Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur. Mashhur kishilarning Bobur haqidagi fikrlari Mavzuga oid tayanch tushunchalar


O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi



Download 1,1 Mb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#773071
1   2
Bog'liq
Ibrohimova Dilshoda ochiq dars ishlanma

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi : O’rganilayotgan mavzuga oid materiallarni o’rganish orqali vatan tuyg’usi , vatanparvarlik tushunchalariga ,insoniy sifatlarga ega bo’lish.
Fanga oid kompetensiya : Boburning o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi va asarlarining tarbiyaviy va tarixiy ahamiyatini bilish.
Dars jarayoni va texnologiyasi



Ishning
nomi

Bajariladigan ish
mazmuni

Metod

Kerakli jihoz

Vaqt

1

1-bosqich
Tashkiliy
qism

O’quvchilar davomoti aniqlanadi,sinf o’quvchila-
rining darsga tayyorgarligi
tekshiriladi.

Kayfiyat
mashqi

Notebook,
Videoproyek-
tor, ekran.



3
daqiqa

2



II bosqich



Dars shiori tanlanadi.
Dars davomida rioya
qilinishi lozim qoidalar
tushuntiriladi.



Suhbat



Slayd



2
Daqiqa

3

III bosqich


Darsning
borishi



1)O’tilgan darsni so’-
rab baholash,uy vazifa-
sini tekshirish.
2)Yangi mavzuni o’zlash-
tirish.
3)Darslik bilan ishlash.
4)Multimediya ilovasi-
dagi topshiriqlarni ba-
jartirish

Savol-javob
Topqirlar”
musobaqasi

Tilsim”


o’yini

Tarqatmada-
gi savollarga
javob berish.
Slaydlar.
Tilsim ” ko’r-
gazmasi.

6
daqiqa


9
daqiqa
5
daqiqa
6
daqiqa



4

IV bosqich
Yangi mav-
zuni mus-
tahkamlash

1)Multimediya ilovasi-
dagi topshiriqni baja-
rish.
2)Test



Tushuntirish

Multimediya-
li ilova.
Slayd

4
daqiqa
6
daqiqa



5



V bosqich
Darsni ya-
kunlash va
baholash.



O’quvchilarning darsda
ishtiroki hisobga olinib,
reytingi e’lon qilinadi.
Dars yakunlanadi.



Baholash



Rag’bat kar-
tochkalari



2
daqiqa

6

VI bosqich

Uyga vazifa mavzuni
o’qib, yangi ma’lumot-
lar to’plash



Tushuntirish



Rasmlar

2
daqiqa

Darsning borishi
Tashkiliy qism: O’quvchilar hammalari birgalikda Muxammad Yusufning yoshlar madhiyasini kuylash.
A) Salomlashish; B) davomotni aniqlash, sinf xona tozaligi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini
nazorat qilish;
D) Ma’naviyat daqiqasi;
O’quvchilar ma’naviy bilimlarini nazorat qilish.
1.Vatan qanday tushuncha?
2.Ulug’ alloma va ajdodlarimizning qanday hikmatlarini bilasiz?
3.A.Avloniyning tarbiya haqidagi fikrini ayting?
Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Uy vazifasi va o’tilgan mavzularni tarqatma materiallar orqali nazorat
qilishdan avval o’quvchilarni 3 guruhga ajratish va guruhlarni nomlash.
1-guruh: Bobur. 2-guruh: Bobur avlodlari. 3-guruh: Tojmahal.
1.Alisher Navoiy hayot yo’li haqida nimalar bilasiz?
2.Navoiyning eng yirik asari qaysi?
3.Navoiyning hikmatlari haqida ma’lumot bering.
Guruhlarning javoblariga rag’bat yoki jarima kartochkalari berish.
Yangi mavzu:
Yangi mavzuni o’quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlari asosida savol –javob
tashkil etish.
1.Bobur haqida ma’lumotlar bering.
2.Bobur ijodi haqida gapiring.
3.Boburning siyosiy yurishlari haqida ma’lumotlar bilasizmi?
Berilgan javoblar uchun rag’bat yoki jarima kartochkalari berish.
Mavzu bayoni.
Bobur vatanimiz tarixida takrorlanmas siymolardan biridir.U nafaqat yirik adib,
buyuk tarixchi, ulkan olim, mohir sarkarda, davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan chambarchas bog’liq holda yuzaga keldi.
Temuriy shahzoda Zahiriddin Muxammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andi-
jonda tug’ildi.Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta-otasi Umarshayx mirzoning kutilmaganda vafotidan so’ng boshlandi.O’shanda u bor-yo’g’i 12 yoshda edi.
Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti –Samarqandni ishg’ol qilish uchun bir necha marta urinib ko’rdi. Dastlabki muvaffaqiyatlarini qo’lga kiritdi. Shunga qaramay uni qo’lda tutib turishning imkonini topa olmadi.
Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi. Biroq u o’zi tug’ilib o’sgan yurtda-Movorounnahrda emas,balki undan ancha olisda-Hindistonda amalga oshdi. Adibning o’zi bu hodisadan doimo iztirobda bo’lganligi asarlarida yorqin tarzda aks etgan:
Tole yo’qki jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerini qo’yub Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.





Boburdan bizga uning devonlari, “Boburnoma”si bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi.U Xoja Ubaydullohning “Risolayi volidiya”sini o’zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid “Mubayyin” nomli masnaviysini yaratdi, “Xatti Boburiy”ni ixtiro qildi.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabr kuni 47 yoshida o’zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va shu yerga dafn etildi. Keyinchalik 1539-yil vasiyatiga ko’ra, hoki Kobulga keltirilib, o’zi bunyod ettirgan “Bog’i Bobur”ga qo’yildi.
Bobur O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng o’z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog’ “Bog’i Bobur” bor. Bobur milliy bog’i majmuasida “Bobur va jahon madaniyati”muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bog’idagi yodgorlik majmuasida shoirga haykal o’rnatildi. Toshkentdagi va Namangandagi istirohat bog’lariga Bobur nomi berildi. O’zbekiston fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi. 1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jamg’armasi Bobur ijodini o’rganishda katta ishlarni amalga oshirdi.
Lug’at so’zlar.
1.Bobur- sher ,(yo’lbars) 2.Zahiriddin- gullagan daraxt.




Buyuk vatandoshimiz Bobur haqida mashhur kishilar o’zlarining ibratli fikrlarini yozib qoldirishgan. Ushbu mashhur kishilar fikrlarini guruhlardan bir nafardan o’quvchi ifodali qilib o’qib tahlil qilishadi.
Bobur ” guruhi:
Tarixi Rashidiy”dan “U turli go’zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega
podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi.”

Bobur avlodlari ” guruhi:
Javoharla’l Neru: “Bobur dilbar shaxs, Uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard
va tadbirkor odam bo’lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko’rardi.Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo’lib, ko’p yaxshi
fazilatlarga ega bo’lgan.
“Tojmahal ” guruhi:

Monstyuart Elfinston: “Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o’z
zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek
ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir”

Yangi mavzuni mustahkamlash: Test (Slayd) 1.Xalqaro Bobur jamg’armasi qachon tashkil etildi?
A) 1989 yil 21-oktabr B)1991 yil 18 noyabr. C) 1993 yil 23-dekabr D) 2000 yil 14-mart 2.”Risolayi volidiya” asari muallifi kim? A) A.Navoiy B) Bobur C) Cho’lpon D)Xoja Ubaydulloh 3.Boburning eng yirik asari qaysi?
A) “Xatti Boburiy” B) “Boburnoma” C)”Mubbayin” D) “Kobul devoni”

Aqliy hujum savollari:
1. Z.M.Bobur qachon qayerda tug’ilgan ?
2. Bobur qanday davlat tashkil etdi ?
3. Bobur qanday asarlar yozgan ?




O’quvchilarni baholash :
Guruhlarni olgan rag’bat va jarima kartochkalarini jamlash, dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: Bobur hayoti va ijodini o’rganish g’azallaridan namuna yodlash.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.10-sinf “Adabiyot ” darsligi Toshkent -2017 yil.

2.Adabiyot fanidan o’quv qo’llanma.
3.Internet ma’lumotlari.
Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish