Microsoft Word 36 tadbirkorlik subyektlarining foydasini oshirish yo`llari doc


I bob Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik sarf xarajatlari va foyda



Download 73,19 Kb.
bet2/7
Sana06.07.2022
Hajmi73,19 Kb.
#747765
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tadbirkorlik sarf xarajatlari WORD kurs ishi

I bob Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik sarf xarajatlari va foyda.

    1. Tadbirkorlikning mohiyati, asosiy tamoyillari.


Bozor iqtisodiyoti biznesga asoslanadi. Biznes inglizcha (business) so‘z bo‘lib, ish, faoliyat, mashg‘ulot degan ma'noni anglatadi.
Biznes- bu ayrim kishilarning yoki korxona-tashkilotga birlashgan kishilarning tavakkaliga pul qo‘yib, undan foyda olishga yoki puldan pul chiqarib olishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Biznesni tadbirkorlik va ishbilarmonlik deb xam ataydilar. Biznes degani keng ma'noda pul topishni, pul qilishni bildiradi. Bu xar qanday yo‘l bilan pul topish emas, balki kishilarga naf keltiradigan, ularning xojatini chiqaradigan, og‘irini yengil qiladigan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir.
Biznes - bu kommersiya ishi, ya'ni tekinga emas, balki pulga ishlashdir. Biznesmen, ya'ni bizneschining o‘z ishi bor, u mustaqil, o‘z kapitaliga ega, uni bironta ishga qo‘yadi, u birovga qaram emas.
Biznesda yaratuvchilik bo‘lganda tadbirkarlik kelib chiqadi. Masalan; yer, pul, uy va avtomashina egasi uni o‘zi ishlatib xizmat ko‘rsatganda yoki maxsulot yaratganda u tadbirkor bo‘ladi. Agar bu mulk egasi uni ijaraga bersa, ijaraga olib ishlatuvchi, ya'ni tovarlar va xizmatlar yaratuvchi tadbirkorlik qilgan bo‘ladi. Mulk egasi ijara biznesi bilan shug‘ullangan bo‘ladi, lekin tadbirkor emas.
Biznes - eng avvalo qonuniy yo‘l bilan, ruxsat berilgan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir.
O‘zining xarakteriga qarab biznes ochiq- qonuniy va yashirin-g‘ayri qonuniy bo‘ladi. Ruxsat berilgan biznes qonuniydir, u oshkora olib boriladi. Ochiq biznes- bu kishilar xayotini farovon qiladigan faoliyatdir. Yashirin biznes esa qonun yo‘li bilan takiklangan biznesdir. Masalan, Narkobiznes, qurol-yaroq biznesi...
Biznes turlari uning natijasida qanday tovar va xizmatlar yaratilishi va kaysi soxada yuz berishiga qarab farqlanadi.

Biznes turlar:


- Sanoat biznesi

      • Agrobiznes (q/xo‘j)

      • Moliya biznesi

      • Tibbiyot biznesi

-Shou (tomosha) biznesi
-Sport biznesi
-Savdo biznesi
-Sayoxat biznesi
Biznes bilan shug‘ullanuvchilar xar xil:

  1. Individual yoki yakka tartibda, ya'ni shaxsan o‘zi va oilasi bilan biznes qiluvchilar;

  2. Jamoa tarkibida yoki sherik bo‘lib biznes qiluvchilar;

  3. Davlat biznesi - davlat nomidan biznes qilish.

Individual biznes eng tarkalgan va ko‘pchilikni qamrab olgan biznes, u xususiy mulkka tayanadi.
Jamoadagi biznes xam rivoj topgan. U shirkatlar, kooperativlar, aksiyaner jamiyatlari doirasida yuz beradi.
Davlat biznesi esa cheklangan, o‘ta muxim soxalarda saqlangan. O‘zbekistonda xam biznesning turli shakllari bor.
Biznesni ishlab chiqarishdagi korxonalar va xo‘jaliklar ishi bilan cheklab bo‘lmaydi, chunki qaerda pul topish mumkin bo‘lsa, usha yerda biznes bo‘ladi.
Biznesning eng asosiy jixatlari tadbirkorlikdir. Tovarlar va xizmatlarni yaratish bozor iqtisodiyoti uchun birlamchi bo‘lganidan uning asosini tadbirkorlik tashkyol etadi.
Tadbirkorlik - kishilar (mulk sub'ektlari) ning moddiy va pul mablaglarini amalda xo‘jalik oborotiga tushirib, daromad topishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik umuman pul topish emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga binoan tadbirkorlik:

    1. Tadbirkorning shaxsiy mol-mulk asosida;

    2. Tadbirkorning boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy fuqarolar xamda yuridik shaxslarning mol- mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida;

    3. Tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol- mulklaridan foydalanishi asosida;

    4. Yuqoridagi shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga oshiriladi.(qonun 1-modda).

Tadbirkorlik mulkdor tomonidan xam, shuningdek uning mol-mulkini idora qiluvchi sub'ekt tomonidan xam amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik yangi imkoniyatlarni qidirish, yangi texnologiyalarni qo‘llash jarayoni, kapital qo‘yishning yangi soxalarini topish, eskicha sarqitlar va chegaralardan voz kechish, ishlab chiqarishning uch asosiy tarkibiy qismini bog‘lashning eng maqbul usullarini topishdir.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining tayanch nuqtasi, chunki bu faoliyat orqali bozor talabi qondiriladi, kishilarning farovonligi ta'minlanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali asta-sekin mamlakatda mulkdorlar sinfi shakllana boshlaydi. Mulkdorlar sinfini shakllantirish borasidagi “eng muxim va dolzarb vazifa- mulkni xaqiqiy egalari qo‘liga berishni jadallashtirish tadbirkorlik uchun keng yo‘l ochib beri shva mulkdorda yangi mulk egasi xissiyotini tarbiyalashdan iboratdir”
O‘zbekistonda tadbirkorlar ijtimoiy jixatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga mos ravishda ishchi, xizmatchi va dexqonlar xisobidan vujudga kela boshladi. Bu yerda tadbirkorlar kichik va o‘rta biznes bilan shugullanuvchilardan, fermerlardan, tomorqa xo‘jaligi soxiblaridan, aksiyadorlik jamiyati a'zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan iborat.
Tadbirkorlik faoliyati mamlakatda raqobat muxitini shakllantiradi, insonlarni extiyojlarini qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlikning o‘ziga xos tamoyillari mavjud:

  1. Mulkiy munosabatlarning ishtiroqchisi bo‘lishi... Tadbirkorlarningo‘zmulki bo‘lgani yaxshi, bo‘lmasa o‘zgalar mulkini ijaraga olib xam ishyuritishi mumkin. Lekin u o‘z mulkiga ega bo‘lsa, o‘zgalar mulkini ijaraga olib ishlagandan

yaxshiroq iqtisodiy samara olishga xarakat qiladi.

  1. Iqtisodiy faoliyat erkinligi va faoliyat maxsulini taksimlash mustaqilligi.Tadbirkor bozor talabini qondirish maksadida o‘zi tanlagan soxada faoliyat ko‘rsatishi, o‘zi xoxlagan maxsulotni kanday va kaerda ishlab chiqarishni, ularni kimga, kachon, qanchaga sotishni o‘zi xal qiladi. Mazkur iqtisodiy munosabatlar jarayonida unga tazyik ko‘rsatilishi tamomila inkor etiladi.

  2. Foyda olishga intilish... Tadbirkor dastavval o‘zining iqtisodiy axvolini yaxshilashga, foyda olishga xarakat qiladi. Uning bu maqsadi saqlanib koladi. Pirovardida u daromad olish bilan birgalikda jamiyat uchun qanchalik kerak ekanligini, o‘z imkoniyatlarini o‘zgalar imkoniyatlaridan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatishga xarakat qiladi.

  3. O‘z faoliyatidagi iqtisodiy mas'uliyatni xis etish. Tadbirkor kaysi soxada faoliyat ko‘rsatmasin u iqtisodiy mas'uliyatni shaxsan o‘z zimmasiga olib ish yuritadi. Olingan iqtisodiy natijaga faqat uning o‘zi javobgar, mas'uliyatli bo‘ladi.

  4. Iqtisodiy tavakkalchilikni o‘z buyniga olish. Tadbirkor iqtisodiy xavf- xatarni xis qilib, tavakkal qilib, “sinish”dan qo‘rqmasdan ish yuritadi. Agar kutilmagan xodisa bo‘lsa, unga faqat tadbirkorning o‘zi javob beradi.

  5. Tadbirkorlik qoidalari va qonunlarning ustivorligiga rioya qilish. Tadbirkorlik faoliyatining o‘z ichki qonun-koidalari va jamiyatning qonuniy asoslari mavjud. Qonun va koidalar kanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishidan kat'iy nazar tadbirkor ularga amal qilishi va xurmat qilishi kerak va shart.

  6. Raqobat muxitning rivojlanishida va uning qo‘lashida qatnashadi.Tadbirkor o‘z faoliyati davomida sifatli tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishi orqali raqobatni avj olishiga xissa qo‘shishi va uning o‘zi xam faol ishtiroq etishi lozim.

  7. Tadbirkorlik siri.(Tijorat siriga ega bo‘lish). Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar albatta o‘zlarining sirlariga ega bo‘lishlari va uni qattiq ximoya qilishlari lozim bo‘ladi.

  8. Xalollik bilan ish yuritish. Tadbirkor xalol pul topishga intilishi shart. Bu tamoyil tadbirkor tushunchasining xakikiy tabiatiga mos keladi va unga zid bo‘lgan xar kanday ishlarni, xarakatlarni inkor etadi.

  9. Nufo‘zga ega bo‘lish. Nufo‘z tadbirkorning obru-e'tiborli bo‘lishini, o‘z nomiga putur yetkazmasligi, firma nomiga sodiklikni va uni e'zozlashni bildiradi.

Tadbirkor o‘z ishlab chiqarish faoliyatini o‘zi boshqaradi, davlat uning ishiga aralashmaydi, balki tadbirkorni qo‘llab- quvvatlash va uning daxlsizligini kafolatlashi orqali qulay muxit yaratadi.
Tadbirkorlik faoliyatining vazifalari:

    1. Ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarni birlashtirish.

    2. Biznes yuritish bo‘yicha asosiy qarorlarni kabul qilish.

    3. Ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini va biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishda tashabbuskorlik ko‘rsatish.

    4. Taxlikagaborish.

Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart-sharoitlari:

  1. Tadbirkor faoliyati uchun ma'lum xukuk va erkinlaklar mavjud bo‘lishilozim..

  2. Tadbirkor mulkchilik xukukiga ega bo‘lishi (mol-muklni va foydani tasarruf qilishda) zarur.

  3. Erkin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni ta'minlaydigan iqtisodiy muxit va ijtimoiy- siyosiy shart- sharoit bo‘lishi kerak.

  4. Mulkchilik va xo‘jalik yuritishning xilma-xil shakllari va turlari taqozo qilinadi.

Tadbirkorlik o‘z-o‘zidan davlat ishtirokisiz, uning yordamisiz rivoj topmaydi. Davlat soliqlar, eksport xizmatlari orqali, shuningdek, o‘z xisobidan bepul umumiy ta'lim berish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

    1. Download 73,19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish