Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Download 2,6 Mb.
bet14/147
Sana23.07.2022
Hajmi2,6 Mb.
#845384
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147
Bog'liq
2 5314689104410055141

Qisqa xulosa
Buxgalteriya hisobi faoliyat ko‘rsatayotgan subektning mulki, majburiyatlari, xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga olish, pul o‘lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining predmeti esa, ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirishdan iboratdir.
Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Buxgalteriya hisobining usuli bilan uslubining vazifalari nimadan iborat?

    2. Buxgalteriya hisobini schyotlarsiz yuritsa bo‘lmaydimi?

    3. HujHujjatlashtirish

    4. (ro‘yxatga olish) inventarizatsiya

    5. Baholash

    6. Mahsulot tannarxi

    7. ikkiyoqlama yozuv

    8. buxgalteriya balansi

    9. Hisobot

3- Mamzu. BUXGALTERIYA BALANSI, UNING TUZILISHI VA MAZMUNI
Reja:
3.1. Buxgalteriya balansi to‘g‘risida tushuncha
3.2. Balansning tuzilishi va uning moddalari
3.3. Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o‘zgarishlar


3.1. Buxgalteriya balansi to‘g‘risida tushuncha
Xo‘jalik subektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. SHu bilan birga ular, mablag‘larning qanday turlariga ega va bu mablag‘lar qanday manbalardan tashkil topganligini bilish kerak bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan hodda pul ko‘rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag‘lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini o‘rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo‘jalik mablag‘larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag‘lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug‘i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag‘lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o‘ng tomonida mablag‘lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko‘rsatiladi.
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo‘lish degan so‘zlardan kelib chiqqan. SHuning uchun aktiv deganda mablag‘lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko‘rsatuvchi mablag‘lar guruhlanishini tushunish kerak.
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo‘lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo‘lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafning o‘zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarini ko‘paytirish imkoniyati;
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo‘lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so‘zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag‘larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag‘larga bo‘lgan munosabatda o‘zboshimchalikdan o‘zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo‘lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag‘lar turlarini qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo‘ldi.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo‘lib ko‘rsatiladi. Aktivda: I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo‘lim. Joriy aktivlar.
Passivda: I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari va II bo‘lim. Majburiyatlarga bo‘linadi.
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag‘lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar», «Tugallanmagan ishlab chiqarish», «Tayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol etkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag‘larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko‘rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo‘yicha, passivda - manbalari bo‘yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so‘zi tenglik, barobarlikni anglatadi. SHuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so‘zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo‘jalik mablag‘larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o‘tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko‘rsatadi. SHunday qilib, balans korxona mablag‘larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subektlari ishining yakunlari to‘g‘risidagi hisobotdir.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish