Mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi


USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR



Download 95,63 Kb.
bet7/7
Sana26.04.2022
Hajmi95,63 Kb.
#583394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
31 HAFTA AXBOROT SOATI UCHUN MATERIALLAR

USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR
Mavzu: Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy
Xorazm fan olamiga koʻpgina mutafakkirlarni yetkazib bera olgan diyor boʻlib, bu haqida xorazmshunos olim S.P.Tolstov shunday deydi: “Qadimiy Xorazm fanining Sharq fani tarixidagi oʻrni juda muhim. Xorazmning islomgacha boʻlgan antik va afrig‘iy davrini ozgina bilamiz. Ammo madaniy va moddiy yodgorliklarni astoydil tahlil qilib ayta olamizki, Xorazmda aniq fanlar – geometriya, tirigonometriya, astronomiya, topografiya, ximiya, minerologiya va tabiy fanlar oʻsha davrdayoq yuksak darajada taraqqiy etgan.
Xorazm keyinchalik arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, xorazmlik olimlar tez orada shuhrat qozonganlar va “arab fani” deb atalgan fanning yaratuvchilari orasida eng ilg‘or oʻrinni egallaganlar”. Boʻlg‘usi olim bolalik va oʻsmirlik yillarida boshlang‘ich ta’limni vatanida olib, arab, fors, hind va yunon tillarini qunt bilan oʻrgandi, bu tillardagi kitoblarni mutolaa qildi va el nazariga tushib olim boʻlib etishdi.
Al-Ma’mun otasi oʻlimidan keyin 813 yilda oʻzini xalifa deb e’lon qildi, Bag‘dodga qoʻshin yuborib oʻz akasi xalifa al-Aminni taxtdan tushirdi. 819 yilda bir guruh saroy ahli va Marvda toʻplangan olimlar bilan Bag‘dodga xalifalikni markaziga kelib oʻz davlatini mustahkamlab, boshlagan xayrli ishlaridan biri “Donishmandlik uyi” (“Bayt ul-hikma”)ni qayta tashkil qilish va kengaytirishga katta e’tibor berdi. Bu ilmiy markaz qoshida ulkan kutubxona mavjud boʻlib, unga xalifalikning hamma joyidan faqat arab tilidagi qoʻlyozmalar emas, balki yunon, fors, hind, suryoniy va boshqa tillarda yozilgan qoʻlyozmalar ham keltirilar edi.
Xalifa al-Ma’munning tirishqoqligi va olimlarning say’i-harakatlari bilan ularni asosiy qismi arab tiliga tarjima qilindi va yirik rasadxona qurilishi boshlab yuborildi. Dunyoning turli burchaklariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilindi, al-Ma’mun bu ilmiy markazda va xalifalikdagi barcha fanlar rahbari qilib vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyni tayinladi.
Muhammad al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarga doir koʻplab risolalar yozgan.bizgacha allomaning 20-ga yaqin asari etib kelgan. Ularni quyida sanab oʻtamiz: “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val-muqobala” (“Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) Muhammad al-Xorazmiyning bu asari nomidan “algebra” atamasi paydo boʻlgan. Risola XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, “Algoritm” risolasi nomi bilan butun Evropaga tarqalgan.
Muhammad al Xorazmiyning matematika boʻyicha yozgan risolalari: “Kitob al jabr val – Muqobala”, «Hind hisobi haqida qisqacha kitob», “Astronomik jadvallar” , “Kitobul suratul Arz”, “Hind hisobi haqida qisacha kitob” asarlari Yevropada hind pozitsion sistemasining tarqalishida muhim rol oʻynadi.
Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan aytganda “Musulmon renessansi” deb atalgan fan tariidagi bu hodisa birinchi oʻrinda Xorazmiy nomi va uning jasorati bilan bog‘liq. U Bog‘dodda yunon fanining yutuqlarini oʻrgandi. Hind va Eron manbaalari, hatto bevosita Bobildan kelgan faktlar va Xitoy manbaalari bilan ham tanishdi.
VIII-IX asrlarda arab xalifaligining poytaxti Bag‘dod –tarixiy Madinat as-Salom obodonlashgan, yuksalgan va savdo-sotiq rivojlangan shahar hisoblangan. Al-Xorazmiyning ilmiy faoliyati ana shu Bag‘dod shahrida va Bag‘dod xalifalari –al- Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) hamda al-Vosiq (842-847) davrlariga toʻg‘ri keladi. “Bayt al-hikma”da al-Xorazmiy bilan birga Markaziy osiyolik mashhur olimlar
Al-Farg‘oniy, Habash al-Hasib, Xolid ibn Abdumalik al- Marvarrudiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Abbos ibn Sayid Javhariy, Ahmad ibn Abdullo Marvaziy, Muhammad ibn Muso ibn Shokir va boshqalar hamda xalifalikning barcha viloyatlaridan chaqirilgan eng yaxshi olim va tarjimonlar ham ishlaganlar.
Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazmfani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. XalifaHorunarRashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun MarkaziyOsiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al HosibMarvaziy, Abul AbbosJavhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – «Bayt ul Hikmat» (Donishmandlik uyi)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813–833), soʻng al Moʻʼtasim (833–842), al Vosiq (842–847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Muhammad al Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular “Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” – algebraik asar, “Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qoʻshish va ayrish haqida kitob” – arifmetik asar, “Kitob surat-ul-arz” – geografiyaga oid asar. “Zij”, “Asturlob bilan ishlash haqida kitob”, “Asturlat-taʼrix”, “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash va yasash haqida kitob”, “Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob haqida risola”. Bu asarlarning toʻrttasi arab tilida, bittasi Fargʻoniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.
Muhammad al Xorazmiy hind raqamlari asosida oʻnlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida taʼkidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga oʻtadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, yaʼni razryadlarini eʼtiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.
Risolaning boshlanishida Xorazmiy undagi masalalar oʻz davrining amaliy talablariga javob sifatida vujudga kelganligini qayd qiladi.
Muhammad al Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrdayoq Ispaniyada seviliyalik Ioann tomonidan qayta ishlangan. Keyinchalik to yangi davrgacha Ovroʻpo olimlari Muhammad al Xorazmiy risolasini qayta-qayta ishlaganlar, u asosida darsliklar yozganlar. Bu qayta ishlangan nusxalar va darsliklarning nomida “Algorizm kitobi” degan ibora boʻlgan.
Muhammad al Xorazmiyning “Kitob surat ul-arz” asari koʻp olimlar tomonidan oʻrganilgan. Lekin asar shu paytgacha toʻla ravishda birorta hozirgi zamon tiliga tarjima qilinmagan. 1983 yili olimning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan bizda bu asarning oʻzbekcha tarjimasi Xorazmiyning “Tanlangan asarlari” tarkibida chop etildi.
Muhammad al Xorazmiyning yuqorida keltirilgan asarlariyoq u fanning qator tarmoqlarining asoschisi boʻlganligini koʻrsatadi. Uning gʻoyalari matematika va astronomiyaning oyoqqa turishi va rivojlanishiga sabab boʻldi. Hozirgi davrda uning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan eʼtirof etilgan.
Muhammad al Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Turli gʻarb va sharq tillariga tarjima etilgan. U oʻz asarlari, ixtirolari bilan nafaqat oʻz vatanini, balki arab xalifaligining ilmiy yutugʻi, oʻz davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyo va barcha asrlarga mashhur etdi. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, Oʻzbekiston va boshqalar) mukofot va medallar taʼsis etilgan, koʻcha, muassasalarga nomlari qoʻyilgan.
Download 95,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish