Mavzu;Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Reja



Download 21,56 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi21,56 Kb.
#716277
Bog'liq
zamanaviy axborot


Mavzu;Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. 

 

Reja:
1. Zamonaviy dasturlash tillari, texnologiyalari.
2. Dasturlash tillari va tizimlari, ularning ishlatilishi va tasnifi.
3.Dasturlash tillarining asosiy tashkil etuvchilari 

Tayanch iboralar: kommunikatsiya, dasturiy ta’minot, tashxis, teskari aloqa, 

loyihalash, foydalanuvchi interfeysi, foydalanuvchi, aniqlik, Stereotip, buyurtmachi

dasturchi, samaradorlik. 
Har bir o‘qitish jarayoni kabi, dasturlashni o‘qitish tovuq va tuxum dilemmasiga borib 
taqaladi. Biz ishni tezroq boshlashni istaymiz, ammo bir vaqtning o‘zida nima uchun aynan shu 
mavzularni tanlaganimizni tushuntirib berishni hoxlaymiz. Biz vaqt yo‘qotishni istamaymiz, 
shu bilan birga sizni shoshiltirishni ham hohlamaymiz. 
Ushbu mavzu, biz dasturlashda muhim va qiziqarli deb hisoblaydigan, bizning 
qarashlarimizni ifodalaydi. Unda biz bir necha o‘n yillar davomida shug‘ullanayotgan 
ishimizning sabablari keltirilgan. Mavzu sizga bizning asosiy maqsadlarimizni va dasturchilar 
qanday bo‘lishi haqidagi tushunchani beradi. Ushbu mavzuda ayrim savollarga javob topishga 
xarakat qilamiz. Nima uchun dasturlash diqqatga sazovor mashg‘ulot hisoblanadi? Bizning 
sivilizasiyamizda dasturlash qanday ahamiyatga ega? Dasturchilar kelgusida mag‘rurlanishi 
mumkin bo‘lgan sohalar? Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, qo‘llash sohasida qanday 
masalalar ustida bosh qotirilmagan? Dasturlash axborot texnolgiyalari, dasturiy ta’minotni 
ishlab chiqishda, kompyuter ilmlari sohasida qanday o‘ringa ega? Dasturchilar nimalar 
bilan shug‘ullanadi? Ular qanday mahoratga ega bo‘lmoqlari lozim? 
Tinglovchilar uchun biror-bir g‘oya, uslub yoki darslikning ba’zi boblarini 
o‘rganishining asosiy sabablaridan biri imtihondan yaxshi baho olish bo‘lishi mumkin, ammo 
buning uchun yuqori maqsad ham bo‘lishi mumkin. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish 
sohasida ishlayotgan shaxslar uchun biror-bir g‘oya, uslub yoki darslikning ba’zi boblarini 
o‘rganishining asosiy sabablaridan biri sifatida oylik oshirishi, lavozimni ko‘tarish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan boshliqning quvvatlashi bo‘lishi mumkin, ammo buning uchun 
bundan ham yuqoriroq maqsadlar ham bo‘lishi mumkin Agar bizning ishimiz olamni 
yaxshiroq qilsa, boshqa insonlarga yordam bersa, biz yaxshiroq ishlaymiz. Biz yillar 
davomida yechayotgan masalalarimiz uchun (professional martabasi shulardan tashkil 
topadi) g‘oyalar va oliy maqsadlar hayotiy muhim hisoblanadi. 
Sivilizasiyamiz hayotiy faoliyati dasturiy ta’minot bilan bog‘liqdir. Dasturiy 
ta’minotni yaxshilash va uning tadbiqi uchun yangi sohalarni axtarib topish ko‘p insonlarning 
hayotining yaxshilanishiga olib keladi. Bunda dasturlash muhim ahamiyatga ega. 
Kompyuterlar insonlar uchun va ular tomonidan yaratilgan. Kompyuter universal 
qurilma bo‘lib, undan keng ko‘lamdagi masalalarni yechish uchun foydalanish mumkin. A 
yn an shuning uchun ham dasturlar foyda keltiradi. 
Nomdor kompyuter ilovalari haqida o‘ylab ko‘ring. Kompyuter qurilmalaritizimlari 
dasturiy ta’minot fragmentini ishlab chiqishni o‘nlab, yuzlab, xattoki minglab insonlar 
ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunda dasturchilar, loyihachilar, testlovchilar, 
animatorlar, psixologlar, ma’murlar, loyiha menedjerlari, foydalanuvchi interfeysini 
yaratuvchilar, uskuna ta’minoti interfeysini yaratuvchilar, sifat bo‘yicha injenerlar, texnik 
topshiriqlarni ishlab chiquvchi mutaxassislar, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha 
menedjerlar, dasturlar kutubxonasini tashkil qiluvchi mutaxassislar, xavfsizlik xizmati
xodimlari kabilar qatnashadi. 

Bunda yagona murakkablik shundan tashkil topgan-ki, yaxshi dasturiy ta’minot ishlab 


chiqarilishiga ta’sir etuchi barcha insonlar turli ta’limga egaligi, ularning turli qiziqishlari va 
odatlari mavjudligini e’tiborga olish lozim. Ushbu insonlarga bizning hayotimiz sifati, ayrim 
hollarda xatto hayotimiz ham bog‘liq. Hyech bir inson yuqorida keltirilgan barcha vazifalarni 
bajara olmaydi. 
Biz hamma vaqt dasturchilar va dasturlash haqida so‘z yurityapmiz, ammo dasturlash 
umumiy tasvirning bir qismidir. Kema yoki mobil telefonni ishlab chiqaruvchi shaxslar 
o‘zlarini dasturchi deb hisoblanmaydi. Bundan tashqari, dasturlash dasturiy ta’minot ishlab 
chiqishning muhim qismi bo‘lsa ham, dasturiy ta’minot ishlab chiqish—bu faqtgina 
dasturlash emas.. 
Shunday qilib, dasturlash biz uchun nega kerak? Balki, mohir dasturchi bo‘lmagan 
holda, siz uni o‘zingizning tadqiqotlaringizda asosiy uskuna sifatida qo‘llarsiz. Balki, siz 
dasturlashni kasb qilib olgan holda, o‘z ishingizning bir qismiga aylantirishingiz mumkin 
bo‘lar. Xattoki, siz dasturlashni kasb qilib olgan holingizda ham, dasturlashdan boshqa ilmga 
ega bo‘lasiz. 
Dasturlash — o‘z g‘oyalarini dastur ko‘rinishida ifodalash usulidir. Bu masalalar 
yechishga yordam beradi. Agar sizning g‘oyalaringiz bo‘lmasa, yechilishi lozim bo‘lgan 
masalalar bo‘lmasa, dasturlash vaqtni bekor o‘tkazish demakdir. 
Dasturlash, xattoki keng miqiyosda, kattorq ilmiy fanning qismi xisoblanadi. Biz uni 
dasturiy ta’minot bilan bog‘liq axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, 
kompyuterlashtirilgan fanlar yoki boshqa ilmiy fanning bir qismi sifatida ko‘rishimiz mumkin. 
Dasturlash informatikada, texnikada, fizikada, biologiyada, medisinada, tarixda, adabiyotda 
va boshqa akademik sohalarda qo‘llanadigan qo‘shimcha texnologiyadir. 
Dasturlash — amalda qo‘llash, tajriba asosida tahrirlash, tekshirish imkoniyatini 
yaratuvchi amaliy va fundamental masalalar yechilishini ifodalovchi asosiy uskunadir.
Dasturlash — g‘oyalar va nazariya voqyelik bilan to‘qnashuvchi fandir; unda 
kompyuterlashtirilgan fanlar nazariy bo‘lmasdan eksperimental fanga aylanadi va olamga ta’sir 
etishni boshlaydi. Bunda qayd etish lozimki, dasturlash — amaliy va nazariy uslublarni 
amalga oshiruvchi vositalardir. 
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib 

chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish 


uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson
o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining 
birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum 
bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer
egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki 
harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan.

C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell 


Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining 
juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir 
qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. 
Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga 
bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida 
ishlaydigan qilsa bo'ladi. 
1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning 

uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 


yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda 
ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 
standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki 
umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. 

C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ 


juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon 
beradi. 

Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun 


ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, 
programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida 
inqilob qildi. 
C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. 

Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida 


(PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. 
C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan 
dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo 
bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. 
C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni 
o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning 
standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir. 
Download 21,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish