Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana24.11.2022
Hajmi1,28 Mb.
#872192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
74dde894cdac27379235515a0a61cadd Ecologiya-Maruza-matni 2007 Охирги Latin

Foydalangan adabiyotlar:
1.
I.Karimov. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari». T. «O’zbekiston». 1997. 110 – 134 b. 
2.
A.A.Rafiqov. Geoekologik muammolar. T. «O’kituvchi», 1997. 12 – 15 b. 
3.
X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari vatabiatni muxofaza kilish. T. Universitet. 1997. 7 - 86. 
 
 
 
 
 
 


15
 
MA’RUZA – 3
Mavzu: Ekologiyaning tadqiqot usullari 
Reja: 
1. Ekologiyaning tadqiqot usullari: dalada kuzatish, laboratoriya va dala tajribalari,
o’simlik assotsiatsiyasi va hayvonlarni ekologik o’rganish. 
2. Matematik modellashtirish. 
 
Mavzuga oid tushuncha va iboralar:
Kuzatish, tajriba, modellashtirish, assotsiatsiya, formatsiya, 
tip, organizmlar soni, turlarning uchrashi, biomassa, hosildorlik indeksi, dominantlik, qoplam, zichlik. 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: 
Ekologlar dalada kuzatish, laboratoriya va dala 
tajribalari kabi usullardan foydalanishlari haqida fikr yuritish. O’simliklar assotsiatsiyalarini, hayvonlarni 
ekologik o’rganish kabi masalalarni yoritib berish.
Ekologiya o’ziga xoslikga ega bo’lib, uning izlanish obekti bo’lib, alohida olingan tur emas, balki turlar 
guruhi, populyatsiyalar va ularning jamoalari yoki biologik makrotizimlar xizmat qiladi. 
Ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ko’pincha daladagi kuzatishlar, dalada va laboratoriyada 
tajribalar va ekotizimlarni modellashtirish usullaridan foydalaniladi. 
Demak, ekologlar kuzatish va tajribaga asoslangan holda ish olib borishadi. 
Metod yoki uslub so’zi yunoncha - «biror narsaga yo’l» degan manoni anglatadi. O’rganilayotgan obektni 
to’g’ri tasavvur etish, faqatgina unga to’g’ri yondoshganda, to’g’ri uslub tanlagandagina bo’lishi mumkin. 
Umuman, uslubni - qorong’uda yo’lni yoritib turuvchi chiroqga o’xshatishadi. 
Ekolog uchun birinchi navbatda daladagi kuzatishlar muhim rol o’ynaydi, yani turlarning populyatsiyasi 
va ularning jamoasini tabiiy holatda - tabiatda o’rganish. Bunda odatda fiziologiya, biokimyo, anatomiya, 
sistematika kabilarning usullaridan keng foydalaniladi. 
Daladagi kuzatishlar bizga organizm yoki populyatsiyalarga aniq bir omillar majmuasining tasir 
natijalarini aniqlashga imkon yaratadi, aniq bir sharoitda turlarning rivojlanishi va hayot faoliyati haqida 
umumiy tushuncha beradi. Kuzatishlar, muhitning qaysi bir omili turlarning, populyatsiya va jamoaparning 
hayoti faoliyati xarakterini aniqlaydi? - degan savolga to’liq, javob bera olmaydi. Bu savolga faqatgina 
tabiatdagi bo’ladigan munosabatlarning sababini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lgan - tajriba javob berishi 
mumkin. Laboratoriya sharoitidagi tajribalarda olingan natijalar albatta tabiatda tekshirilib ko’rilishi kerak. Bu 
esa populyatsiya va jamoaning tabiiy ekologik munosabatlarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. 
Tajriba - tadqiqotchi tamonidan yaratilgan sharoitda borayotgan malum tabiiy jarayonni kuzatishdir. 
Tajribada malum obektga (individ, populyatsiya, biogeotsenoz) tasir etayotgan omil kuchining ortishi yoki 
kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarning o’zgarishiga qarab xulosa 
qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba xech vaqt taqqoslashsiz olib 
borilmaydi. 
Ilmiy-tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi. Dala sharoitida olib boriladigan 
tajribalarga misol qilib turli qishloq xo’japigi o’simliklarini sug’orish, o’g’itlash tasiri, tuproqqa har xil 
usullarda ishlov berish bilan hosildorlikning o’zgarishi, shuningdek har xil ekologik omillarnyng 
hayvonlar maxsuldorligiga tasiri kabilarni ko’rsatish mumkin. 
Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida laboratoriya eksperimenti keng yoyilmagan, chunki laboratoriya 
sharoiti tabiiy sharoitga to’liq to’g’ri kelmaydi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlarning bazi 
tomonlarini laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin. Laboratoriya sharoitida olib boriladigan ilmiy 
tadqiqot ishlariga misol qilib G.F.Gauzening infuzoriyalarda olib borgan tajribalarini ko’rsatish mumkin. 
G.F.Gauze infuzoriyalarda olib borgan tajriba natijalari asosida turlar o’rtasidagi raqobatni yo’qotish 
tamoyillarini ishlab chiqdi. 
Biologik kuzatishlarni to’g’ri olib borish, dala va laboratoriya tajribalari qanday qo’yilishi, tajriba 
va nazorat variantlari, tajriba natijalarining aniqligi va boshqalar to’g’risida to’liq tasavvurga ega 
bo’lishdagina, yani bunday metodologik tushunchaga to’liq ega bo’lgandagina o’z ishingizning muvaffaqiyatli 
chiqishini amalga oshirasiz. 
Hozirgi zamon sharoitida ekologik izlanishlar qator nazariy va amaliy masalalarni hal etishda muhim 
rol o’ynaydi. Organizmlar sonining dinamikasi, mavsumiy rivojlanish, foydali va zararli turlarning 
tarqalishi va iqlimlashtirishni, ko’payish va tarqalishni oldindan aniqlash, bularning hammasi xozirgi 


16
davrimizning ekologik muammolari hisoblanadi. Bularni ishlab chiqish uchun albatta dala, laboratoriya va 
eksperimental kuzatishlar bir-birlarini o’zaro to’ldirib va bir - birlarini nazorat qilishlari kerak. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish