizimi albatta, ham umumiy, ham avariya elektr tarmog‘idan ishlashga moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
Evakuatsiya paytida xonalardan ko‘chayotgan odamlarning soniga, binoning o‘tga chidamlilik darajasiga xonalarning toifasi va hajmiga qarab chiqish eshiklarining kengligi hisoblab chiqariladi. Asosiy yo‘laklarning kengligi 120 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Maydoni 1000m2 dan katta bo‘lmagan va yo‘lak bo‘ylab eng uzoq joylashgan xona eshigidan to tashqariga chiqish yoki zinapoyaga kelishigacha bo‘lgan masofa 1-jadvalda berilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida evakuasiya davrida chiqish eshiklarining o‘lchami 1 m kenglikdan o‘tish mumkin bo‘lgan odamlar soni 2-jadvalda keltirilgan.
3. Yong’in sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilish qoidalari.
Yong’in xavfi yuzaga kelganda va sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilish qoidalarini bilish odamga o’zi va atrofdagilarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun ushbu qoidalarni eslatib o’tishni lozim topdik.
Yong’ingacha bo’lgan harakat:
1. Yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling.
2. Gaz hidini sezishingiz bilan darhol gaz manbaini o’chiring va xonani shamollating (elektr va ochiq olovdan foydalanish mumkin emas).
3. Oson alangalanuvchi moddalar va buyumlarni issiqlik manbai yonida saqlamang.
4. Bolalarni olovdan ehtiyot bo’lib foydalanishga o’rgating. Gugurtni bolalar qo’li etmaydigan joylarda saqlang.
5. Faqat chekish uchun maxsus ajratilgan yerda cheking. O’rinda yotib chekish, yonib turgan gugurt cho’pi va sigareta qoldig’ini istalgan joyga tashlash yong’inga sabab bo’ladi.
6. Elektr simlariga ortiqcha yuklanish bermang. Elektr asboblarini nazoratsiz qoldirmang.
7. Qo’lbola isitish vositalarini ishlatmang.
8. Olov yoqishda yonuvchi suyuqliklardan foydalanmang.
9. Yuvilgan kiyimlarni gaz plitasi ustida quritmang.
10. Yong’in xavfi mavjud joylarda gulxan yoqmang.
11. O’t o’chirish vositalarini ishlatish va ular yordamida qanday yong’in manbalarini o’chirish mumkinligini o’rganib oling.
12. Qutqaruv xizmati telefon raqamlarini yodda tuting: 101, 103, 1050.
Yong’in vaqtidagi harakat:
1. Oqilona va o’ylab tez harakat qiling.
2. O’t o’chirish xizmatiga xabar bering (telefon orqali 101 raqamiga) va yong’inni mavjud vositalar yordamida o’chirishga kirishing.
3. Gaz va elektr manbaini o’chiring.
4. Odamlar va hayvonlarni qutqarishga harakat qiling. Agar odamning kiyimlari yonayotgan bo’lsa, ustiga qalin mato tashlab, yerga yotqizib dumalating. Tutunli xonada yerga egilib harakat qiling. Aksariyat hollarda odamlar olovdan emas, zaharli tutundan zarar ko’rishlari mumkin. Ho’l sochiq yoki qalin gazlama nafas olish organlarini tutundan saqlaydi.
5. Eshik va derazalarni ochmang, yong’in kuchayib ketishi mumkin.
6. Yonayotgan binodan tezlikda chiqib keting, ustingizga namlangan choyshab tashlab oling.
7. Elektr asboblaridan chiqqan yong’inni o’chirishda, avval uni tok manbaidan uzib qo’ying.
Yong’indan so’nggi harakat:
1. Bino va xonalarni tekshirib chiqing.
2. Jabrlanganlarga yordam bering.
3. Qutqaruvchilar ko’rsatmalariga amal qiling.
Yong’in sodir bo’lganda quyidagilar mumkin emas:
1. O’t o’chiruvchilarni chaqirmay yong’in bilan mustaqil kurashish;
2. Elektr asboblarini tokdan o’chirmay suv bilan o’chirish (tok urib olishi mumkin);
3. Tutunni chiqarib yuborish uchun deraza va eshiklarni ochish (yong’in toza havo kirishi natijasida kuchayadi);
4. Katta maydon yong’in ostida qolgan vaqtda liftdan foydalanish (odam liftda qamalib va tutundan bo’g’ilib qolishi mumkin);
5. Tutunli yo’lak yoki zinapoya orqali chiqishga harakat qilish (tutun zaharli, issiq havo esa o’pkani kuydirishi mumkin);
6. Tarnov quvurlaridan, arqon va boshqa narsalarga osilib tushish (qulab tushish ehtimoli katta);
7. Derazalardan sakrash (3 qavat va undan yuqorisidan sakrashning har ikkinchisi o’lim bilan tugaydi).
Ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi qoidalari.
Ta’lim muassasalari odamlar gavjum bo’ladigan maskanlardan biri bo’lganligi uchun bu yerda yong‘in xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy hodimlar o‘quv laboratoriya xonalarida barcha yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rishlari kerak. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni olib kelish yopiq, xavfsiz idishda amalga oshiriladi. Havo so‘rish shkafida sinov, tajriba ishlarini amalga oshirishga taalluqli bo‘lmagan materiallar va uskunalarni saqlash taqiqlanadi. Stol yuzasidan suyuqliklarni oqib ketmasligini ta’minlovchi chegara balandliklari (qirra, «bortik») bo‘lishi kerak. Foydalanib bo‘lgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ish vaqti tugagach maxsus yaxshi berkitiladigan idishga yig‘ib laboratoriyadan tashqarida qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish uchun olib chiqish lozim. Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklarni kanalizatsiyaga to‘kish taqiqlanadi.
Ta’lim muassasalari binolari o‘quv mavsumi boshlanishidan oldin maxsus tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilinishi bu komissiya tarkibiga yong‘in nazorat xodimlari ham kiritilgan bo‘lishi kerak. O‘quv va xizmat xonalariga faqat o‘qitish jarayonida kerakli mebel shkaf va mahkam o‘rnatilgan tokchalarga sig‘adigan ko‘rgazmali o‘quv qurollarning modellari, anjomlari va boshqalarni joylashtirish mumkin. O‘quv xonalardagi partalar soni loyihada ko‘rsatilgan me’yordan oshmasligi kerak.
O‘quvchi va talabalar bilan ilmiy tadqiqotlar va laboratoriya ishlari o‘tkazilayotganida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha suhbatlar, mashg‘ulotlar o‘tkazilishini tashkillashtirishi lozim. Mashg‘ulot tugagandan so‘ng xizmat xonasi, ustaxona va laboratoriyalardan yonuvchan, portlash yoki yonish xavfi bo’lgan modda va materiallarni maxsus jihozlangan omborxonalarga olib chiqib joylashtirish kerak. Maxsus jihozlangan omborxonalarda portlash va yonish xavfi bo‘lgan modda va materiallar fizik-kimyoviy va portlash va yonish xususiyatiga qarab ajratilib alohida saqlanadi.
Yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan omborxonalarda hamda arxiv, muzey, kutubxona binolarida elektr isitish moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Har bir fuqaro yong‘in yoki yong‘in alomatlarini, tutun, kuygan hid, haroratning ko‘tarilishi va boshqa holatlarni sezganda vahimaga berilmasdan, telefon orqali darhol yong‘in xavfsizligi xizmatlariga (101 raqamiga) xabar berishlari va xabarda voqea sodir bo‘lgan manzil, yong‘in chiqqan joy va o‘z ismi sharifini aytishi, iloji boricha insonlarni qutqarish, yong‘inni o‘chirish va moddiy boyliklarni saqlab qolish choralarini ko‘rishi kerak.
Download 199,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish