Microsoft Word Динишщева Зумрад



Download 2,56 Mb.
bet15/39
Sana21.01.2022
Hajmi2,56 Mb.
#394071
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Yer osti boyliklarini qazib olishda isrof bo'lish sabablari. Mineral xom-ashyoning ko'p ishlatishi, asosan, Yer sharida aholi sonining o'sishi va hozirgi kishilarning hilma- xil ehtiyojlarining ortib borishi bilan bog'liqdir. Revolyusiyadan oldingi Rossiyada asosiy foydali qazilmalarning qazib chiqarilishi 1975 yildagi raqamlar bilan solishtirsak, quyidagilarni ko'ramiz: shu davrda neft qazib chiqarish 40 marta, tabiiy gaz chiqarish 100 marta, ko'mir 20 marta, temir ro'dasi 24 marta o'sdi va hokazo. So'ngi asrda erda 100 mlrd. toshko'mir yoqilg'i va havoga 3 mlrd. tonna kul chiqarildi. Hozirda yiliga 1,5 mlrd. tonnaga yaqin katta yoqilg'i yoqilayotir.

Hozirgi vaqtda yiliga 100 mlrd. tonnaga yaqin ro'da va mineral xom-ashyolar qazib olinmoqda, 300 mln. tonnadan ortiq mineral o'g'it ishlab chiqarilmoqda. Xolbuki, texnologiyaning o'ta takomillashmaganligidan hozir olingan metanlarning deyarli yarmi va kimyoviy xom-ashyoning uchdan bir qismi nobud bo'layotir.

BMT ning (1972) statistik ma'lumotiga qaraganda dunyoda yiliga 3231100 ming tonna ko'mir, 2646290 ming tonna neft, 600200 ming tonna temir ro'dasi, 75180 ming tonna boksit, 3660 ming tonna xrom ro'dasi, 7300 ming tonna mis, 3350 ming tonna qo'rg'oshin ro'dasi, 5430 ming tonna ruh rudasi, 159200 ming tonna tuz, 118500 ming tonna fosfaritlar, 1181 ming tonna uran, vismut, simob, molebdin, nikel, kumush, kaliy, volfram, vanadiy va boshqalar qazib olingan. Bu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, foydali qazilmalardan foydalanish juda ham tezlashib shu darajaga etdiki ko'pgina mamlakatlarda ba'zi bir qazilma boyliklarning zapaslari tugash arafasida turibdi.

Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra agar dunyoda foydali qazilmalardan hozirgi sur'atda foydalanilsa, u taqdirda oltin 33 yilda, vismut 34 yilda, volfram 35 yilda, ruh 36 yilda, surma 33 yilda, qalay 40 yilda, asbest 42 yilda, uran 47 yilda, mis 66 yilda, simob 71 yilda, ko'mir, neft, gaz 150 yilda boshqa ko'pgina mineral resurslar 100­200 yilda tugab qolishi mumkin. Shu sababli, Dune sanoatining mineral xom-ashyoga bo'lgan talabini qondirish uchun geologik qidiruv ishlarini kengaytirib, Yangi konlarni topish hisobiga ular zapaslarini bir necha marta ko'paytirish kerak.

Ammo hozirning o'zida rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda Yaponiyada, Angliyada, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiyada va boshqa davlatlarda qazilma boyliklarini etishmasligi sezilib qoldi.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, aholining o'sishiga nisbatan mineral xom-ashyodan foydalanish sur'ati tezlashib ketmoqda. Bu esa ba'zi bir foydali qazilmalarni tugab qolish xavfini vujudga keltirmoqda.

Foydali qazilmalar metal foydali qazilma va nometal foydali qazilmalarga bo'linadi. Metal foydali qazilmalarga sof metallar qora rangli metal ro'dalari (temir va marganes rudalari, xlomit, boksit, miss, qo'rg'oshin, rux, nikel, volfram, molibden, kaliy, surma rudalari) nodir metallar rudalari kiradi.

Nometal foydali qazilmalarga tog'-kon kimyoviy (fosforit, apatit, har xil tuzlar, oltingugurt, barit, gips, brom va yod birikmalari va boshqalar) xom-ashyolari, qurilish materiallari, xom ashyosi, qimmatbaho va texnik toshlar (marmar, yashma, tog' xrustali, garanit, korund, olmos va boshqalar) yonuvchi metallar (neft, tabiiy gaz, ko'mir) hamda gedrotermal suvlar kiradi.

Mineral resurslardan oqilona foydalanishda ularni qazib olish jarayonida iloji boricha isrofgarchilikni kamaytirishga erishi muhim ahamiyatga ega. Chunki hozirda mineral resurslarniqazib olishda ko'p miqdorda zarur xom Ashe isrof bo'lmoqda. Isrofgarchilik ayniqsa neft, ko'mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog'-kimyo xomashyolarini qazib olishda ko'plab ro'y bermoqda. Neft qazib olish texnologiyasining ba'zi davlatlarda pastligi tufayli isrofgarchilik ko'p bo'lib, uning ancha qismi er ostida qolib ketmoqda.

Isrofgarchilik ayniqsa, eski neft konlarida, xususan AQSh ning ba'zi konlarida 75% ga etmoqda. Dunyoda hozir juda ko'p neft konlarida neftning 56% er osti qatlamlarida qolib, faqat 44% tortib olinmoqda. Buning ustiga neftni qazib olish va tashish jarayonida ham uning bir qismi nes-nobud bo'lmoqda.

Ko'mir qazib chiqarishda ham nobudgarchilik juda katta. Aslida ko'mir qazishda "planlashtirilgan" nobudgarchilik 40% dan oshmasligi kerak. Lekin ba'zi korxonalarda bu plan buzilmoqda. Buni Oxangaron ko'mir koni misolida yaxshi ko'rish mumkin. Bu ko'mir konida qalinligi 1,5 metrdan ortiq bo'lgan ko'mir qatlamlari olinib, undan yupqa ko'mir qatlamlari keraksiz jinslar bilan birga chiqarib tashlanmoqda. Natijada har yili bir necha 100 ming tonna ko'mir nobud bo'lmoqda.

Qazilma boyliklarini qam isrof bo'lishini yana bir yo'li qazib olingan yoki qayta ishlangan xom ashyolarni tashishda isrofgarchilikka kam yo'l qo'yishga erishishdir. Ma'lumki, qazib olingan yoki qayta ishlangan xom-ashyolarni ortishda, tushirishda, temir yo'l vagonlari va avtomobillarda tashishda ularning ma'lum qismi nes-nobud bo'ladi. Ko'mirni, sementni, alibasterni, oxakni ochiq vagonlarda tashishda ularning bir qismini shamol uchirib, temir yo'lni ifloslab nes-nobud qilardi. Nobudgarchilikka yo'l qo'ymaslik uchun keyingi vaqtlarda aniq vagonlarda tashishga o'tildi.

Yer osti boyliklarini muhofaza qilish chora-tadbirlari. Foydali qazilmalarni muhofaza qilishda, ulardan oqilona foydalanishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Foydali qazilmalarni qidirib topish, qazib olish, tashish va tabiiy territorial komplekslarga ta'sirini kamaytirish.

  • Mineral xom-ashyolarni qazib olish va qayta ishlashda texnologikjarayonlarni mukammallashtirib, isrofgarchilikni kamaytirish.

  • Konlardagi barcha foydali komponentlardan to'liq va kompleks foydalanish.

  • Mineral resurslardan tejab qayta foydalanish.

  • Yoqilg'i energetika resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishga erishish.

  • Kamyob mineral xom-ashyolar o'rnini sun'iylari bilan almashtirishga erishish va boshqalar.

Mineral resurslarni

muhofaza qilish

tadbirlarini, eng avvalo tog' kon sanoatining tabiiy territoriya komplekslarga ko'rsatadigan salbiy

ta'sirining oldini olish ishlari bilan birga amalga oshirish kerak. Chunki hozir er sharining litosferasidan har yili 150 mlrd. tonna ro'da qazib olinadi, undan kerakli element ajratib olingach, kolgan juda katta qismi,

98% keraksiz jins sifatida tabiatda chiqarib

tashlanmoqda. Shu sababli,



asosiy masala o'sha keraksiz jins sifatida atrofga chiqarib tashlanayotgan materiallardan iloji boricha ko'proq foydali elementlari ajratib olishga erishishdir. Shundagina keraksiz jinslar kamayadi va ular tarkibidagi bekorga

qolayotgan foydali

elementlardan to'liq

foydalanishga erishiladi.





Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish