"menejment va iqtisodiyot"



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

«Iqtisodiyot»  fan  sifatida  tabiatda  hamda  inson,  jamoa  va  jamiyat  hayotida 
vujudga  keluvchi  turli  xil  iqtisodiy  jarayon  va  hodisalarni  prognozlashtirish,  tahlil 
qilish  va  baholash  bo`yicha  bilimlar  majmuasini  ifoda  etadi.  U  bir  inson  uchun 
ham,  butun  jamiyat  uchun  ham  zarur  bo`lgan  moddiy  va  nomoddiy ob`yektlarning  
katta  qismini  hamda  moddiy  va  ma`naviy  ne`matlarni  tayyorlash  va  taqsimlash 
usullari  va  jarayonlarini  o`z  ichiga  oladi.  Agar  «Iqtisodiyot»  fanining  normativ 
jihatlari  korxona,  firma  va  davlatning  iqtisodiy  siyosatini  ta`minlasa,  pozitiv 
jihatlari  esa  real  voqelikni  baholaydi  va  tahlil  qiladi  hamda  uning  rivojlanishidagi 
qonuniyatlarni  aniqlaydi. 
Shu  tariqa  «Iqtisodiyot»  fani  izlanish  va  uslubiy  vazifalarni  bajaradi  hamda 
jamiyat  hayotining  barcha  soha  va  tarmoqlarida  qabul  qilinuvchi  amaliy  qarorlar 
uchun  nazariy  asos  bo`lib  xizmat  qiladi.  Fan-texnika  taraqqiyoti  sharoitlarida 
iqtisodiyot  fani  jamiyatda  bevosita  ishlab  chiqarish  kuchiga  aylanib  bormoqda. 
Iqtisodiy  asoslab  berilgan  hisob-kitob  va  prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim 
tarkibiy  qismi  sifatida  xo`jalik  tavakkalchiligining  riskini  kamaytirishga,  ishlab 
chiqarish  va  resurslardan  foydalanishni  optimallashtirishga,  shuningdek,  yangi 
texnika  va  texnologiyalarni  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etishda  eng  to`g’ri  tanlov  olib 
borishga imkon yaratadi. 
«Iqtisodiyot»  fani  tarkibiga  tarmoqlar  (sanoat,  qishloq  xo`jaligi,  qurilish, 
transport  va  hokazo),  funktsional  («Mehnat  sotsiologiyasi  va  iqtisodiyoti», 
«Iqtisodiy  statistika»,  «Moliya  va  kredit»,  «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi 
turli  fan  tarmoqlari  («Iqtisodiy  geografiya»,  «Demografiya»,  «Iqtisodiyot  tarixi» 
va  boshqalar)  tizimi  kiradi.  «Iqtisodiyot»  fanining  bu  va  boshqa  yo`nalishlarida 
chuqur  bilimga  ega  bo`lish  insonlarning  ijtimoiy  faolligini  oshirish,  oqilona 
xo`jalik  yuritish,  kadrlarni  iqtisodiy fikrlash  ruhida tarbiyalashga  turtki  bo`ladi. 
«Iqtisodiyot»  fanining,  jumladan,  yuqorida  sanab  o`tilgan  yo`nalishlarning 
metodologik  asosi,  ularning  poydevori  bo`lib  iqtisodiy  nazariya  xizmat  qiladi.  U 



 
real  voqelik  bilan  bog’liq  bo`lish  baroabrida  davlatning  iqtisodiy  siyosatini,  uning 
kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini,  shuningdek,  iqtisodiy  taraqqiyotga  erishish  mumkin 
bo`lgan  yo`llarni  mos  keluvchi  bosqichlarida  aks  ettiradi.  Bu  maqsadda 
«Iqtisodiyot»  fani  statistik  kuzatuv,  gipotezalarni  ilgari  surish  va  tekshirish,  tahlil 
va  sintez,  induktsiya  va  deduktsiya,  iqtisodiy  jarayonlarni  modellashtirish,    tajriba 
(eksperiment)lar  o`tkazish  kabi  bir  qator  voqelikni  anglash  usul  va  uslublarini 
ishlab  chiqqan  va  ulardan  muvaffaqiyatli  ravishda  foydalanadi.  Aytish  joizki,  bu 
usullar  nafaqat  iqtisodiy, balki predmeti va tavsifiga ko`ra, tabiiy va boshqa turdagi 
fanlarda  ham qo`llanishi  mumkin. 
Iqtisodiyot  bozor  munosabatlari  yo`lida  rivojlanayotgan  hozirgi  kunda 
e`tiborga  molik  va  echimini  topmagan  muammolar  talaygina  bo`lib,  «Iqtisodiyot» 
faniga  qiziqish  ortib  bormoqda.  Inson  hayoti  va  faoliyatiga  munosib,  siyosat  va 
davlat  aralashuvidan  xoli  bo`lgan,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotga  yo`naltirilgan 
iqtisodiyotni  barpo  etish  vazifasi  qo`yilmoqda.  P.Samuel’sonning  iqtisodiyot 
bo`yicha  darsligida  ko`rsatib  o`tilishicha,  “iqtisodiyot  fanini  muntazam  ravishda 
o`rganib  bormaydigan  odam  musiqiy  asarga  o`zining  bahosini  bermoqchi 
bo`layotgan garang kishiga  o`xshaydi”. 
Shu  bilan  birga  «Iqtisodiyot»  fani  barcha  hayotiy  muhim  savollarga  tayyor 
javob  bermaydi,  chunki  iqtisodiyot  ishlab  chiqarish,  boshqaruv,  tartibga  solish, 
bashorat  qilish  sohasi  sifatida  oddiy  fan  tushunchasidan  ko`ra,  murakkabroq 
kategoriyani  anglatadi.  U  faqatgina  ilmiy  vosita  bo`lib,  iqtisodiy  voqelikni  anglash 
usuli  xizmatini  o`taydi.  Iqtisodiyotning  rivojlanish  an’analari  va  qonunlarini  ilmiy 
jihatdan  o`rganish,  «Iqtisodiyot»  fani  va  uning  alohida  tarmoqlarining  muhim 
vazifasi  hisoblanadi. 
Moddiy  ishlab  chiqarishdan  ajralgan  holdagi  real  iqtisodiyot  mavjud  emas. 
Moddiy  ishlab  chiqarish  iqtisodiyot  rivojlanishining  asosi,  xo`jalik  faoliyatining 
boshlang’ich  nuqtasi  bo`lib  kelgan  va  shundayligicha  qoladi.  Shu  sababli 
iqtisodiyotning  turli  darajadagi  -  korxona,  tarmoq  va  butun  davlat  miqyosidagi  
holati  moddiy  ishlab  chiqarishning  yutuqlari,  jumladan,  moddiy  ishlab 
chiqarishning  keng  ma`noda  iste`molga,  yoki  bugungi  til  bilan  aytganda  bozor 
talabiga  mos kelishi  bilan  tavsiflanadi  va oldindan belgilab  beriladi. 
“Iqtisodiyot  doimo  moddiydir”  iborasi  insonning  hayotiy ehtiyojlari, ya`ni uy-
joy,  oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  avtomobil’  va  hokazolarga  bo`lgan  ehtiyojlaridan 
tashqari, 
iqtisodiyotning 
aholi 
va 
xalq  xo`jaligi  uchun  zarur  bo`lgan 
mahsulot(tovar)  tayyorlanuvchi  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasi  bilan aloqasini ham 
aks  ettiradi.  Aynan  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasi  (sanoat,  qishloq  xo`jaligi, 
qurilish,  transport  va  hokazo)  aholining  asosiy  qismini  ish  bilan  ta`minlaydi. 
Mehnat  bilan  bandlik  ko`rsatkichi  iqtisodiyot  holatining  o`ziga  xos  “barometri” 
vazifasini  bajaradi:  aholining  mehnat  bilan  bandligi  qanchalik  yuqori  bo`lsa, 
ishsizlik  sur`ati shunchalik  past bo`ladi va aksincha. 
Zamonaviy  fan-texnika  taraqqiyoti  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiyotning 
uzluksiz 
rivojlanishida 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish