Mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi


INSON QADRIGA QARATILGAN MASALALAR IJROSI KO‘RIB CHIQILDI



Download 95,63 Kb.
bet5/7
Sana26.04.2022
Hajmi95,63 Kb.
#583394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
31 HAFTA AXBOROT SOATI UCHUN MATERIALLAR

INSON QADRIGA QARATILGAN MASALALAR IJROSI KO‘RIB CHIQILDI


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 aprel kuni ichki yo‘llarni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish, davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish masalalari ijrosi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari bu uchala vazifa ham inson qadri, xalq roziligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Haqiqatan, ichki yo‘llar ahvoli odamlarni eng ko‘p qiynaydigan muammo. Yaqinda “Tashabbusli byudjet” portali orqali aholidan tushgan 20 mingta taklif yoki jami murojaatlarning 25 foizi shu masalaga oid bo‘lgani uning dolzarbligidan dalolat beradi.
Ichki yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha Andijon viloyatida yangi tajriba boshlangan. Sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan klaster tashkil etilib, 31 ta chekka mahalladagi 23 kilometr yo‘l sement-beton qoplamaga o‘tkazilgan.
Asfalt o‘rniga sementdan foydalanish orqali qurilishdan 600 million so‘m iqtisod qilingan, 350 ming dollarlik bitum importi uchun mablag‘ tejalgan. Eng asosiysi, ushbu klaster o‘zi qurgan yo‘llarni 10 yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.
Ushbu tajriba asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etish vazifasi qo‘yildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar to‘liq qoplanadi.
Yo‘l klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun, 1 maydan boshlab yil yakuniga qadar, sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari importi bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, joriy yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari barpo etish rejalashtirilgan. Ularni ham sement-betondan qurish, loyihalashda drenaj tizimiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Ma’lumki, 2 fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hozirgi bahor mavsumida 125 million tup ko‘chat ekish reja qiligan edi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda hokimliklar shu paytgacha bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. 
Har bir mahalla, ta’lim muassasalari, ariqlar va yo‘l bo‘ylariga daraxt ko‘chatlari hamda terak qalamchalari ekilishi aytildi. 5 yoshdan kam bo‘lmagan mevali va manzarali daraxtlarni bir tekisda o‘stirish bo‘yicha Toshkent shahrida boshlangan tajribani boshqa shaharlarda ham joriy qilish lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi sug‘orish tizimi va quduq qazish ishlari sifati ham ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish va ko‘lamini kengaytirishga qaratildi. Aholiga qulaylikni oshirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilandi.
Xususan, shu yil 1 iyuldan boshlab 38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi. 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinadi. Aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati bo‘yicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi. Aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va ma’lumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi. Ehtiyojmand oilalar farzandlari oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarida ishtirok etish to‘lovlaridan ozod etiladi.
Umuman, kelgusi yil yakuniga qadar markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni hozirgi 172 tadan 300 taga, mobil ilova orqali 60 tadan 250 taga yetkazilishi belgilandi.
Hududlarda davlat xizmatlari markazlari qurish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. 



Download 95,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish