O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “MOLIYA” FAKULTETI
SIRTQI BO‘LIM
KURS ISHI
MAVZU: Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtrish.
Qabul qildi:
Bajardi:
Toshkent – 2022
1
MUNDARIJA
Reja:
Kirish 3
Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtrish 5
Joriy vositalar tahlilining maqsadi va vazifalari 12
Korxonaning joriy vositalari va ularni boshqarish 16
Joriy aktivlarning tarkibi va uni takomillashtirish yo'llari 24
Joriy aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi 34
Xulosa va takliflar 40
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 42
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek “Islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko’rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so’zsiz oshirish. Tarmoqlar bo’yicha tannarx o’rtacha 10 foizga qisqartirilgan bo’lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda.”1 deb ta’kidlaganlar. Shuningdek, 2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning PF-4947 sonli farmoni bilan2 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu xarakat strategiyaning uchinchi ustivor yo’nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”da: tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bandida respublikamizda kelgusida milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi. Shu sababli, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda tejamkorlik tizimini joriy etish, investisiyalarning samaradorligini ta’minlash, korxonalarning raqobat mavqeini mustahkamlash va mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, asosiy vositalarni yangilash va ulardan
1 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. –T. : O’zbekiston. 2017.
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. “Halq so’zi gazetasi”. 2017 yil 8 fevral’..
samarali foydalanish, texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishda samaradorlikni ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirishga tobora ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ma’lum bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |