Mehnat qonunlari ustidan nazorat olib borish. Mehnat qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik. Reja



Download 45,06 Kb.
bet2/12
Sana14.02.2022
Hajmi45,06 Kb.
#447942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mehnat qonunlari ustidan nazorat oli

Tayanch so`z va iboralar:
XMT, Mehnat qilish huquqi, Konstitutsiya, Kodeks, Konvensiya, Qonun, sud, kasaba uyushmasi, mehnat nizolari komissiyasi, jarima, xayfsan, mehnat shartnomasini bekor qilish, neustoyka, zararni qoplash, ishga tiklash, sud qarori, mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi, prokuratura.


Mehnat munosabatlarida qonunchilikni ta`minlash ustidan nazorat va uning turlari. Qonun ustuvorligi – amalga oshirilayotgan islohotlarimizning bosh tamoyillaridan biri sanaladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish maqsadini o`z oldimizga qo`yar ekanmiz, ushbu buyuk davlatni qonun saltanati sifatida, insoniyat o`z taraqqiyotida qo`lga kiritgan demokratik va umuminsoniy qadriyatlar oliy ne`mat deb qaraladigan fuqarolik jamiyati sifatida ko`z oldimizda tasavvur etamiz. Tabiiyki, bunday davlatda va jamiyatda fuqarolar huquqlari poymol etilishi, insoniy manfaatlar oyoq osti qilinishiga aslo yo`l qo`yilmaydi. qonun saltanatini barpo etish, eng avvalo, qonunlarga barchaning so`zsiz va og`ishmay amal qilishini ta`minlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Afsuski, bugungi kunda korxona va tashkilotlarda mehnat qonunlarini buzish, xodimlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga bepisandlik bilan qarash hollari tez-tez uchrab turibdi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Oila va ayollar muammolari komissiyasi majlisida qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahrida joylashgan yengil sanoat korxonalarida Mehnat kodeksining xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va nogironlar uchun belgilangan imtiyozlarga doir qismini ijro etilishi ahvoli qoniqarsiz ekanligi, imtiyoz va kafolatlar bu shaxslarga to`la hajmda berilmayotganligi, boshqa qonunbuzarliklarga yo`l qo`yilayotganligi qayd etiladi. Ayrim hollarda qonunchilikni ta`minlash uchun mas`ul shaxslarning o`zlari tomonidan mehnat qonunlari, boshqa qonun hujjatlari qo`pol buzilayotganini kuzatishning o`zi achinarli. Bunday salbiy holatlar qonunchilikni ta`minlash ustidan kuzatuv va nazoratni kuchaytirish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko`rsatadi.
Mehnat qonunlari bajarilishi ustidan nazorat deganda vakolatli davlat va jamoat organlari tomonidan xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladigan maxsus faoliyat tushuniladi. Nazorat faoliyati davomida ushbu vakolatli organlar ish beruvchi va u vakil qilgan shaxslar tomonidan mehnat qonunlari buzilishining oldini oladilar, buzilgan mehnat huquqlarini tiklaydilar, qonun buzilishida aybdor bo`lgan mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy javobgarlikka tortadilar.
Mehnat qonunlariga amal qilishni nazorat qilish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladigan tekshirish ishlaridan iborat va bunda ish beruvchi, uning vakili qarorlari, farmoyishlarining qonuniyligi tekshirib chiqiladi. Mehnat qonunlariga rioya etish masalalariga O`zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida»gi qonuni, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bag`ishlangan.
Mehnat munosabatlarida qonunchilikni ta`minlash borasida nazoratning quyidagi turlari amalga oshrilidi:
a) davlat nazorati;
b) idoraviy nazorat;
v) sud nazorati;
g) prokurorlik nazorati;
d) jamoat nazorati.
Mehnat qonunchiligini bajarishda amalga oshiriladigan nazorat faoliyatlari mehnat shartlarini belgilanishi va bu shartlarni qo`llanilishi ustidan amalga oshiriladi.
Dastlabki nazorat, kundalik nazorat va yakuniy nazorat o`zaro farq qilinmog`i lozim.
Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi va qonunlar bajarilishi ustidan nazorat va tekshirish olib borish haqida O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasida aytilgan bo`lib, bu vazifalarni bajarish:
1) shunga maxsus vakil qilingan davlat organlari va ularning inspeksiyalari;
2) kasaba uyushmalari va ularning huquq hamda texnika inspeksiyalar.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirishni qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi hududida mehnat to`g`risidagi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat olib borish O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga va unga bo`ysunuvchi prokurorlarga yuklatilgan.
Mehnat kodeksining 8-moddasida aytilishicha: «har bir shaxsning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko`ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi».

Download 45,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish