Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик


 Monolit temirbeton konstruktsiyalar



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

8.4. Monolit temirbeton konstruktsiyalar 
Rivojlangan  mamlakatlar  qurilish  majmuasida  bino  va  inshootlarni  monolit  temirbeton 
asosida  barpo  etish  dolzarb  masaladir.  Monolit  qurilish  tizimi  temirbeton  buyum  va 
konstruktsiyalarni  avvaldan  tayyorlangan  istalgan  shakldagi  unifikatsiyalashtirilgan  yig’ma 
qoliplarga quyish bilan xarakterli. 
Monolit usulda bino va inshootlar qurilganda qurilish vaqti qisqaradi, montaj ishlari keskin 
kamayadi,  imoratning  mustah’kamligi  oshadi,  qurilish  maydonidagi  omborxonaga  zarurat 
bo’lmaydi. 
Hozirgi  kunda  og’ir  metall  qoliplar  o’rniga  engil  pishiq  metall  va  shishaplastiklardan 
yig’iladigan  universal  qoliplarning  ishlatilishi  monolit  qurilish  tizimini  yanada  rivojlanishiga 
sabab bo’lmoqda. 
Monolit temirbeton konstruktsiyalar asosan og’ir va g’ovak to’ldirgichlardan tayyorlanadi. 
Turarjoy  binolari  devorlari  yacheykali  betonlar  asosida  qurilishi  mumkin.  Maxsus  inshootlar 
monolit  qurilishida  o’ta  og’ir,  issiqlikka  bardoshli,  agressiv  muxitlarga  chidamli  va  boshqa 
turdagi betonlar ishlatiladi. 
Monolit  temirbeton  uchun  armatura  zavodda  yoki  bevosita  qurilish  maydoni  yaqinidagi 
armatura tseh’ida yirik karkas bloklari va to’rlari ko’rinishida tayyorlanadi. 
Beton qorishmasi temirbeton zavodida yoki qurilish maydonidagi  beton qorish  markazida 
tayyorlanadi. 


Zavodda  tayyorlangan  beton  qorishmasi  avtobetonovozlar,  masofa  qisqa  bo’lganda 
avtosamosvallarda  tashilishi  mumkin.  Beton  qorishmasi  tashilayotganda  qatlamlanmasligi, 
atmosfera  muxiti  omillari  tasirida  tarkibi  o’zgarmasligi  shart.  Ayniqsa,  O’zbekistonning  quruq 
issiq iqlimida beton qorishmasini tashishda suvsizlanishi oldini olish dolzarb masaladir. 
Hozirgi  vaqtda  qurilish  tizimida  beton  qorishmasini  quruq  h’olda  tashilib  va  bevosita 
obektning o’zida suv bilan aralashtirilib ishlatish juda yaxshi natijalar bermoqda. 
Qurilish maydonida beton qorishmasini uzatish kran, transporter, betonnasos yoki siqilgan 
h’avo vositasida ishlaydigan quvurlar orqali amalga oshiriladi. 
Siqilgan h’avo vositasida ishlaydigan quvursimon transport yordamida beton qorishmasini 
150 m gacha masofaga uzatish mumkin. 
Monolit  temirbeton  konstruktsiyalar  uzluksiz  yoki  davriy  usulda  aloh’ida  bloklar  yoki 
bo’lmalar  ko’rinishida  quyiladi.  Uzluksiz  usul  bino  va  inshootda  choklar  bo’lmasligi  va  beton 
tarkibiga maxsus talablar qo’yilganda ishlatiladi. 
Uzluksiz  usulda  armaturasi  avvaldan  taranglangan  temirbeton  konstruktsiyalar,  dinamik 
kuchlanishlar tasirida ishlaydigan poydevorlar va boshqalar tayyorlanadi. 
Massiv  inshootlar  (to’g’onlar,  gradirnyalar,  poydevorlar)  ishchi  choklar  bilan  bloklarga 
ajratiladi,  chunki  h’arorat  va  kirishish  tasiridan  h’osil  bo’ladigan  deformatsiyalanish  qurilish 
yaxlitligiga ziyon etkazishi mumkin. 
Beton  qorishmasi  qatlam-qatlam  h’olda  quyiladi  va  ichki  titratkichlar  yordamida 
zichlashtiriladi.  Beton  qorishmasi  qolipga  quyilgach,  toki  beton  loyixadagi  mustah’kamlikka 
erishguncha parvarishlanadi. Bunda tsement gidratatsiyasi taminlanishi uchun h’arorat va nisbiy 
namlikni zarur ko’rsatkichlarda ushlab turish zarur. 
Monolit  betonlash  ishlari  yozda  amalga  oshirilganda  yangi  quyilgan  beton  yuzasi 
qurishidan  va  yog’in-sochindan  saqlanishi  kerak.  Buning  uchun  namni  saqlaydigan  yog’och 
qipig’i, qum, shlak kukuni sepish yoki polimer plenkalar, kanop to’qimalar bilan yopish tavsiya 
etiladi. Qoliplar echilgan betonning vertikal qismiga suv sepilishi ruxsat etiladi. 
O’zbekistonning  quruq  issiq  iqlim  sharoitida  monolit  beton  quyish  aloh’ida  tadbirlarni 
amalga  oshirishni  taqozo  qiladi.  Bunda  beton  qorishmasini  tashish,  qoliplash,  ayniqsa 
parvarishlash  ishlariga  aloh’ida  ah’amiyat  berish  zarur.  Avtomobil  yo’llari,  aerodrom 
qoplamalari  va  shu  kabi  yuzasi  katta  temirbeton  monolit  konstruktsiyalarni  qurishda  betonni 
parvarishlash uchun to’shalma materiallar (polietilen, polipropilen plenkasi va sh.k.) yoki plenka 
h’osil qiluvchi polimerlar (etinol laki, gelpolimerlar) ishlatiladi. 
Monolit  betonlash  qishki  davrda  bajarilganda  beton  qorishmasini  va  qotayotgan  betonni 
muzlashdan  saqlash  asosiy  masaladir.  Monolit  betonni  muzlashdan  asrashning  turli  usullari 
mavjud.  Betonni  issiqlik  izolyatsiyasi  materiallari  bilan  vaqtinchalik  o’rab  qo’yish,  beton 


qorishmasi  tarkibiga  suvning  muzlash  h’aroratini  pasaytiruvchi  qo’shimchalar  (natriy  xlorid, 
kaltsiy  xlorid  va  sh.k.)  kiritish,  “termos”  usuli  shular  jumlasidandir.  İssiqlik  izolyatsiyasi 
materiallari sifatida  yarim  bikr  mineral plita, shishapaxta  matlari (to’shamalar), gidroizolyatsiya 
qoplamali arbolit, kselolit plitalari, g’ovak to’ldirgichlar va sh.k. ishlatiladi.  

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish