Mg`M-18/2-guruh talabasi Nurimov Azizbek 1-seminar savollari


Misrda terrorchi tashkilotlar a'zolarining mutlaq ko‘pchiligini qaysi toifa vakillari tashkil qilgan?



Download 18,78 Kb.
bet3/4
Sana19.02.2022
Hajmi18,78 Kb.
#458862
1   2   3   4
Bog'liq
A.Nurimov 1-seminar

Misrda terrorchi tashkilotlar a'zolarining mutlaq ko‘pchiligini qaysi toifa vakillari tashkil qilgan?



Javob: Terrorchi tashkilotlar a'zolarining mutlaq ko‘pchiligini jamiyatdagi o‘rni va mavqeini aniqlab belgilab ololmagan (marginallashgan) ijtimoiy qatlamlarga mansub 16–30 yashar yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida aholining qashshoqlashuviga terrorizmni oziqlantiruvchi omillardan biri sifatida qaralmoqda va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga alohida e'tibor berilmoqda. Ekstremistik g‘oyalar yoyilishining oldini olishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, Misrda hukumati va rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligini pasaytirishga va 70 foizi qashshoqlikda yashayotgan aholining ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar va tadbirlarni amalga oshirmoqda.



  1. Misrda sulolaviy aloqalarni susaytirish borasida hukumat islohatlari va undan ko’zlangan maqsad nimaligini izohlang?



Javob: Misr hukumati radikal islom tashkilotlarini qashshoqlik, ishsizlik, aholining tabaqalashuvi kabi asosiy tayanch nuqtalaridan va mazkur muammolar uchun javobgarlikni hozirgi hukumat bo‘yniga yuklash imkoniyatidan mahrum qilishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, davlat aholi uchun asosiy (non, un, shakar, o‘simlik yoqi va shu kabi) oziq-ovqat mahsulotlari, neft' mahsulotlari, elektr energiyasi, oylik maoshga qo‘shimcha to‘lovlar hamda suvdan bepul foydalanish kabilarni dotasiyalash(davlat tomonidan moliyaviy ko‘maklashish)da davom etmoqda. Shuningdek, hukumat uy-joy, oliy ma'lumot olish, dori-darmonlarga ham o‘rtacha narxni saqlab turishga harakat qilmoqda. Imtiyozli tibbiy xizmat va dori-darmon bilan ta'minlash, bepul maktab ta'limi kabilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy dotasiya va imtiyozlar tizimi ham rivojlantirib borilmoqda. Umuman olganda, ko‘rilgan bu choralar nisbatan bo‘lsa-da, ijtimoiy adolatni va mamlakat aholisining quyi tabaqasiga yashash uchun zaruriy mablag‘ning eng kam miqdorini ta'minlashga qaratilgan. Yuqoridagi kabi tadbirlar doirasida muayyan mamlakatlarga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida gap ketar ekan, diniy ekstremizmga qarshi kurashning samaradorligini ta'minlashga qaratilgan choralar qatorida 1997 yilda Misrda qabul qilingan “Erni ijaraga olish to‘g‘risida”gi qonun alohida ahamiyatga egaligini ta'kidlash zarur. Mazkur qonun mavjud sulolalar va oilalarning ta'sir quvvatini pasaytirish barobarida hukumatning falloh (dehqon)larning ichki migratsiyasini ta'minlashga yo‘l ochadi. Sulolaviy aloqalarning susayishi esa, o‘z navbatida radikal islom tashkilotlarining qishloq joylaridagi mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Shu yo‘l bilan, mazkur Qonun joylardagi keskinlik va ishsizlikning muayyan darajada bo‘lsa-da, pasayishiga zamin yaratadi. Xalqaro maydondagi harakatlar. Diniy ekstremizm va terrorizm muammosi bilan duch kelayotgan musulmon mamlakatlari ushbu masalani turli xalqaro forumlarda ko‘tarish bilan dunyo jamoatchiligi diqqatini uni hal etishga qaratib kelmoqda. Shuningdek, radikal kayfiyatdagi islomchilar yashayotgan davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish va jinoyatchilarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni imzolashga ham alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, arab davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi siyosatni tartibga solish va terrorizm muammosini arab davlatlari Ichki ishlar vazirlari majlislarining dolzarb mavzusiga aylantirish yo‘lidagi harakatlar ham shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, radikal islom tashkilotlari va guruhlari yetakchilari harakatlarini muntazam asosda kuzatib borish, ular joylashgan davlatni bu haqda ogohlantirish kabi yo‘nalishda ham ish olib borilmoqda. Masalaning bu jihati xususan Misr uchun nihoyatda muhimdir. Zero, 1990-yillarning boshlarida Afg‘oniston va Pokistonda “Musulmon birodarlar”, “Al-Jihod al-Islomiya” va “Al Jamoa al-Islomiya” kabi Misr islomiy tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan 20 ga yaqin lagerlar faoliyat olib borgan edi. U yerdan qaytib kelgan jangarilar radikal islom tashkilotlariga qo‘shilib, fuqarolar va mamlakat uchun xavf-xatarning ortishiga olib kelar edi. Ammo qidirilayotgan terrorchi unsurlar yashiringan xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar doim ham ijobiy natijalar bermayotganini ta'kidlash zarur.




  1. Download 18,78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish