Mavzu№17. Sport inshoatlaridan foydalanishni tashkil etish. Sport maydonlari konstruksiyasi va materiallari. Mashg‘ulot№1 Sport inshoatlaridan foydalanishni tashkil etish



Download 137 Kb.
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi137 Kb.
#244246
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
МАВЗУ-17-1

Maktab harbiy- sport inshootlari.

Respublikamiz Vazirlar Mahkamasi tomonidan qo‘yilgan asosiy masalalardan biri - jismoniy tarbiya va sportni keng ommaga kiritish, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy tarbiya dasturi yoshlarni nafaqat jismonan balki, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan. YOshlarni kuchli, chaqqon, chidamli tarbiyalash uchun bir qator uslub va vositalar qo‘llaniladi. Bo‘lajak askarlarni jismoniy tayyorgaligida "Salomatlik" normativlarini bajarish asos qilib olinadi. Qat’iylik, mardlik, maqsad sari intilish, qiyin sharoitlarda to‘g‘ri yo‘l tanlay olish, ruxan tushmaslik, irodasi kuchli insonlarni tarbiyalash uchun yoshlar snaryadlarda mashqlar bajaradilar, to‘siqlarni engadilar, suzish kabi bir qator mashqlarni bajaradilar.


Natijada 17 yoshdagi va yuqori yoshdagilarga quyidagi sport inshootlari zarur ekan:

Inshootning nomi (1-kishiga 1m.kv.)

Kishilar soni

Inshoot ekspluatatsiyasi

Zarur inshoot soni

Mavjud inshoot

S

D

P

YOpiq basseyn 25x11,5m (10m.kv)

9000

30

15

2

5

4

Gimnastik zal 30x15m (10m.kv)

3900

45

7,5

2

3

3

O‘yin zali 36x18m (13m.kv)

6700

50

7,5

2

6

5

Og‘ir atletika 24x12m (10m.kv)

960

30

7,5

2

1

1

Futbol maydoni

3500

30

3

2

10

2


3-o‘quv savoli: Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun joy.

Bu o‘quv joyi sifatida barcha maktablarda jismoniy tayyorgarlik me’yorlarini topshirishga mo‘ljallangan turli to‘siqlar ketma-ketligi mavjud bo‘lgan gimnastik shaharchalardan foydalaniladi. Ular maktabning umumiy sport kompleksining bir qismini tashkil etadi va stadion hamda sport maydonchalarida joylashadi.

Gimnastik shaharcha quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:

- 4 ta arqon va xoda, zinalar joylashgan, balandligi 6 m bo‘lgan metall yoki yog‘och konstruksiya;

- 5-6 odam shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan turli balandlikdagi metall quvurlardan yasalgan paralel to‘sinlar;

- gimnastik snaryadlar (standart);

- balandlikka va masofaga sakrash uchun joy;

- uzunligi 4-5 m, balandligi 35 sm bo‘lgan gimnastik o‘rindiqlar;

- balandligi 2,5 m va kengligi 5 m bo‘lgan gimnastik devorlar;

- mashg‘ulotning tayyorlov qismi, o‘yin va estafetalarni o‘tkazish uchun maydoncha;

- kengligi 2 m, uzunligi 100 m bo‘lgan yugurish yo‘lakchasi.

Imkoniyatlarga qarab gimnastik shaharchada qizlar gimnastika bilan shug‘ullanishlari uchun joy jihozlanadi.

Uzunligi 80 m bo‘lgan to‘siqlar ketma-ketligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- kengligi 2,5 m, uzunligi 3m va chuqurligi 0,5 m bo‘lgan chuqurlik (startdan 20m uzoqlikda);

- uzunligi 5 m, diametri 20-30 sm bo‘lgan yog‘och (chuqurdan 5 metr uzoqlikda o‘rnatiladi). YOg‘och kengligi 4 m, chuqurligi 1 m bo‘lgan chuqur ustiga qo‘yiladi va balandligi 1 m bo‘lgan tirgovichlarga o‘rnatiladi. YOg‘ochga sakrash uchun bir tomoni erga va ikkinchi tomoni yog‘ochga qiya yotqizilgan 2 m taxta xizmat qiladi;

- uzunligi 3 m, balandligi 1,5 m bo‘lgan devor (yog‘och oxiridan 10 m keyin o‘rnatiladi);

- uzunligi 6 m, kengligi 2 m, balandligi 1,1 m bo‘lgan labirint (devordan 5 m keyin qo‘yiladi);

- kengligi 1,5 m, uzunligi 3 m va chuqurligi 0,5 m bo‘lgan chuqur (labirintdan 5 m keyin);

- uzunligi 3 m, balandligi 1,5 m bo‘lgan devor (startdan 79 m uzoqlikda);

- to‘siqlar ketma-ketligiga qarama-qarshi yo‘nalishdagi yugurish yo‘lagi (9 sinflar uchun yo‘lak uzunligi 60 m, 10 sinflar uchun 80 m).

Maktab hovlisida bu yangi elementlarning barchasini joylashtirish o‘ta mushkul. Ko‘p sonli maktablar bor sport qurilmalaridan foydalanishga majburlar.

Ma’lumki, maktab er maydonlarining eski reja loyihasida jismoniy tarbiya uchun mo‘ljallangan asosiy joy bular – futbol maydoni va volleybol (basketbol) maydonchasidan tashkil topgan sport yadrosidir. O‘z vazifasi, o‘lchamlari va tavsifiga ko‘ra sport inshootlari quyidagi turlarga ajratiladi: normal sport yadrolari, №1, 2, va 3 maktab sport yadrolari, № 4, 5, 6 o‘quv sport yadrolari.

Normal sport yadrolari eski rejali er maydoniga ega bo‘lgan umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya maydonchalari uchun xos emas, chunki ular kata maydon va murakkab jihozlanish bilan ajralib turadilar.SHu sababli bu erda ular ko‘rib chiqilmaydi. Maktab hovlilarida, ularning o‘lchamlariga qarab maktab yoki o‘quv sport yadrolari barpo etilgan.

№ 1, 2 va maktab sport yadrolari o‘z hisobida 90´50´45 yoki 70´35 m o‘lchamdagi bolalar futbol maydonchasiga va uzunligi 175, 150 va 125 m bo‘lgan yugurish yo‘laklari hamda yugurib kelib sakrash uchun mo‘ljallangan chuqurlar va boshqa inshootlar mavjud.

Maktab va o‘quv sport yadrolarining har ikkala turdagi sport yadrolarida to‘siqlar ketma-ketligi hisobga olingan. Uning o‘lchamlari ham sport yadrosining o‘lcham va tuzilmasiga bog‘liq emas: to‘siqlar ketma-ketligi kengligi – 5(8) m, uzunligi – 80 m. Bunday yadrolarda to‘siqlar ketma-ketligini yugurish yo‘lagi bilan yonma-yon joylashtirish maqsadga muvofiq, chunki uning uzunligi № 1,2,3 maktab yadrolarining uzunligidan kamroq va 5 va 6 o‘quv yadrolarinikidan uzunroq. Gimnastik shaharcha uskunalari qaerda joylashtirish masalasi o‘sha joyning o‘zida hal qilinadi. SHu tariqa, maktab va o‘quv yadrolari mavju bo‘lgan maktablarda gimnastik shaharchani va to‘siqlar ketma-ketligi joylashtirish va yaratish bazaning o‘zida amalga oshiriladi.

Ba’zi qator shahar maktablarida jismoniy tarbiya inshootlari voleybol va basketbol maydonchalaridan iborat. Bunday maktablarda gimnastik shaharcha va to‘siqlar ketma-ketligini yaratish umuman mumkin emas. Bunday hollarda me’yorlar kompleksi va jismoniy tarbiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar gimnastik shaharcha va to‘siqlar ketma-ketligi mavjud bo‘lgan qo‘shni sport bazalariga, yaqin joylashgan maktablarda, o‘quv muassasalari va harbiy qismlarda tashkil etiladi.

Agar maktab jismoniy tarbiya uchun jihozlanmagan katta er maydoniga ega bo‘ladigan bo‘lsa, gimnastik shaharcha va to‘siqlarni maktab o‘z kuchi bilan barpo etishi mumkin. Imkoniyatlarga qarab jihozlash elementlaridan statsionar ravishda foydalaniladi yoki standart snaryadlar va ko‘chiriladigan sport inshootlari va to‘siqlar olib kelinadi.

To‘siqlar ketma—ketligining asosiy elementlaridan biri yugurish yo‘lagidir. Uning tuzilishi ko‘pgina maktablar uchun xos va u katta moddiy harajatlarni talab qilmaydi. YUgurish yo‘laklari o‘z konstruksiyasiga ko‘ra normal, engil va oddiy turlarga bo‘linadi. Maktablarda odatda birinchi ikki turdagi yugurish yo‘lakchalari quriladi.

Normal yugurish yo‘lagini qurish paytida tuproq 30 sm gacha qaziladi. Qazilgan joyning tagi futbol maydoniga qarab burchak ostida egiladi (j=0,02). Qazilgan joyning tagi qotirilgandan so‘ng 10sm qalinlikda 5-7 sm li shag‘al bostiriladi va 2-5 sm o‘lchamdagi mayda shag‘al yana 10 sm qalinlikda bostiriladi va ikkala qavat ham qattiq bosiladi. Uning ustidan 10 sm qalinlikda quyib qoplanadi va tekislanadi. Qoplangan qavat turli materiallardan ma’lum proporsiyalarda aralashtirgan holda hosil qilinadi.

Labirint.

- Bu konstruksiya yugurish va bir vaqtda turli mashqlar bajarishga mo‘ljallangan. Konstruksiyada bajariladigan mashqlar epchillik, chaqqonlik, qo‘l, elka, tana muskullarini rivojlantirishga qaratilgan.

Gimnastik devor va statsionar shtangalar tizimi bir vaqtda 20 tagacha o‘quvchiga mashqlarni ko‘rsatib tushuntirishga, musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan.


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish