Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

МУНДАРИЖА 
№  Кириш 
 
1.0  Ўқув матeриаллари 
 
2.0  Амалий машғулотлар матeриаллари 
 
3.0  Мустақил таълим машғулотлари  
 
4.0  Глоссарий 
 
5.0  Иловалар 
 
5.1  Фан дастури 
 
5.2  Ишчи фан дастури 
 
5.3  Тарқатма матeриаллар 
 
5.4  Тeстлар 
 
5.5  Фойдаланилган адабиётлар  
 
5.5  ЎУМнинг eлeктрон варианти. 
 
 
 



KIRISH 
Qadim  davrlardan  boshlab  jahon  sivilizatsiyasini  rivojiga  katta  hissa 
qo‘shgan  O‘zbekiston  xalqi  faqat  mustaqillik  davriga  kelib  ro‘shnolik  ko‘rdi. 
Milliy davlatchilik shakllandi, sobiq ittifoq davrida toptalgan milliy madaniyat va 
ma’naviyat qaytadan tiklandi, xalq haqiqiy erkinlikni o‘z hayotida chuqur his eta 
boshladi.  Mamlakatda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrining  boshlanishi,  xususiy 
mulkchilikning  tiklanishi,  butunlay  yangi  ijtimoiy  qatlam  –  o‘rta  sinfning 
shakllanishi  kabi  o‘zgarishlar  demokratik  qadriyatlarni  o‘sishiga  zamin  yaratdi. 
Fuqarolarning  dunyoqarashida  tub  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Totalitar  mafkuradan 
butunlay  holi  bo‘lgan  yangi  avlod  shakllandi.  Ular  hayotida  o‘z  atrofidagi 
voqeliklarga  o‘z  mustaqil  nuqtai  nazari  qarash,  o‘z  taqdirini  Vatan  taqdiri  bilan 
bog‘liq  holda  his  etish  kabi  qadriyatlar  shakllandi.  Mustaqillik  davridagi  buyuk 
o‘zgarishlar  haqida  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov 
quyidagi fikrlarni bildiradi: «Bugun insonning o‘zi o‘zgarmoqda, uning grajdanlik 
va  siyosiy  ongi,  huquqiy  madaniyati  o‘smoqda.  Biz  kommunistik  mafkura 
asoratlaridan, boqimandalik kayfiyatidan, turli soxta qoliplardan to‘la xalos bo‘lib 
bormoqdamiz.  Mustaqil  fikrlaydigan,  zamonaviy  bilim  va  kasb-hunarlarga  ega, 
hayotga yangicha qaraydigan, sobiq mustabid tuzumga xos tushunchalardan ozod 
bo‘lib  voyaga  yetayotgan,  o‘z  fikri  va  qarashlariga  ega  bo‘lgan  navqiron 
yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o‘rin 
olmoqda  va  mamlakatimizning  taraqqiyoti  yo‘lida  hal  qiluvchi  kuchga 
aylanmoqda.  
Hayotimizda  amalga  oshirilayotgan  bunday  o‘zgarishlar  avvalo  nimani 
anglatadi? ...Bu amaliy ishlar avvalambor mamlakatimizda zamonaviy demokratik 
jamiyat  qaror  topayotgani va izchil  rivojlanayotganidan,  aholining hayot darajasi 
va  sifatining  yuksalib  borishiga  zamin  bo‘layotgan  iqtisodiyotimizning  barqaror 
sur’atlar  bilan  o‘sayotganidan,  O‘zbekistonimizning  xalqaro  maydondagi  obro‘-
e’tibori tobora ortib borayotganidan darak beradi
1
.  
Mustaqillik  davrida  mamlakatning  iqtisodiy  salohiyati  ham  yuksaldi. 
Sanoatning  O‘zbekiston  uchun  butunlay  yangi  sohalari  –  avtomobilsozlik, 
energetika  -  neft-gaz  ishlab  chiqarish,  sanoat  va  uy-joy  qurilishi,  avtomobil  va 
temir yo‘l qurilishi, dori-darmon ishlab chiqarish kabilar shakllandi va rivojlandi. 
Mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotida  shaxsiy  sektorning  ulushi  ustuvorlik  qila 
boshladi. Qishloqqa fermerlik va kichik biznes kirib keldi. Barcha ekin maydonlari 
fermerlarga  bo‘lib  berildi.  Xususiy  mulkchilikni  joriy  etilishi  oilalarning 
farovonligini  o‘sishiga  kuchli  ta’sir  ko‘rsatdi.  Mamlakatda  xo‘jalik  yuritishning 
rivojlangan  mamlakatlar  uchun  xos  bo‘lgan  shakli  –  bozor  iqtisodiyoti 
munosabatlari tezlik bilan rivojlana boshladi. 
Davlatning  bosh  islohotchilik  rolini  oshirish,  kuchli  ijtimoiy  himoya 
siyosatini amalga oshirish jarayoni «O‘zbek modeli» asosidagi islohotlarni hech bir 
ijtimoiy  larzalarsiz  amalga  oshirishga  shart-sharoit  yaratdi.  Davlat  byudjetining 
                                                           
1
  Каримов  И.А.  Амалга  оширилаётган  ислоҳотларимизни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамияти 
қуриш  –  ёруғ  келажагимизнинг  асосий  омилидир.  Ўзбекистон  Республикаси  Конституциясининнг  21 
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 2013 йил 7 декабрь.-Т.: Ўзбекистон, 2013.-Б.12   



uchdan  ikki  qismiga  yaqini  ijtimoiy  sohalarga  ajratilishi  mamlakatdagi  siyosiy 
tuzumning asosan milliy manfaatlar va xalq farovonligini amalga oshirish yo‘lida 
faoliyat yuritishini ifodalay boshladi.  
Mustaqillikning  chorak  asrga  yaqin  davri  ichida  mamlakatning  yuz 
yilliklarga teng bo‘lgan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tishi – bu mamlakat Prezidenti 
tashabbusi  va  yo‘lboshchiligi  asosida  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat 
qurishning  asosiy  strategik  pirovard  maqsad  sifatida  e’lon  qilinishi,  bu  sohada 
«O‘zbek  modeli»  asosida  islohotlarni  bosqichma-bosqich  ravishda  amalga 
oshirilganligi  bo‘ldi.  So‘nggi  o‘n  yillikda  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotining  8 
foizdan ortiq ravishda o‘sib borishi fikrimizning dalilidir.  
Davlat  siyosatining  va  jamiyat  taraqqiyotining  asosiy  ustuvor  yo‘nalishlari 
insonga, uning farovonligi va erkinligiga qaratila boshlandi. O‘zbekiston tarixida 
yangi bir davr boshlandi.  Bu davr –  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  qurish 
davri sifatida trixga kirdi.  
Ko‘rinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati strategik maqsad sifatida 
e’lon qilinishi natijasida yangi dolzarb vazifalar paydo bo‘ldi. Ma’lumki, bu kabi 
jamiyatlar  rivojlangan  mamlakatlarda  bir  necha  yuz  yilliklar  ichida  nazariya 
sifatida  shakllanib,  XX  asrning  o‘rtalaridan  boshlab  amaliyotda  namoyon  bo‘ldi. 
Bu mamlakatlar tajribasini o‘rganish, mamlakatimiz tarixida shakllangan fuqarolik 
jamiyatining  milliy  unsurlarini  demokratlashtirish  va  ularni  xorijiy  tajriba  bilan 
uyg‘unlashtirish davr talabi sifatida o‘zligini namoyon qila boshladi. Shuningdek, 
fuqarolik  jamiyatiga  doir  nazariy  va  amaliy  bilimlarni  yoshlar  ongiga  singdirish 
mamlakat  kelajagi  va  istiqbolini  belgilovchi  omil  sifatida  paydo  bo‘ldi.  Chunki, 
yangi  quriladigan  jamiyatning  belgilari  hamda  tarxi  yoshlar  ongi  va  tasavvurida 
namoyon  bo‘lmas  ekan,  bu  ulug‘vor  vazifani  bajarishga  kirishib  bo‘lmaydi. 
Shuning  uchun  ham  «Fuqarolik  jamiyati»  faniga  doir  darslik  va  boshqa  o‘quv 
qo‘llanmalarini  yaratish  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  ma’naviy-ijtimoiy 
omili sifatidagi zaruriyatga aylandi.  
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati qurish islohotlari 
sharoitida  yoshlarni  bu  jarayonda  faol  ishtirok  etishlari  va  o‘z  dunyoqarashlarini 
fuqarolik jamiyati qurishga doir nazariyalar bilan boyitishlari uchun shar-sharoitlar 
yaratish eng dolzarb vazifalar sirasiga ko‘tarildi.  
Fuqarolik  jamiyati  fani  hozirgi  islohotlar  davri  yanada  rivojlanishga  doir 
izlanishlarni  chuqurlashtirish  jarayoni  kun  tartibiga  qo‘ygan  vazifalardan  kelib 
chiqib  «O‘zbek  modeli»  asosida  fuqarolik  jamiyati  qurish  va  uning  istiqbollari 
to‘g‘risida  bilimlar  beradi.  Shuningdek,  bu  fanni  o‘qitish  jarayonida  rivojlangan 
mamlakatlarda  fuqarolik  jamiyati  qurish  tajribasi  ham  o‘rganiladi,  ular 
mamlakatdagi islohotlar natijasiga o‘zgarishlar qiyoslanadi.  
Mazkur fanni o‘qitishda asosiy e’tibor talabalarning erkin fikrlashi, ularning 
jamiyatda  ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlarga  nisbatan  mustaqil  o‘z  munosabatlarini 
shakllantirishga  qaratildi.  Fanning  yana  bir  asosiy  maqsadlaridan  biri  –  bu 
yoshlarda  vatanparvarlik  his-tuyg‘ularini  yuksaltirish,  ularning  mamlakatga 
sadoqatini  oshirish,  yangi  jamiyat  qurishga  befarq  bo‘lmaydigan  inson  sifatida 
tarbiyalash vazifalarni amalga oshirishdir.  



O‘zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va  amaliyoti  fani 
fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyotini «Falsafa», «Huquqshunoslik», 
«O‘zbekiston  tarixi»,  «Sotsiologiya»,  «Iqtisodiyot»,  «Milliy  g‘oya:  asosiy 
tushuncha  va  tamoyillar»  «Siyosiy  fanlar»,  kabi  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan 
uzviy  o‘zaro  aloqadorlikda  o‘rganadi,  o‘zining  va  mazkur  fanlarning 
qonuniyatlariga ham tayangan holda qo‘laniladi.
 


38 
 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish