Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti 
O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  islohotlari  jarayonida  jahondagi  turli 
mamlakatlarda  shu  kabi  jamiyat  asoslarining  yaratilish  tajribasini,  ushbu  sohadagi  islohotlaming 
iqtisodiy,  ijtimoiy-  siyosiy  va  huquqiy  asoslarining  shakllantirilish,  ularga  doir  nazariy 
ishlanmalami o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki fuqarolik jamiyatining insoniyat uchun 
muhim  bo’lgan  bu  ijobiy  jihatlari  (tamoyillari  va  yashash  muhiti)  o’tish  davrini  boshidan 
kechirayotgan  mamlakatlarda  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash  va  huquqiy  davlat  sari 
rivojlanish  sari  intilishiga  doir  islohotlarida  muhim  tajriba  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Shu  nuqtayi 
nazardan  qaraganda,  fuqarolik  jamiyatiga  doir  fanni  oliy  ta’lim  tizimida  o’qitish  muhim  dolzarb 
vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  Fuqarolik  jamiyati  fani  jahonda  bir  necha 
minglab yillar davomida yig’ilgan umuminsoniy qadriyatlami hozirgi umuminsoniy va demokratik 
qadriyatlar  bilan  uyg’un  holda  o’rganishi  va  ulardan  xulosalar  chiqarishi  tufayli  yosh  avlodni 
shakllantirishda  muhim  rol  o’ynaydi.  Bu  fan  insoniyatning  eng  so’nggi  taraqqiyot  bosqichi  va 
birligi to’g’risidagi ta’limotlami hozirgi davr bilan mustahkam bog’liqlik holida o’rganadi, insonni 
jamiyat qonuniyatlari va qadriyatlari asosida yashashga undaydi, bu yoidan inson manfaatdorligini 
asoslaydi. Bu jarayonda “Fuqarolik jamiyati” fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan hamkorlik 
qiladi.  Umuman  olganda,  ushbu  fan  insonni  hozirgi  davming  so’nggi  sivilizatsiyasi  -  fuqarolik 
jamiyatining rivojlanish  qonuniyatlari, tamoyillari va uning shaxsni kamolga  yetkazishdagi roliga 
doir bilimlar bilan qurollantiradi. 
Hozirgi  davrga  kelib,  dunyodagi  rivojlangan  mamlakatlarda  fuqarolik  jamiyatining 
qurilganligi,  mazkur  jamiyat  siyosiy  instituti  sifatida  huquqiy  davlat  bunyod  etilganligi,  bu  kabi 
jamiyat va davlatlar muhitida inson va uning faoliyati uchun erkinlik yaratilishi, insori huquqlarini 
himoyalashning  miqyosi  nihoyatda  keng  ekanligi  kabi  omillar  demokratiya  qurish  yoiidan 
ketayotgan davlatlami qiziqtimoqda. Shuning uchun ham o’tish davrida yashayotgan mamlakatlar 
siyosiy  elitasi  fuqarolik  jamiyatini  nafaqat  ijtimoiy  model  sifatida,  balki  uni  taiim  tizimiga  joriy 
etish asnosida yosh avlodni shakllantirish omili sifatida ham e’tirof etmoqda. 
O’zbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyo’li munosabatlariga 
asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, 
ular  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash,  jamiyatda  qonun  ustuvorligiga  erishish  asnosida  barcha 
fuqarolarning  qonun  oldida  tengligiga  va  adolat  prinsiplarini  amal  qilishiga  erishish  kabi  ezgu 
ishlarga asoslanadigan muhitni yaratish uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik maqsad 
sifatida e’lon qildi. 
Shuning  uchun  ham  Birinchi  Prezident  I.A.Karimov  mustaqillikning  ilk  davridayoq 
“bizning  bosh  strategik  maqsadimiz  qat’iy  va  o’zgarmas  bo’lib,  bozor  iqtisodiyo’liga  asoslangan 
erkin  demokratik  davlat  barpo  etish,  fuqarolik  jamiyatining  mustahkam  poydevorini 
shakllantirishdan  iborat”  degan  g’oyani  ilgari  surgan  edi.  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  istiqlol 
yillarida  erishilgan  yutuqlarga  baho  berib,  “...biz  muhtaram  birinchi  Prezidentimiz  Islom 
Abdug’aniyevich  Karimov  boshlab  bergan  keng  ko’lamli  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  islohotlar 


39 
 
yo’lini  og’ishmasdan,  qat’iy  va  izchil  davom  ettiramiz.  Bu  yo’l  -  erkin,  demokratik,  insonparvar 
davlat  qurish,  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish,  Vatanimiz  iqtisodiy  qudratini  yuksaltirish  va 
yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir”, - deb ta’kidiagan edi. 
2016-yilning so’nggi choragidan boshlab davlat rahbari sifatida o’z faoliyatini boshlagan 
Sh.M.Mirziyoyevning  mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  rivojlanishi  uchun  muhim  kuch-qudrat 
manbayi - “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan 
g’oyani  ilgari  surishi,  unga  monand  bo’lgan  huquqiy  asoslar  va  jiddiy  o’zgarishlami  amalga 
oshirishi  natijasida  O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  qurish  islohotlari  avj  oldi,  unga  nisbatan 
xalqimizning ishonchi yuksala boshladi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev Prezidentlikni bajarish uchun 
kirishgan  dastlabki  kundanoq  quyidagi  konseptual  g’oyani  ilgari  surdi:  “Mustaqil  taraqqiyot 
yillarida  Konstitutsiyamiz  yurtimizda  huquqiy  demokratik  davlat,  kuchli  fuqarolik  jamiyati,  erkin 
bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun 
tinch,  obod  va  farovon  hayot  barpo  etish,  O’zbekistonning  xalqaro  maydonda  munosib  o’rin 
egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda”. 
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi - insoniyatning bir necha asrlar mobaynida shakllangan 
tafakkurlash  mahsuli  bo’lib,  u  inson  huquqlari  va  erkinliklari  ta’min  darajasining  naqadar 
yuksalganligi  darajasi  mezoni  sifatida  namoyon  bo’ldi.  Fuqarolik  jamiyatining  poydevori  va 
asoslarini yaratish uchun, avvalo, u to’g’risidagi g’oyalaming genezisini va rivojlanishini bilishga 
zarurat  tugiladi.  Fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi  uchun  uning  asoslari  (iqtisodiy,  ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilishi lozim. Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat: 
-  iqtisodiy  asos  -  shaxs  va  jamiyat  manfaatlarining  umumiyligiga  asoslangan  mulk 
shakllarining  xilma-xilligi,  iqtisodiy  plyuralizm,  ko’p  ukladlilik,  erkin  bozor  munosabatlari; 
jamiyatning  har  bir  a’zosini  o’z  mulkiga  ega,  u  bu  mulkni  o’z  xohishi  bilan  tasarruf  eta  olish 
erkinligining  mavjudligi,  bu  mulkdan  foydalanish  va  uni  sarflash  huquqiga  ega  bo’lishi,  xususiy 
mulk daxlsizligi, har bir shaxsning davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol 
faoliyati erkinligi bilan ta’minlanganligi; 
-  ijtimoiy-siyosiy  asos  -  fuqarolik  jamiyati  qurilayotgan  davlatning  mustaqil  va  suveren 
ekanligi,  iqtisodiy  va  siyosiy  hokimiyatlaming  bir-  biridan  ajratilganligi;  fuqarolarning  o’z 
maqsadlarini  himoya  qilish  uchun  ma’lum  nodavlat  tashkilotlarga  birlashgan  bo’lishi, 
hokimiyatning  uchga  bo’linish  prinsipi  amalda  o’z  aksini  topganligi,  hokimiyatlaming  turli 
markazlar, gumhlar yoki shaxslar qo’lida to’planib qolmasligi; siyosiy plyuralizmning mavjudligi; 
davlat hokimiyati vakolati funksiyalarining asta-sekinlik bilan quyi vakillik organlari va o’zini o’zi 
boshqarish organlariga berib borilishi; 
- huquqiy asos - jamiyatda insonning yashashi va rivojlanishi uchun muhim zamrat bo’lgan 
erkinlik,  tenglik,  adolat  qadriyatlarining  qaror  topganligi,  shaxslar  va  fuqarolar  o’rtasida  o’zaro 
tenglikning  ta’minlanganligi,  ularning  huquq  va  erkinliklarining  davlat  tomonidan  to’liq  ravishda 
e’tirof  etilishi;  adolat  prinsiplariga  amal  qilinishi;  bir  shaxsning  erkinligi  ikkinchi  shaxsning 
erkinligiga  daxl  etsa,  uning  erkinligi  shu  yerda  to’xtatilishi,  davlat,  jamiyat  va  shaxs  manfaatlari 
o’zaro mushtarakligining shakllanishi; 
- ma’naviy asos - insonlar o’z qadr-qimmatini har qanday tajovuzlardan himoya qila olish 
qobiliyatining  shakllanganligi,  xalqning  jamiyat  qadriyatlarini  himoya  qila  olish  salohiyatining 
mavjudligi,  vijddn  erkinligining  amal  qilishi,  jamiyatda  axloqiy  me’yorlarga  amal  qilish  urf- 
odatlarining shakllanganligi, biron-bir mafkuraning yakka hokimlik qilishga urinishlarining cheklab 
qo’yilganligi,  fuqarolarning  ma’naviy  va  ijtimoiy  jarayonlarda  bevosita  va  bilvosita  ishtirok 
etishlari uchun barcha shart-sharoitlaming mavjudligi, har bir fuqaroning o’z mustaqil fikrlashi va 
qarashiga  ega  ekanligini  namoyon  qilish  uchun  barcha  sharoitlaming  mavjud  ekanligi,  ma’naviy 
jarayonlami  faqat  jamiyat  va  fuqarolar  tomonidan  amalga  oshirilishi,  har  bir  fuqaroning  qanday 
dunyoqarash  yoki dinga  kirishi uning o’zi tomonidan hal etilishi, diniy  erkinlik, barcha dinlar va 


40 
 
mafkuralaming  o’zaro  hamkorlikda  yashashlari  uchun  zamr  bo’lgan  shart-sharoitlaming 
yaratilganligi. 
Umuman  olganda,  “fuqarolik  jamiyati”  atamasi  turli  xorijiy  adabiyotlarda  umumiy 
mohiyatga  ega, shu bilan birga, har bir mamlakatning milliy an’anlarini ham uyg’unlashtiradigan 
tushuncha  bo’lib,  u  hozirgi  davrdagi  talqinlarda  jamiyatning  muayyan  shakli  (holati  va 
xususiyatijni,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  huquqiy  tabiatini,  rivojlanish  darajasini 
ifodalaydi.  Fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  masalalari  doimo  davlatni  takomillashtirish,  huquq 
va  qonunning  rolini  yuksaltirish  muammolarini  hal  etish  bilan  chambarchas  tarzda  o’zaro 
bog’liqdir. 
Ba’zi  olimlaming  fikricha,  demokratik  jamiyat  -  bu  “eng  avvalo,  fuqarolik  jamiyatidir. 
Chinakam  demokratiyaning  oliy  mazmuni  -  shaxslararo,  millatlararo,  davlat  va  ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarini  uyg’unlantirishdan  iborat.  Bunda  inson  va  jamiyat,  jamiyat  va  davlat  hokimiyati 
tinch-totuv  yashaydi”.  Fuqarolarning  davlat  hayotida  ishtirok  etish  jarayoni  ancha  kuchayib 
bormoqda va siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlar faoliyatida, hayotning barcha jabhalari, shu 
jumladan,  inson  huquqlari  sohasida  ham  organlar  va  mansabdor  shaxslar  faoliyatining  ijtimoiy 
nazoratini hamkorlikda amalga oshirishga qaratilgan ommaviy axborot vositalarining faollashuvida 
o’z aksini topmoqda. 
Fuqarolik  jamiyati  -  bu  ijtimoiy-siyosiy  masalalami  hal  etishda  faol  qatnashadigan, 
davlatning  bedodligi  va  aralashuviga  yo’l  qo’ymaydigan  huquq  hukmron  bo’lgan,  fuqarolar  va 
davlat  hamkorlik  asosida  ishlaydigan  ongli  individlar  jamiyatidir.  O’zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasida  fuqarolik  jamiyatiga  ta’rif  berilmagan  bo’lsa-da,  unda  fuqarolik  institutlarini 
tashkil  etish  va  ular  faoliyatining  huquqiy  asoslari  e’tirof  etilgan,  ularning  davlat  bilan  o’zaro 
hamkorligi prinsiplari belgilangan. 
Fuqarolik  jamiyati  fanining  predmeti  sifatida  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi, 
rivojlanishi,  har  bir  milliy  davlatda  fuqarolik  jamiyati  qaror  topishining  umumiy,  o’ziga  xos 
qonuniyatlari  va  tamoyillari  o’rganiladi.  Fuqarolik  jamiyati  fanining  predmeti  -  kishilik  tarixida 
insonlaming  o’zaro  munosabatlari  natijasida  yuksak  jamiyatga  doir  qadriyatlar  va  tuzilmaviy 
unsurlaming  shakllanishi,  ularning  rivojlanib  borishi  natijasida  ideal  jamiyatda  insonlar  o’zaro 
aloqalarin  qonuniyatlarining  shakllanishi,  rivojlangan  mamlakatlarda  uzoq  tarixiy  rivojlanish 
natijasi o’laroq shakllangan yuksak insoniy birlik - fuqarolik jamiyatining institutlari hisoblanadi. 
Fuqarolik jamiyati fanining obyekti - bu insoniy jamiyatning oddiydan murakkabga, o’zini 
o’zi takroran yaratib turadigan insoniy birlikka o’sib o’tishi va nihoyat rivojlangan mamlakatlarda 
shakllangan  fuqarolik  jamiyati  va  uning  institutlari  hisoblanadi.  Xususan,  mazkur  Fuqarolik 
jamiyati o’quv qo’llanmasining obyekti - ana shu tarixiy voqeliklarga uyg’un tarzda O’zbekistonda 
fuqarolik  jamiyati  unsurlariga  doir  g’oyalaming  rivojlanishi,  mustaqillik  davriga  kelib  fuqarolik 
jamiyati  institutlarining  rivojlanishi,  undagi  tamoyillaming  rivojlangan  davlatlar  bilan  qiyosiy 
tahlillari hisoblanadi. 
Fanni  o’qitishdan  maqsad  -  talaba-yoshlar  ongida  fuqarolik  jamiyatiga  doir  tasavvurlami 
singdirish,  ularda  jamiyatni  rivojlantirishga  doir  mustaqil  fikrlash  ko’nikmalarini  shakllantirish, 
Vatanga sadoqat his- tuyg’ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish