Microsoft Word 36 tadbirkorlik subyektlarining foydasini oshirish yo`llari doc


Tadbirkorlik faoliyatining shakllari



Download 73,76 Kb.
bet3/6
Sana01.07.2022
Hajmi73,76 Kb.
#725129
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tadbirkorlik sarf xarajatlari WORD kurs ishi

Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.


Tadbirkorlik faoliyati turlarining turli-tumanligi bois uning faoliyatini aniq shakllarda amalga oshirishni talab etadi. Shu sababli tadbirkorlikning qo‘yidagi shakllarini farqlaydilar: shaxsiy tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik, jamao tadbirkorligi, tadbirkorlikning aralash shakli, davlat tadbirkorligi.

    1. Shaxsiy tadbirkorlik- shaxsiy mulkka asoslanadi. Ishlab chiqarish uning o‘zi yoki oila a'zolari mexnati asosida amalga oshiriladi. Odatda, tadbirkorlikning bu shakli savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish soxalarida yuqori samarali bo‘lib, tez rivojlanadi.

    2. Xususiy tadbirkorlik- mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘ladi, ishlab chiqarish jarayoni yollanma mexnatga asoslanadi. (O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik soni 3.5 mln kishini tashkil etadi. Ular asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va xunarmandchilik soxasida faoliyat ko‘rsatishadi. O‘zbekiston Respulikasining YaMM dagi xissasi- 1999 y. Da 16.5

% ni tashkiletdi).

    1. Jamoa tadbirkorligi- jamoa mulkchiligiga asoslanadi va uning iqtisodiy faoliyatida, shu jumladan, boshqarishni amalga oshirishda jamoa a'zolari faol qatnashadi, xamda shu orqali jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi ta'minlanadi.

    2. .Tadbirkorlikni aralash shakli xissadorlik jamiyatlari va ma'suliyati cheklangan jamiyatlar yoki qo‘shma korxonalar (milliy va chet el kapitali ishtirokida) ko‘rinishida bo‘ladi.

    3. Davlat tadbirkorligi bu davlat mulkchiligiga asoslangan korxonalar va mulkida davlat ulushi yuqori salmoq i tashkil qiladigan korporatsiyalarni o‘z ichiga oladi
    1. Firmalarning asosiy shakllari.


Tadbirkorlik aksariyat xollarda firmalar doirasida boradi. Firma inglizcha (firm) so‘z bo‘lib, kommerssiya korxonasi degan ma'noni bildiradi. (tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo‘jalik tashkyoloti degan ma'noni anglatadi.)
Firma sanoat, transport, yeki qurilish soxasidagi korxona. qishloq xo‘jaligidagi korxona esa fermer xo‘jaligi va agrofirma deb yuritiladi.
Firma (korxona)- bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli va bevosita ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi milliy iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Firmalar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga mos va xos ravishda ma'lum soxalarga ixtisoslashadilar. Iqtisoslashuv darajasi va faoliyati yunalishiga qarab korxonada ishlab chiqarish omillari uyg‘unlashadi.
Korxonalar ma'lum bir soxalarda ixtisoslashadilar va maxsulotning ayrim qismlarinigina yaratadilar. (tayyor maxsulotning murakkabligiga qarab uni ishlab chiqarishda yuzlab, xatto minglab, bir yoki bir necha mamlakatlarning korxonalari ishtirok etadilar.) Masalan, traktor zavodi, aviatsiya zavodi.
Korxonalar mexnat faoliyati soxasi va ixtisoslashuviga qarab sanoat, transport, qurilish, aloqa, qishloq xo‘jaligi, savdo, tijorat, maishiy xizmat, madaniy xizmat, davolash, o‘qitish va boshqa korxonalarga bo‘linadi.
O‘tish davrida erkinlik darajasiga qarab korxonalar uch toifaga bo‘linadi:

  1. Davlat buyurtmasi saqlangan korxona;

  2. Xam buyurtma, xam bozorga ishlaydigan korxona;

V) Faqat bozorga ishlaydigan korxona.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi korxonani iqtisodiy mustaqil bo‘lishini ta'minlaydi, ya'ni nima ishlab chiqaradi, qancha, kim bilan xamkorlik qiladi, daromadni qanday ishlatadi o‘zi xal qiladi.
Demak, korxona faqat bozorga ishlay boshlaydi. Korxona bozor bilan muntazam aloqada bo‘ladi, ammo boshqalardan olaxidalashgan xo‘jalik yurituvchi
sub'ekt sifatida maydonga chikadi. Korxonaning mana shu maqomi uning iqtisodiyerkin bo‘lishi, mustaqil ish tutishini bildiradi.
Firma (korxona) larning shakllari qo‘yidagicha bo‘ladi: Xususiy firmalar;
Mas'uliyati cheklangan firmalar;
Ma'suliyati cheklanmagan firmalar, ya'ni shirkatlar; Davlat korxonalari- firmalari;
Aralash korxonalar;
Korxonalar birlashmasi (konsorsium va konsern); Firmalar shaxobchasi (bo‘linmasi) va vakolat xonasi.
Mulkiy jixatdan firmalar to‘rt xil bo‘ladi:

  1. Xususiy

  2. Davlat

  3. Jamoa

  4. Aralash (xorijliklar ishtiroqidagi) firmalar.

Xususiy firmalar- ayrim shaxslarga va oilalarga qarashli bo‘lib, individual xususiy mulk xisoblanadi. Bunday korxonalar kichik, o‘rta biznes va kishlok xo‘jaligi soxalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat korxonalari- davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida bo‘lgan korxonalar. Mazkur korxonalar davlat va maxalliy xokimiyat organlariga karashli bo‘ladi va birgalikdadavlat sektorini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida YaIM ishlab chiqarishda davlat sektorining xissasi yil sayin kamayib bormokda. Bu xolat o‘z-o‘zidan bozor munosabatlarining rivojlanib, takomillashib borayotganidan darak beradi.
Aralash korxonalar-turli mulk shakllariga ta'luqli firmalar bo‘lib, xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mabla-lari asosida tashkil etiladi. Ular sirasiga qo‘shma korxonalarni xam kiritish mumkin. Qo‘shma korxonalar xorijiy va milliy kapitalning aralashuvida vujudga keladi.

Download 73,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish