Меҳнат иқтисодиёти


mavzu. Mehnat iqtisodiyotining predmeti va uslubiyati



Download 0,55 Mb.
bet14/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

mavzu. Mehnat iqtisodiyotining predmeti va uslubiyati


Reja:

  1. Mehnatning inson va jamiyat faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni

  2. Mehnat iqtisodiyoti predmetining shakllanishi va rivojlanishi

  3. Mehnat turlari va ularning xususiyatlari

  4. Mehnat elementlari va mehnat jarayoni

  5. Mehnatning namoyon bo‘lish shakllari va funksiyalari

  6. Mehnat ishlab chiqarish omili sifatida
    1. Mehnatning inson va jamiyat faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni


Bir qarashdan, mehnat tushunchasi nimani anglatadigan savolning javobi ayondek, chunki har birimiz bu tushunchaga har kuni duch kelamiz. Biroq iqtisodiy adabiyotlarda mehnat tushunchasining aniq va bir xil ma’nodagi to‘liq ta’rifini topish ancha mushkul vazifadir.

Kundalik so‘zlashuvimizda «mehnat» so‘zi bir necha ma’noga ega bo‘lib, bu ma’nolar,birinchidan, ishlab chiqarish qurollari yordamida kishilarning hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga qaratilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati sifatida, ikkinchidan, ish va mashg‘ulot sifatida, uchinchidan, nimagadir erishishga qaratilgan kuch-harakat sifatida, to‘rtinchidan insonning faoliyati, ish natijasi sifatida izohlanilishi mumkin. SHo‘rolar davrida «mehnat» tushunchasiga insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdagi narsalarni shaklan o‘zgartirish va moslashtirish tushuniladi, deb talqin qilinar edi.

Mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlardan iborat buyum, tovar, xizmat, fan, madaniyat, san’at asarlari va hokazolarni ishlab chiqarish bo‘yicha ongli, maqsadli va taqiqlanmagan faoliyati.

Har qanday mehnat jarayoni bir qancha shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini

nazarda tutadi. Ushbu shart-sharoitlar guruhiga mehnat predmetlari va vositalari, mehnat predmetiga ta’sir etuvchi usullar, mehnatni tashkil etish va mehnatning o‘zi kiradi:

mehnat predmeti - inson uchun foydali bo‘lgan xossalarni baxsh etish maqsadidagi mehnat majmuasi qaratilgan, tabiat buyumi yoki oldindanoq mehnat ta’siri tufayli yuzaga kelgan buyum yoxud xizmatlar ko‘rsatish ob’ekti;

mehnat vositalari - xodim mehnat predmetiga ta’sir etishda foydalanadigan va uning mehnat qilishi uchun zarur bo‘ladigan jamiki narsalardir. Mehnat vositalari jumlasiga mehnat qurollarini tashkil etuvchi asbob-uskuna, dastgoh, mashina, mexanizm, apparatlar va boshqa texnologik uskunalar hamda mehnat jarayonining amalga oshirilishida foydalaniladigan bino va inshootlar kiradi;

mehnat predmetiga ta’sir etish usuli – inson faoliyatining sobit qadamligi u yoki bu ishni bajarish uchun bilim va mahorat bo‘lishini nazarda tutadi. Harakatlarni qat’iylik va izchillik bilan bajarish, mehnat predmetiga o‘zgartirishlar kiritish yoki unga yangi xususiyatlar kasb etish, yangi shakl berish va o‘zaro joylashishga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zlab ta’sir etish usullari yig‘indisi mehnat faoliyati texnologiyasining mazmunini tashkil etadi;

mehnatni tashkil etish - muayyan tarzda mehnat jarayonini tuzish va amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq bo‘lib, u xodimning mehnat predmeti va qurollari bilan o‘zaro ta’sir tizimidan kelib chiqadi;

mehnatning o‘zi esa insonning mehnat predmetiga u yoki bu ehtiyojlarni qondiradigan xususiyatlarini kasb etish uchun unga zarur vositalar hamda texnologiyalardan foydalangan holda insonning tashkilotchiligiga tayangan ongli ta’sir etish jarayonidan tashkil topadi.

Masalan, metall yog‘och, teri, gazlama va boshqalardan birorta buyum ishlab chiqarishda metall yog‘och, teri, gazlama va boshqalar mehnat predmeti sifatida, ularni qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalar, bino va inshootlar mehnat vositalari sifatida namoyon bo‘ladi. Buyumni tayyorlash jarayoni ishlab chiqarish operatsiyalari izchilligini va mehnat predmetiga ishlov berish usullarini bilishni talab qiladi va bu o‘z navbatida ishlab chiqarish texnologiyasining vazifasi hisoblanadi. Ishni bevosita bajaradiganlar o‘z ish joylarini tashkil etish va bir-birlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini puxta ishlab chiqqan holda o‘z mehnatlarini tashkil etishlari kerak.

To‘g‘ri, qaysidir mehnat jarayoni yuqorida aytilgan standart elementlarning barchasiga ham ega bo‘lavermasligi mumkin. Masalan, kishi kulolchilik korxonasida bir siqim loydan choynak yasasa, u mehnat qurollaridan, o‘z barmoqlaridan foydalanadi. Lekin yasalgan choynakni xumdonda toblab pishirsa, xumdon mehnat vositasi bo‘ladi. Kuy chalayotgan sozanda uchun musiqa asbobi

mehnat quroli, nota qog‘ozi esa mehnat predmeti bo‘ladi. Pedagog uchun uning o‘quvchilari mehnat predmeti hisoblanadi, bunda u mehnat qurollaridan bevosita foydalanmasligi mumkin. Lekin mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida u ma’ruza matni tuzadi, turli ko‘rgazmali materiallar tayyorlaydi va bu bilan mehnat vositalarini yaratadi.

Insonning butun hayoti ish faoliyati va faoliyatsizlik, ya’ni harakatsizlik deb atalmish passiv dam olish, kasallik vaqti, uxlash payti va hokazolardan tashkil topgan davrlaridan tarkib topadi. Faoliyat kishilarning hayot tarzi shakllaridan biri bo‘lib, u shunday jarayonki, unda kishilarning jismoniy va aqliy kuchlari qaysidir ehtiyojlarni qondirish uchun ishga solinadi. «Faoliyat» tushunchasi «mehnat» tushunchasidan kengroq tushunchadir. Mehnat - faoliyatning bir turidir, lekin har qanday faoliyat ham mehnat bo‘lavermaydi.

Uchinchidan, faoliyatni mehnat va nomehnat qismga ajratish mumkin.

Mehnatni nomehnat faoliyatdan ajratadigan asosiy mezonlar: Taqiqlanmagan munosabatlar;

aniq maqsadga yo‘naltirilganlik;

ne’matlarni yaratish, ya’ni bunyodkorlik bilan bog‘langanlik; boshqalarga keraklikdan iborat bo‘ladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan to‘rt qoidani ko‘rib chiqar ekanmiz, ularni bir-biridan farqlash lozim.

«Mehnat» va «ish» tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Ammo «mehnat» va «ish» tushunchalari bir xil yoki teng ma’noli mazmunga ega emas. Insonning jamiyat hayotidagi yaratuvchilik roli, ijtimoiy natijalarga daxldorligi tufayli mehnat tabiatan ijtimoiy mehnatdir. Zero, aniq mehnat faoliyati ayni paytda shunday faoliyat hamki, uning davomida kishilar bir-birlari bilan muayyan aloqa va munosabatlarga kirishadi. SHu bois mehnat faqat insonning aqliy fiziologik va ijtimoiy foydali faoliyatidir. «Ish» esa jismoniy ma’noga ega bo‘lgan tushuncha bo‘lib, uni inson ham, mashina ham, hayvon ham bajarishi mumkin. Mehnat ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ish esa natural birliklar - kilogramm, metr, dona va shu kabi natural ko‘rsatkichlarda o‘lchanadi.

«Ish» mehnat mahsuli bo‘lib, u inson faoliyatida «Mehnat» bilan tenglashgan jarayondir.

Ko‘pincha bunday farqlash mehnat muammolari turli jihatlarni o‘zida mujassam etib, yaxlit bir butunlik yoki juda o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli shartlidir.

Mehnat masalalariga oid iqtisodiy adabiyotlarda ba’zan «mehnat substansiyasi» degan tushunchani uchratish mumkin. Umuman «substansiya»

atamasi, birinchidan, mohiyatni, negizini anglatsa, ikkinchidan, u hech nimaga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil tushunchani anglatadi. XX asrning 20-yillaridayoq mehnat substansiyasi haqida gapirilganda, - mehnat jarayonida insonning miyasi, asablari, mushaklari, sezgi a’zolari, qoni va quvvatining sarflanishi ekanligi ta’kidlangan edi. Ba’zi zamonaviy mualliflar mehnat substansiyasi - mehnat jarayonida inson organizmi muayyan maqsadga muvofiq tarzda sarflaydigan kuch- quvvat, mehnat substansiyasini inson a’zolarining sarflanishi deb talqin qilish ilmiy jihatdan behudadir va iqtisodchilarning bunday tasavvurlardan allaqachon voz kechishlari darkor, deb hisoblamoqdalar. Kuch-quvvat, albatta, insonning a’zolari orqali ma’lum vaqt davomida sarflansada, uni mehnat substansiyasi deb atashga asos etarlicha bo‘la olmaydi. Binobarin, befoyda sarflangan kuch-quvvat mehnat hisoblanmaydi, albatta.




    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish