Maxsus pedagogika kafedrasi logopedik ritmika fanidan


- Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi va oligofreniya



Download 241 Kb.
bet8/16
Sana12.07.2022
Hajmi241 Kb.
#780566
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Eshqulova Lola Logopedik Ritmika

- Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi va oligofreniya.Nutq va intellekt rivojlanishi o'rtasidagi uzviy bog‘liqlik ko‘pincha nutqiy va aqliy rivojlanmaganlik o ‘rtasidagi differensial tashxisni birmuncha murakkablashtiradi, chunki aqliy rivojlanm aganlik (oligofreniya) doimo u yoki bu darajada nutqiy rivojlanmaganlik bilan birga keladi. Boshqa tomondan qaraganda esa, yaqqol ifodalangan nutq to'liq rivojlanmaganligida ham ko'pincha bola intellekti rivojlanishining sekinlashuvi yoki notekisligi kuzatiladi. Ayrim hollarda logopedik va psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida, bolani dinamik tekshirish natijasidagina differensal tashxis muvaffaqiyatli chiqishi mumkin.Oligofreniya deganda, murakkab psixik faoliyat shakllarining va eng avvalo abstrakt-mantiqiy tafakkur rivojlanmaganligining alohida ko‘rinishi tushuniladi. Bunday holat bolaning homilalik davrida va bola hayotining erta davrlarida bosh miya po‘stlog‘ining organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Oligofreniyada bilish faoliyati oliy shakllarining diffuz rivojlanmaganligi kuzatiladi. Bunda nafaqat fikrlash jarayonlari, balki idrok, diqqat, xotira, bir butun bola shaxsiyati ham buziladi. Oligofreniyaning muhim xususiyatlaridan biri bu, ontogenezda kech shakllanuvchi miya funksiyalarining ko‘proq rivojlanmaganligi hisoblanadi. Bu eng avvalo abstrakt-mantiqiy tafakkur buzilishlarida namoyon bo’ladi. Abstrakt tafakkurning yetarli emasligi hisob malakalarini o ‘zlashtirishda, ayniqsa masalalarni yechishda qiyinchilik tug‘diradi. Oligofren bolalar o‘zlarining barcha rivojlanish bosqichlarida tafakkurning ko‘rgazmali vaziyatli shakllarini bartaraf eta olmaydilar. Tafakkur sustligi bilan uyg‘unlashgan bu xususiyat oligofreniyada bilish faoliyati nuqsonining o ‘ziga xos tuzilishini belgilaydi. Xususan, aqli zaif bola hayotining birinchi oylaridanoq umumiy lanjligi, atrof-muhitga reaksiyasining yetarli emasligi, mo‘ljal ola bilish va kuzatuvchanlik faoliyatining zaif rivojlanishi bilan atrofdagilar diqqatini o‘ziga qaratadi.Oligofreniyada psixomotor rivojlanish tempining sekinlashuvi bilan birgalikdagi bilish qiziquvchanligining pastligi atrofdagilarga differensiyalashgan munosabat shakllanishining chuqur orqada qolishiga olib keladi. Kichik maktabgacha yoshdagi oligofren bolalarda intellektual yetishmaslik, hissiy kambag‘allik, bilish faoliyatiga qobiliyatsizlik yanada aniqroq namoyon bo’ladi. Oligofren bolalar uchun nutq rivojlanishining chuqur orqada qolishi xarakterli xususiyatdir. U bir tekis total xarakterga ega bo‘lib, impressiv nutq singari ekspressiv nutq rivojlanmaganligiga ham taalluqlidir. Predmet va harakatlami farqlab tushunish va nomlash qiyinchilik bilan shakllanadi. Noaniq mazmunsiz so'zlarni uzoq muddat qoilash ulaming xarakterli xususiyatidir. Aqli zaif bola lug‘ati kambag‘alligi bilan farq qiladi. Bunday bolalar umumlashtira olmaydilar, ularning ko'pchiligi (ayniqsa, maktabgacha yoshdagilar), hattoki umum qoilanuvchi otlarni, sifatlarni, fe’llarni, ravishlami aniq tushunmaydilar. Ular uchun mantiqiy gap tuzishni haddan tashqari sekin o‘zlashtirish xarakterlidir. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oligofreniyada faoliyatni og‘zaki boshqarish buzilgan bo‘ladi. Oligofreniyada va nutq to’liq rivojlanmaganligida nutq buzilishlarining turlicha mexanizmlari, anomal bolalaming bu ikki kategoriyasida nutq rivojlanishi dinamikasi xususiyatlarini belgilaydi.
- Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi va psixik rivojlanishning sustlashuvi Psixik rivojlanishning sustlashuvi psixik ontogenez buzilishining birmuncha doimiy shakllaridan biri hisoblanadi. Quyi sinf o'quvchilarida bu ko‘rinish 5% dan 11% gacha boigan ko‘rsatkichni tashkil etadi. Psixik rivojlanish sustlashuvining quyidagi o‘ziga xos belgilari mavjud: atrof-olam haqidagi tasavvurlar va bilim boyligining bola yoshiga to‘g‘ri kelmasligi va chegaralanganligi, bilish faolligining past darajadaligi, ixtiyoriy faoliyat va xulq-atvor boshqaruvining yetarli emasligi, normal rivojlanayotgan xuddi shu yoshdagi bolaga nisbatan pertseptiv ma’lumotlarni qabul qilish va tahlil qilish qobiliyatining pastligi holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari psixik rivojlanishi sustlashgan bolalaming aksariyat qismida ixtiyoriy diqqat, xotira va boshqa oliy psixik funksiyalarning yetarli shakllanmaganligi kuzatiladi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bir guruh bolalarda aqliy yetishmovchilik, boshqa guruhida psixik infantilizm turi bo‘yicha hissiy-irodaviy buzilishlar ustunlik qiladi. Psixik rivojlanishning sustlashuvida nam oyon bo'luvchi nutq buzilishlari birinchi navbatda analizatorlararo o‘zaro ta’siming yetarli emasligiga asoslanadi. Psixik rivojlanishning sustlashuvida farazali nutq kech rivojlanadi, yuqori maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar o‘zaro fazoviy munosabatlarni ifodalovchi mantiqiy-grammatik kontruksiyalami amalga oshirishga qiynaladilar. Ular o‘z nutqlarida asosan eng oddiy konstruksiyalami qo‘llaydilar. Til vositalari yordamida sabab-oqibat, vaqt va boshqa munosabatlarni ifodalay olmaydilar. Gapni grammatik va semantik jihatdan tuzishdagi qiyinchiliklar xarakterli xususiyatdir. Differensial tashxisda har tomonlama tekshiruv katta ahamiyatga ega. U buzilgan aqliy va nutqiy rivojlanishning kiinik etiopatogenetik tahlilini, bolani psixologik o‘rganishni, shuningdek, qo‘shimcha tadqiqot usullarinielektro ensefalografik va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bola psixik rivojlanishi dinamikasining tahlili differensial tashxisga yaqindan yordam beradi.

Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish