Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Friktsion uzatmalarning turlari va tuzilishi



Download 401,8 Kb.
bet35/43
Sana02.02.2023
Hajmi401,8 Kb.
#906790
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
Mexanika

Friktsion uzatmalarning turlari va tuzilishi
Fraktsion uzatmalar – vallarga o’rnatilib, bir-biriga siqiladigan disk, tsilindr yoki konuslar orasida xosil bo’ladigan ishqalanish kuchi yordamida bir valdan boshqasiga aylanma harakat uzatadigan mexanik uzatma. Uzatmaning ishga layoqatlilik sharti: F ishq > Ft Bu erda G’ishq - ishqalanish kuchi Ft - aylana kuc
Friktsion uzatmalar vazifasiga qarab, uzatishlar soni rostlanmaydigan, pog’onasiz uzatishlar soni rostlanadigan (bu uzatma variator deb ham yuritiladi.); val o’qlarining joylashishiga qarab tsilindrik (val o’qlari parallel), konussimon (val o’qlari kesishgan), disksimon; ish sharoitiga qarab ochiq – quruqda ishlovchi, yopiq – moy vannasida ishlovchi turlarga bo’linadi.


31Boshqariladigan va avtomatik muftalar.
Boshqariladigan ulovchi muftalar aylanayotgan yoki tinch turgan vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun ishlatiladi. Bunday muftalar ishlash prinsipiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
a) tishlashish asosida ishlaydigan (kulachokli va tishli) muftalar;
b) ishqalanish asosida ishlaydigan (friksion) muftalar. Boshqa­rila­digan muftalar vallarning siljishiga imkon bera ol­maydi. Ular­dan foydalanilganda vallarning albatta qat’iy o’qdosh bo’lishi talab qili­nadi.
Friksion muftalarni boshqarish mexanizmlarining juda ko’p turi ma’lum. Ular tuzilish va ishlash prinsipiga qarab bir-biridan farq qiladi. Harakatga keltirish prinsipiga ko’ra, bu mexanizmlar elektro­magnitaviy, pnevmatik, gidravlik va mexanikaviy turlarga bo’linadi.
Avtomatik muftalarning ishlatilishidan asosiy maqsad zarur bo’lib qolgan hollarda vallarni bir-biridan avtomatik ravishda ajratishdir. Masalan, o’ta yuklanish hollari ro’y berganda mashina detallarini sinib ketishdan saqlash uchun saqlagich muftalardan foy­dalaniladi.
Ma’lum miqdor yuklamagacha hisoblab qo’yilgan friksion mufta­lar shular jumlasidandir. Saqlagich muftalardan yana biri mashinada o’ta yuklanish holati sodir bo’lgan hollarda sinib ketadigan elementi bor muftadir. Bunday muftalarning turi xilma-xil bo’lib, ulardan eng oddiy mufta po’lat shtiftlar bilan biriktirilgan ikkita yarim muftadan iborat. Bu shtiftlarning o’rta qismi ataylab ingichkalashtirilgan, o’ta yuklanish holati sodir bo’lganda ular ana shu qismidan sinadi.
Bunday muftalarning asosiy kamchiligi shuki, zarur bo’lganda shtiftlar to’satdan sinmaydi, chunki u po’lat bo’lgani uchun sinishdan oldin ma’lum darajagacha cho’ziladi. Shuning uchun bunday muftalar o’ta yuklanish holati sodir bo’lgandan keyin ham ma’lum vaqtgacha burovchi moment uzata oladi. Bu degan so’z mexanizmdagi boshqa detallardan birortasining sinib ketish xavfi saqlanib qoladi, demakdir.

Download 401,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish