«Mehnat bozori iqtisodiyoti» fanidan 4-mavzu topshirig‘i uchun bajargan ishi



Download 296,84 Kb.
bet2/9
Sana16.01.2022
Hajmi296,84 Kb.
#371050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5330315608477143349

Migratsiya sabablari

Migratsiya nazariyasining asoschisi Buyuk Britaniyalik geograf E. Ravenshtayn hisoblanadi. U XIX asr oxirida «migratsiya qonuni»ni yaratgan. E. Ravenshtayn AQSh va boshqa mamlakatlardagi migratsiya jarayonlarini tahlil etish asosida migratsiyaning quyidagi 11 ta qonuniyatini asoslab bergan:

1. Eng ko‘p migratsiya qisqa masofaga amalga oshiriladi.

2. Migratsiya asta-sekin bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi.

3. Uzoq masofaga migratsiya, asosan, yirik sanoat va savdo markazlari tomon yo‘naltirilgan boiadi.

4. Har bir migratsiya oqimiga uning qarshi oqimi muvofiq bo‘ladi.

5. Shahar aholisi qishloq joydagilarga qaraganda kam mobilroq bo‘ladi.

6. Mamlakat ichkarisida migratsiyada ayollar, uzoq masofalarga - erkaklar faolroqdir.

7. Migrantlaming ko‘pchiligini katta yoshdagi aholi tashkil etadi, oilalar o‘z mamlakati tashqarisiga kam migratsiya qiladi.

8. Katta shaharlaming yiriklashishi, ular aholisining tabiiy o‘sishi ko‘proq migratsiya natijasidir.

9. Migratsiyaning ko‘lamlari sanoat va savdoning, ayniqsa, transportning rivojlanishi natijasida ortadi.

10. Hududlar, asosan, iqtisodiy xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.

11. Migratsiyaning asosiy sababi - iqtisodiy sababdir.



Uning migratsiya qonunlarida asosiy sabab - iqtisodiy sabab ekanligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu g‘oya migratsiya jarayonlarini modellashtirish sohasida bundan keyingi tadqiqotlarga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Olimning «migratsiya qonunlari» doirasida ishchi kuchi mobilligiga yangi klassik nazariyasida turli mintaqalar (ham mamlakat ichkarisida, ham mehnat migrantlarining kelib chiqish mamlakati bilan boshqa davlatlar) o‘rtasida ish haqidagi farq yotishi markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu konsepsiya yangi klassik maktab vakillarining ishlab chiqarish omillari, shu jumladan, mehnat resurslarining turli mamlakatlar o‘rtasidagi tengsizlik oqibatida ko‘chib yurishiga asoslangan iqtisodiy nazariyasiga tayanadi. Mazkur tengsizlikni tartibga solish vositasi «hududiy-iqtisodiy mutanosiblik» nomini oldi. «Hududiy-iqtisodiy mutanosiblik» konsepsiyasida mehnat resurslari eksportchilari boigan mamlakatda iqtisodiy o‘sish va mehnat migratsiyasi kuchayishi natijasida ish haqi darajasi o‘rtasida awal mavjud boigan katta farq kamayib boradi. Natijada, mehnat resurslari eksportchilari mehnat resurslarini import qiluvchilarga aylanishi mumkin. Xuddi shunday vaziyat, masalan, Yevropada - Italiya, Portugaliya, Gretsiya; Osiyoda - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya; Janubiy Amerikada - Braziliya va Chilida ro‘y bergan1. Mazkur nazariyaning qoidalari qator konseptual xulosalarga ega. Ya’ni: - mehnat resurslarining xalqaro mobilligi mamlakatlardagi ish haqi o‘rtasidagi tafovutlar bilan izohlanadi; - jahon miqyosida ish haqi o‘rtasidagi farqlarga barham berilgandan so‘ng mehnat resurslarining mobilligi to‘xtaydi; - yuqori malakali va quyi malakali mehnat resurslari mavjud boigan holatlarda inson kapitalining oqimlari ana shu jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadigan turli harakatlantiruvchi kuchlar ostida turli yo‘nalishda boiishi mumkin - mehnat bozori mehnat resurslari mobilligining asosiy mexanizmidir. U tufayligina mehnat resurslarining xalqaro oqimlari yuzaga keladi. Bozorlaming boshqa turlari mehnat resurslari mobilligiga ancha kamroq tasir ko‘rsatadi; - mamlakat hukumatlari, asosan, mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatish orqali mehnat resurslari oqimlarini boshqara oladilar. Mehnat resurslari mobilligi tarkibiy-tarixiy yondashuvlar bilan ham farqlanadi. Ushbu konsepsiya vakillari mehnat migratsiya sabablarini rivojlangan va rivojlanmagan mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirish uchun turli resurslarga ega ekanliklari bilan baholaydilar.


  1. Download 296,84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish