Mavzu: yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i reja : O`zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig`ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati


Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan quyidagi soliq imtiyozlari belgilangan



Download 44,31 Kb.
bet8/12
Sana12.05.2023
Hajmi44,31 Kb.
#937508
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7Документ Microsoft Office Word

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan quyidagi soliq imtiyozlari belgilangan:

Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish, naqd pul mablag`larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, respublikada bank mikroprotsessor plastik kartochkalari va to`lov terminallari ishlab chiqarishni rag`batlantirish maqsadida,


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi "Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” PQ-433-qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq:
- bank mikroprotsessor plastik kartochkalari va to`lov terminallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bank mikroprotsessor plastik kartochkalari va to`lov terminallarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy ta`minot va litsenziyalar bojxona to`lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) to`lashdan ozod etildi. Ushbu soliq imtiyozi muddati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori bilan 2017 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
- 2006 yilning 1 oktyabridan boshlab xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari (tijorat banklaridan tashqari) ko’rsatilgan xizmatlarga plastik kartochkalar qo’llanib to’langan hajmidan amaldagi stavkaga nisbatan 5 foiz (2014 yil 1 yanvargacha 10 % bo’lgan) pasaytirilgan stavka bo’yicha foyda solig’i yoki yagona soliq to’lovini to’lashi belgilangan.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrda qabul qilingan "Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 445-qarorida mol-mulk solig`i bo`yicha ko`zda tutilgan imtiyozning amal qilish muddati 2014 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgan edi.
Bunda, tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi:
-bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalari va plastik kartochkalar bo`yicha to`lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalardan, shuningdek dasturiy ta`minot sifatidagi mol-mulkdan 2005 yil 1 yanvardan 2014 yil 1 yanvargacha mulk solig`i to`lashdan ozod qilindi;
-plastik kartochkalar, sarflanadigan materiallar, grafik va elektron shaxslashtirish qurilmalari, terminallar, bankomatlar va plastik kartochkalar bo`yicha to`lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalarni import qilishda 2014 yil 1 yanvargacha bojxona to`lovlari to`lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig`imlaridan tashqari);
-2007 yil 12 iyuldan boshlab 2014 yil 1 yanvargacha o`ziga o`zi xizmat ko`rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo`yicha mulk solig`idan, shuningdek ular import qilinganda bojxona to`lovlari to`lashdan ozod qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 maydagi “2012-2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to’g’risida” PQ-1758-sonli Qaroriga asosan, qishloq xo’jaligi mashinasozligi korxonalari ushbu qarorning 2 ilovasida* nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan, jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan litsenziya bitimlari asosida texnika, butlovchi buyumlar va ularga detallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirishda:
-texnika, butlovchi uzellar, detallar va ularga ehtiyot qismlarning yangi turlari sotilishi yuzasidan foydadan olinadigan soliqdan;
-texnika, butlovchi uzellar, detallar va ularga ehtiyot qismlarning yangi turlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy mablag’lar yuzasidan mol-mulk solig’idan 5 yil muddatga ozod qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 fevraldagi «Xorijiy investitsiyalar ishtirokida "Jeneral motors O’zbekiston" korxonasini barpo etish to’g’risida»gi PQ-800-sonli Qaroriga asosan:
-"Jeneral Motors O’zbekiston" YoAJ O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan barcha soliqlardan, shuningdek Respublika Yo’l jamg’armasiga to’lanadigan majburiy to’lovlardan; butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shilgan qiymat solig’i va "Jeneral Motors O’zbekiston" YoAJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun ana shu korxonalar tomonidan sotiladigan mahsulotlar foyda solig’i to’lashdan, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy vositalar mulk solig’i to’lashdan;
-"Jeneral Motors O’zbekiston" YoAJning xorijiy xodimlari mazkur korxonadagi xizmat doirasida oladigan daromadlari foyda solig’i to’lashdan;
-"Jeneral Motors" korporatsiyasi, "Jeneral Motors Interneyshnl Xoldings" kompaniyasi va uning huquqiy vorislari "Jeneral Motors O’zbekiston" YoAJ tomonidan to’lanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlar bo’yicha foyda solig’i to’lashdan 5 yil muddatga ozod etilsin.
SHuningdek, "Jeneral Motors O’zbekiston" YoAJ 2-ilova* muvofiq jadval bo’yicha yangi modeldagi avtomobillar ishlab chiqarishni o’zlashtirgan paytdan boshlab ushbu qaror bilan joriy etilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati 2017 yilning 31 dekabrida tugashi bilan yana besh yillik muddatga uzaytirilishi belgilangan.
"Jeneral Motors O’zbekiston" yopiq aktsiyadorlik jamiyati rasmiy dilerlarining avtomobillarni ta’mirlash va ularga servis xizmatlari ko’rsatish, jumladan ushbu xizmatlarni ko’rsatish vaqtida o’rnatiladigan ehtiyot qismlar, uzellar, agregatlar va materiallarning narxlari, shuningdek ehtiyot qismlar, uzellar, agregatlar va materiallarni ularning savdo tarmoqlari orqali sotish qo’shilgan qiymat solig’isiz amalga oshirilishi belgilangan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlar berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-oktyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 281-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida olib boriladi.


Download 44,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish