Maxsus, kasb-hunar


Elektrod yordamida po‘latlarni payvandlash



Download 5,34 Mb.
bet23/39
Sana05.09.2022
Hajmi5,34 Mb.
#848193
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari

Elektrod yordamida po‘latlarni payvandlash


Tarkibida 0,25% gacha uglerod bo‘lgan kam ug- lerodli po‘latlar elektrodlar bilan yaxshi payvandla- nadi va hosil qilingan payvand choklarni mexanik ishlov berish yo‘li bilan oson ishlanadi.
Kam uglerodli po‘latlardan keng qo‘llaniladigan 15XCНД turi bo‘lib, ularni payvandlashda toblan- gan strukturalar hosil qilish mumkin. Shuning uchun o‘ta qizib ketishni va toblangan strukturalar hosil
bo‘lishining oldini olish uchun qatlamlarni payvand- lash orasida katta vaqt intervali bilan ko‘p qatlamli payvandlash tavsiya etiladi. Qalinligi 2 mm va undan ortiq bo‘lgan metallarni yoy yordamida payvandlash teskari qutbli o‘zgarmas tokli УОНИ 13/45 va УОНИ 13/65 elektrodlari bilan baja riladi.
O‘rtacha legirlangan xrom-kremniy-marganesli
po‘latlar (20ХГСА, 25ХГСА, 30ХГСА, 35ХГСА)
mustahkamligi oshirilgan konstruksion po‘latlar tu- riga kiradi va ular payvandlash vaqtida toblangan strukturalar hosil qilishga moyil bo‘ladi. Metallning qalinligiga qarab qatlamlarni payvandlash orasida kamroq interval bilan bir qatlamli va ko‘p qatlam- li payvandlash qo‘llaniladi. Payvandlash uchun Св- 18ХГС, Св-18XMA markali sterjenli elektrodlar yoki НИАT-3M, ЦЛ-18-63, ЦЛ30-63, ЦЛ-14, УОНИ
13/85 tiplaridagi qoplamali kam uglerodli СВ-08A simlar qo‘llaniladi. Issiqbardosh po‘latlar (12XM, 15XM, 20XM, 12X1MФA, 15X1M1Ф) ni payvand-
lash teskari qutbli o‘zgarmas tokda ЦУ-2XM, ЦЛ- 38, ЗИО-20, УОНИ 13XM elektrodlar bilan amalga oshiriladi.
Kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlashda elektrodlar uchun tavsiya etilgan pay- vandlash tokining qiymatlarini, uning turi va qutbli- ligi elektrod pasportiga qarab tanlanadi, chunki unda payvandlash texnologik xossalari, chokning namu- naviy kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari keltiri- ladi. Kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan oddiy va mas’uliyatli konstruksiyalar Э42 va Э46 tipida-
gi elektrodlar bilan payvandlanadi. Kam legirlan- gan po‘latlardan tayyorlangan oddiy konstruksiya- larni payvandlash uchun Э42A tipidagi elektrodlar, mas’uliyatli konstruksiyalarni payvandlashda Э50A tipidagi elektrodlar qo‘llaniladi. Bular kristallanuv- chi darzlarga yetarli darajada chidamli, talab etilgan mustahkamlik va plastiklik xossalariga javob be- ruvchi metall hosil qilishni ta’minlaydi. Asosiy me- tallni uning tarkibiga kiruvchi legirlovchi elementlar bilan payvandlash hisobiga metall chokini legirlash va sovitishni katta tezlikda o‘tkazish kam uglerod- li po‘latlarni payvandlashdagiga qaraganda mustah- kamlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan chok metali hosil qilishga imkon beradi.
Chokni to‘ldirish texnikasi bilan belgilanadigan payvandlashning termik bosqichi po‘latga oldindan termik ishlov berishga bog‘liq. Qalin metallni kas- kad tarzida payvandlash, chok metali va chok atro- fi zonasining sovitilish tezligini kamaytirish ular- da toblangan strukturalar hosil bo‘lishining oldini oladi. Bunga oldindan 150—200°C gacha qizdirish yo‘li bilan erishiladi. Shuning uchun bu usullar qiz- dirib puxtalanmagan po‘latlarda yaxshi natija bera- di. Termik puxtalangan po‘latlarni payvandlashda chok atrofi zonasidagi metallning mustahkamligi kamayib ketmasligi uchun sovib ulgurgan oldingi choklar bo‘yicha uzun choklar solib payvandlash tavsiya etiladi. Kam legirlangan va kam uglerodli, katta qalinlikdagi po‘latlardagi payvand choklarning nuqsonlarini kichik kesimli choklar solib tuzatishda payvandlanayotgan chok metali va chok atrofi metali
sovitish tezligi kattaligi tufayli plastik xossalari past bo‘ladi. Payvandlash rejimini kamroq energiya sarf- lanadigan qilib tanlash zarur. Bunda chok atrof zo- nasida mustahkamligi kamaygan metall zonasi uzun- ligining kamayishiga ham erishiladi. Shuning uchun nuqsonli uchastkalarning uzunligi kamida
100 mm bo‘lgan normal choklar bilan payvandlash yoki oldindan 150—200°C gacha qizdirib olish zarur.
Tarkibida 0,3—0,5 % uglerod bo‘lgan po‘latlar o‘rtacha uglerodli, 0,5—1 % uglerod bo‘lganini ko‘p uglerodli po‘latlar deyiladi. O‘rtacha uglerod- li po‘latlarni payvandlashda asosiy metallda ham, eritib qoplangan metallda ham darzlar hosil bo‘lishi mumkin. Yuqori sifatli birikmalar hosil qilish uchun payvandlash oldidan buyumni 200—350°C gacha qizdirib olish kerak. Payvandlashdan keyin detalni pechga joylanadi va uni 675—700°C gacha qizdi- riladi, so‘ngra pech bilan birga 100—150°C gacha sekin sovitiladi. Detalni keyinchalik havoda sovitish ham mumkin. O‘rtacha uglerodli po‘latlarni pay- vandlashda УОНИ-13/55, УОНИ-13/65, УП-1/45, ОЗС-2, УП-2/45, ВСП-1, ОЗС-4 va boshqa shu kabi elektrodlar ishlatiladi. УОНИ-13/45, ОЗЭ-2, ВСП-3 elektrodlar bilan faqat teskari qutbli o‘zgarmas tokda payvandlash mumkin. ВСП-1, МГ-1, ОЗС-4 elekt- rodlarni har qanday tokdan foydalanib ishlatish mum- kin. Payvandlashdan oldin elektrodlarni 150—200°C haroratda quritib olish zarur. Payvandlashda elektrod diametri bilan payvandlash toki qiymati orasidagi quyidagi nisbatga rioya qilish ma’quldir:



Elektrod diametri, mm

Payvandlash toki, A

Elektrod diametri, mm

Payvandlash toki, A

2

40—60

4

130—150

2,6

50—75

5

170—200

3

80—100

6

200—280

Ko‘p uglerodli po‘latlarni payvandlashda, ularni oldindan 350—400°C gacha qizdirib olinadi, ba’zan yo‘l-yo‘lakay qizdirish va keyin termik ishlov berish ko‘zda tutiladi. Payvandlash kichik-kichik qismlarda ensiz valiklar hosil qilib bajariladi. Kraterlarni, albat- ta, eritib berkitiladi yoki ularni texnologik plankaga chiqariladi. Atrof-muhit temperaturasi +5°C dan past bo‘lganda va yelvizaklarda payvandlash mumkin emas, chunki bunday muhit bir xil xossali va tuzi- lishli metall chok olish uchun salbiy ta’sir etadi.


Temir asosidagi, 5—55 % miqdorida bitta yoki bir nechta legirlovchi element qo‘shilgan po‘latlar o‘ta legirlangan po‘latlar deyiladi. Bu po‘latlarning mus- tahkamligi, qovushoqligi va plastikligi yuqori bo‘ladi. Payvandlashda ularning elektr o‘tkazuvchanligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kamligi hisobga olinishi za- rur, bular ancha katta tob tashlashga va kristallitlara- ro korroziyalanishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun payvandlash rejimlariga rioya qilish, ayniqsa, mu- himdir. Payvandlash ЗИО-3, ОЗЛ-8, ЦЛ-11, ЦT-1 va boshqa shu kabi elektrodlar bilan mis ostquymalari- dan foydalanilgan yoki choklarni suv yoxud siqilgan havo yordamida tez sovitishni qo‘llagan holda teska- ri qutblilikdagi o‘zgarmas tokda bajariladi.
O‘ta legirlangan po‘latlardan xromli po‘latlarning havoda chiniqib martensitli struktura hosil qilish- ga moyilligi va termik ta’sir zonasida donalarning o‘sishi bu po‘latlarni payvandlashdagi asosiy qiyin- chiliklarni tashkil etadi. Ularni payvandlashdan oldin- 200—400°C gacha qizdirib olish zarur. Payvandlab bo‘lingandan so‘ng detalni havoda 150—200°C ga- cha sovitilib, so‘ngra yuqori haroratda bo‘shatiladi: pechda 720—750°C gacha qizdirilib, metallning 1 mm qalinligiga 5 minut hisobidan, biroq 1 soat mo- baynida tutib turilib, keyin havoda sekin sovitiladi. Uni payvandlash ЦЛ-17-63, УОНИ13/85 elektrodlar bilan teskari qutbli o‘zgarmas tokda bajariladi. O‘ta legirlangan po‘latlar va qotishmalar qo‘lda, odatda, konstruksion po‘latlardek payvandlanadi. Shu bi- lan birga, ularda bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar ham bor, bulardan asosiylari: ko‘proq asos qopla- mali elektrodlarning ishlatilishi; teskari qutblikdagi o‘zgarmas tokda, elektrodlarni ko‘ndalangiga tebrat- masdan qisqa yoy bilan nisbatan qisqa elektrodlar bi- lan kichik toklarda payvandlash.

    1. Download 5,34 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish