Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Abror Hidoyatov



Download 76,74 Kb.
bet2/3
Sana07.12.2022
Hajmi76,74 Kb.
#880845
1   2   3
Bog'liq
REFERAT

2-topshiriq. Quyidagi referat tarkibiy qismlarini ketma-ket tartibda joylashtiring.
Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, titul varag’i, reja,



3-topshiriq. Matnni o‘qing va yozma nutqning mohiyatini ochuvchi so‘z, atamalarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutq faoliyati kishilarning bir-birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og’zaki tarzda va yozma tarzda.
Yozma nutq og’zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan bolib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bo‘laklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og’zaki nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz.Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, shuningdek, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan o‘z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til meyorlariga rioya qilgan tarzda ifodalashni talab qiladi.
4-topshiriq.
Internet va undan foydalanish madaniyati

Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog‘i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz xizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yеngilliklarni yuzaga keltirayotgan bo‘lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor virtual olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa, bu ta’sir doirasidan o‘smir yoshlar ham yo‘q emas. Bu borada mutaxassislarning so‘zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog’idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog’liq muhim aniq dalillarga ega bo‘lishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi. Lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma’lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlari mumkin. Bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushohada, tahlil qilish qobiliyati va xotiraning o‘tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo‘lmagan va insonning o‘z tafakkuridan kelib chiqqan qonun-qoidalar asosida bo‘lishi kerakligi hamda undagi me’yor talablari, ya’ni Internet tarmog’idan axborotlarni to‘g‘ri tanlash har jihatdan o‘rinlidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o‘z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko‘p ekanligi gohida o‘zimizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug’dirmoqda. Barchamizga ma’lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o‘rni beqiyos. Internet tarmog‘ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta’rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog‘i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli-tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta’sir kuchini o‘tkazayotganligi bir tomondan quvonarli bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.


Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing va undagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.
2. Matnda bayon etilgan fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring.
3. Ta’lim jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini tuzing.

Download 76,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish