Microsoft Word analitik kimyo ruziyev


Miqdoriy aniqlash natijalarini matematik qayta



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana23.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#696074
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
analitik kimyo ruziyev

Miqdoriy aniqlash natijalarini matematik qayta
ishlashning nazariy asoslari 
Turli texnologik va tabiiy ob’ektlarning kimyoviy tarkibini miqdoriy 
aniqlash natijalari ushbu holat uchun yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato bilan 
bajarilgan bo’lsagina ma’noga ega bo’ladi. Shuning uchun kimyogar tahlilchi 
nafaqat tahlil uchun zarur bo’lgan barcha jarayonlarni to’g’ri bajarishi, balki 
tahlilda yo’l qo’yilgan xatolarni ham aniqlashi va olingan natijalarni baholay 
olishi hamda ulardan xulosalar chiqara bilishlari ham zarur. Bu maqsadga 
erishish uchun esa tahlil natijalarini matematik- qayta ishlash foydalidir. 
Tahlil natijalarining asosiy metrologik tavsifl 
Aniq ob’ekt tahlili uchun miqdoriy aniqlash usul yoki uslublarini tanlashda 
hamda aniqlash natijalarini baholashda metrologik tavsiflash hal qiluvchi 
ahamiyadga ega. Metrologiya- o'lchashlar, aniqlashlar, uni taminlash usullari va 
vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo'llari haqidagi fan. 
Metrologik kattaliklarga asosan aniqlanadigan miqdor oraligi, to’g’rilik va 
aniqlik kiradi. 


15 
Aniqlanadigan miqdor oralig’i qo’llanilayotgan usulda ko’zda tutilgan 
aniqlanadigan miqdoriy (massalar, massa ulushlari, molyar konsentratsiya va 
h.k.z.lar) qiymatlar to’plamidir. 
To’g’rilik va aniqlik -ko’pchilik tahliliy aniqlashlar bilan birga uchraydigan 
xatolar bilan bog’langan xatolar-tarozida o’lchash jarayonida, hajmini 
o’lchashda, moddani byuksdan kolbaga o’tkazishda, o’chov vositalari bilan 
aniqlashlar o’tkazilayotgan paytda ro’y berishi mumkin. Shuning uchun 
o’lshash asosida aniqlangan tahlil natijalari xatodan holi bo’lmaydi. Tahliliy 
aniqlash xatolarini aniqlash va hisobga olish juda murakkab, chunki xatolar 
manbalari ko’p sonli bo’lib, ularning tavsifi turlichadir. 
Tahliliy aniqlashlarda uchraydigan xatolarni paydo bo’lish sabablariga 
ko’ra doimiy (sistematik), tasodifiy va qo’pol xatolarga bo’lish mumkin. 
Doimiy xatolik faqat bitta kattalikni bir necha marta o’lchaganda 
o’zgarmas bo’lib qoladigan yoki biror qonun bo’yicha o’zgaradigan o’lchash 
xatoligidir., U aniq qiymat va ishoraga e’ga bo’ladi, ularni tuzatmalar kiritish 
уо’li bilan yo'qotish mumkin. Bu xatoga sabab, miqdoriy reaksiyaning to'liq 
amalga oshmasligi, cho'kmaning qisman erishi yoki uning qizdirilishi natijasida 
sodir bo'ladigan o'zgarishlar va hokazolar. Bundan tashqari reaktivlarning 
iflosligi va tahlilda ishlatiladigan asbob-uskunalarning nosozligidan kelib 
chiqadigan xatolar ham kiradi. 
Tasodifiy xatolik esa faqat bitta kattalikni takroriy o'lchash natijasida 
tasodifiy o'zgaruvchi o'lchash xatoligidir. Ushbu xatoning borligini faqat bitta 
kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qayta o'lchangandagina sezish va 
hisoblash mumkin. Bunday xatoning sabablarini oldindan bilib bo’lmaydi. 
Ularning vujudga kelishiga ishlatilayotgan isitish asboblarining (qurutish shkafi, 
mufel pechi haroratining keskin o'zgarishi, tekshirilayotgan yot qo'shimchalarini 
tasodifan tushishi kabilar sabab bo'ladi, Tasodifiy xatolarning oldini olish yoki 
tahlil natijasiga ko'rsatuvchi ta'sirini kamaytirish uchun qayta tahlillar o'tkaziladi 
va o'rtacha arifmetik qiymat tahlil natijasi sifatida hisoblanadi va natijalar 
matematik statistik qayta ishlanadi. 
O’lchashning qo'pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda 
kutilgan natijadan tubdan farq. qiladigan o'lchash xatoligi tushuniladi, va Q- 
mezon qiymati asosida baholanadi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish