Mehnat bozorining mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni mundarija kirish


-rasm O'zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasi



Download 369,82 Kb.
bet5/12
Sana16.11.2022
Hajmi369,82 Kb.
#867315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muhammaddiyor Курс иши Nodira opa (1)

1.2-rasm
O'zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasi

Mamlakat miqyosida 3-5% darajasidagi ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (ishsizlik ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi. Ishsizlik darajasini pasaytirish uchun aholi bandligini taʼminlash davlat dasturlari ishlab chiqiladi, korxonalar qurilib, yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi, xodimlarni yangi kasblarga oʻqitish, qayta tayyorlash ishlari amalga oshiriladi, bandlikka yordam jamgʻarmasi tashkil qilinadi. Mehnat qonunlariga koʻra, ishsizlarga mehnat birjalari orqali ishsizlik nafaqasi toʻlanadi.2
Ishsizlar ishlayotganlar bilan bir qatorda mamlakat ishchi kuchini tashkil qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik muammosini oʻrganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat (korxonalar) ishchi kuchini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Ishsizlar safiga, odatda, nafaqat turli sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganlar, balki oʻz ixtiyoriga koʻra ishdan ketganlar va yangi ish topishga harakat qilayotgan shaxslar ham kiritilishini qayd etish lozim. Ishsizlik tarkibi uning sabablariga kura ishchi kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga oladi: ishdan boʻshatilishi natijasida ish joyini yoʻqotganlar; ishdan ixtiyoriy ravishda boʻshaganlar; tanaffusdan soʻng ish qidirayotganlar; birinchi marta ish qidirayotganlar. Bu toifalarning oʻzaro nisbatlari iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bogʻliq.
1.3 Aholini ish bilan ta'minlash va uni ijtimoiy muhofaza qilish siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslari
Ma’lumki, O’zbеkiston dunyo hamjamiyati davlatlari o’rtasida aholisining jadal o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Bunday vaziyat o’z navbatida aholining ish bilan bandligini oshirish, buning uchun esa, ishlab chiqarishni kеngaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish borasida uzluksiz ish olib borishni taqozo etadi. Aks holda aholining turmush darajasining pasayib borishi, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi bilan bog’liq muammolar kеlib chiqishi mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida mеhnat bozori va mеhnat bozorida vujudga kеladigan muammolarga jiddiy qarab aholi bandligiga va jamiyat rivojiga qaratilgan bir qancha muhim choratadbirlar olib borilmoqlda. 2017 yilning yurtboshimiz tashabbuslari bilan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili dеb e’lon qilinishi fikrimizga isbotdir. Bu mеhnat bozoriga ham bir qancha ijobiy o’zgartirishlar kiritishga va bir qancha ustivor vazifalarni bajarishga turtki bo’lib, bu borada allaqachon dastlabki yutuqlarimiz ko’zga tashlana boshladi. Shu o’rinda, mamlaktimiz Pеzidеntining, “Kishloqda uyjoy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish dasturining 2018 yilning muhim ustuvor yo’nalishlari qatoriga kiritilishiga to’liq asos bor. Yurtimizda 2019 yilning Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili dеb e’lon qilinishi, shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dastruning amalga oshirilishi qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitеktura va sanoat asosida tubdan o’zgartirish va yangilash. uy-joy, ijtimoiy va kommunal ob’еktlar, kommunikatsiyalarni barpo etish bo’yicha uzoq muddatga mo’ljallangan1 aniq maqsadli ishlarimizning boshlanishi bo’ldi. Bularning barchasi qishloq aholisi turmush darajasini tubdan oshirish va shahar sharoitiga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarga moliyalashning barcha manbalari hisobidan 2018 yilning o’zida 2 trillion 600 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirildi”, dеgan gaplarini eslash maqsadga muvofiqdir. Bu kabi chora-tadbirlar natijasi o’laroq, 2018 yilda 661 mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, shundan 60,4 % qishloq joylaridadir. 2019 yilda esa, 950 mingta yangi ish o’rinlari yaratilishi rеjalashtirilib, shundan 240 mingga yaqini birinchi chorak yakunlariga qadar yaratilgan. Yurtboshimizning 2018 yilning asosiy yakunlari va 2019 yilda O’zbekistonni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli ma’ruzasida, “Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha tanlangan strategiyamizni va inqirozga qarshi qabul qilgan dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror suratlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag’ishlaydi, albatta”, deb ta’kidlaganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, 2018 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda, ularning avvalo eng muhim masalalarga – yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirishga yo‘naltirilganini alohida qayd etish zarur. O‘tgan yili ko‘rilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi, ularning 500 mingga yaqini qishloq joylarda tashkil etildi. Kichik biznes sohasida 390 mingdan ziyod, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasida 270 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari ochildi. Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni hamda pudrat shartnomasi asosidagi uy mehnatini rag‘batlantirish aholi bandligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ana shunday mehnat faoliyatini rivojlantirish natijasida 130 mingga yaqin ish o‘rni yaratilganini alohida qayd etish lozim. Bandlik darajasini oshirishga qaratilgan bunday chora-tadbirlar inqiroz sharoitida aholini ishonchli himoya qilish, uning daromadi va moddiy farovonligini oshirish imkonini ta’minladi. Yurtboshimiz, 2019 yilda ham aholini ish bilan bandligini ta’minlash va oshirish borasidagi masalalarga alohida e’tibor berilishi to’grisida quyidagilarni ta’kidladi: “2019 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Ularning qariyb yarmi kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, pudrat asosidagi qurilish, shu jumladan, uyjoylarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari ko‘lamini kengaytirish hisobidan yaratiladi. 2019 yilda ham aholini turli shakldagi kasanachilik ishlariga jalb etish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish – bularning barchasi bandlikni ta’minlashning amalda o‘zini oqlagan muhim yo‘nalishlari bo‘lib qoladi. Shu asosda 208 ming nafardan ortiq kishini, avvalo, ko‘p bolali ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda”. Makrodarajadagi ish bilan bandlik siyosati ijtimoiy bozor iqtisodiyotidagi ish bilan bandlikning asosiy xususiyatlarini shakllantirishga: fuqarolarning mehnat qilish huquqini amalga oshirish va yuqori turmush darajasiga erishishning zarur sharti bo’lgan ish bilan to’liq bandlikni ta’minlashga qaratilgandir. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti boshqaruv usullarida iqtisodiyot samaradorligini oshirishga, xo’jalik
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash manbalari Aholini ijtimoiy muhofaza qilish jarayonida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlar mamlakatning umumiy moliyaviy iqtisodiy holatiga muvofiq takomillasha boradi. Ijtimoiy muhofazaning mablag‘ miqdori va sifati mamlakatda joriy etilayotgan davlat dasturlariga va ijtimoiy siyosatning samaradorligiga bog‘liqdir. Bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini moliyalashtirishning ko‘pkanalli tizimi shakllangan bo‘lib, ijtimoiy himoyani moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjud ;

  • davlat budjeti mablag'lari

  • davlatning ijtimoiy yo'nalishdagi maqsadli jamg'armalari

  • ijtimoiy sug'urta mablag'lari

  • korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari

  • hayriya va tashkilotlarning mablag'lari

  • xalqaro tashkilotlarning mablag'lari

O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning huquqiy asosini barpo etish va bu boradagi qonunlarning ijro etilishini ta’minlash bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz qariyalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Shuningdek, uning ko‘plab boshqa moddalaridagi normalari ham aholining ijtimoiy himoyasiga oid mazmun bilan sug‘orilgan.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning turmush darajasini barqarorlashtirish maqsadida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohalarni saqlash, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash jarayonlarini davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p usullari va jumladan, bosqichma-bosqich ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi, kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi bevosita pul to‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar shaklidagi to‘lovlar joriy qilindi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjet orqali qoplash, aholining turli muhtoj qatlamlariga nafaqalar tayinlash, ularning manzilli bo‘lishini ta’minlash, davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar paketini ishlab chiqish va uni to‘liq mablag‘ bilan ta’minlash kabi usullari keng qo‘llanildi. Bu tadbirlarning barchasi tegishli qonuniy-huquqiy asosga tayangan holda amalga oshirildi. Agar 2018-yilgacha bo‘lgan davrda aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarining asosiy maqsadi, aholining amalda barcha 1qatlamlarini kafolatlangan ijtimoiy himoya bilan ta’minlash bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik asosiy e’tibor aholining faqat zaif qatlamlariga qaratiladigan bo‘ldi. Aholining boshqa toifalarining turmush darajasini oshirish uchun, davlat tomonidan yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlik va daromadlarni, jumladan, kichik biznes sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqila boshlandi. Aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-dekabrdagi “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 350-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror “voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga aniq tarzda ijtimoiy yordam berishni kuchaytirish maqsadida” qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab voyaga etmagan (14 yoshgacha) bolalari bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar bolalar soniga bog‘liq ravishda yil boshida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50, 80 va 100 foizi miqdorida, 2 yoshgacha bolalari bo‘lgan onalarga to‘lanadigan nafaqalar eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida, kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqa eng kam ish haqining 1,5-3 barobari miqdorida tayinlana boshladi.
Jumladan, 2020-yil 12-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. Majlisda tanqidiy fikrlar bildirildi: Farg‘ona viloyati ishlab chiqarish tovarlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish, aholi boshiga tovarlar ulushi va boshqa yo‘nalishlarda mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan bir necha marta orqada qolmoqda. Odamlarni ish bilan ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali aholining hayot darajasini ko‘tarish vazifalari belgilab olindi. Jumladan viloyatda qo‘shimcha 101 ming ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga keyingi yillarda ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qator hukumat qarorlari va ularni amalga oshirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Download 369,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish