Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/144
Sana05.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#319931
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
104
mayl ko'rsatmadi. Undagi ajoyib hikoyatlarga o'rganib qoldim, qush tilidan aytilgan 
kinoya va majoziy fikrlar menga oshno bo'lib qoldi. U yerdagi biron fikrga zehnim 
qiziqib, uning nima maqsadda aytilganini bilishga harakat etar edim. Bundan oladigan 
zavq meni ko'p xushhol etib, bu so'zlarning sharhlari meni lol etar edi. Shu ahvolda ko'p 
vaqt u bilan mashg'ul bo'lib, bu kitobga e'tiqodim tobora ortar edi. 
Shundan so'ng men kishilar bilan ulfat bo'lishdan qochdim. Bu kitob xilvatdagj eng 
qadrdon sirdoshim bo'lib qoldi. Natijada kishilarning yashash tarzlari va harakatlari 
ta'bimga malol kela boshladi. Oqibat bu kitobga*o'lgan ishqim meni shu xil shaydolik 
sari yetakladi. By savdo meni devona bir holga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu 
olamning bema'ni elidan qochay, dedim. 
Bolalar mendagi bu holatni anglagach, g'avg'o-to'polon ko'targancha uni ota-onamga 
yetkazishdi. Ota-onam mening bu holatimdan vahimaga tushdilar. Ular: "Bu otashin 
so'zni uning yosh, xom tab'i ko'tara olmaydi. Bu asar unga og'irlik qilib, u jinni bo'lib 
qolishi mumkin. Keyin uni tuzatib bo'lmaydi", degan xayolga bordilar. Ular bu kitobni 
qo'limdan tortib olib, uni bir joyga yashirdilar va ko'nglimni u bilan mashg'ul bo'lishdan 
mahrum etdilar. Menga uni o'qishni qat'iy man' qilishib, "Mantiq ut-tayr" ustida fikrlashni 
taqiqlab qo'ydilar. Ota-onam, shoyad tez fursatda o'g'limiz bu ahvoldan qutulib, o'ziga 
kelib qolar, degan umidda edilar. 
Lekin bu asar menga yod bo'lib qolgan edi. Uni doimo yashirincha takrorlab yurar 
edim. Ko'nglim qush tili bilan sirdosh bo'lib, undan boshqa so'zga maylim oz edi. 
Men turk she'riyatida bayroq ko'tarib, bu mamlakatni bir qalam ostida birlashtirdim. 
To'rt devon bilan "Panj ganj" hech bir qiyinchiliksiz, g'am va mashaqqat chekmagan 
holda qo'lga kirdi. Agar taxmin etuvchi kotib nazm va nasrimdagi she'riyatimni chamalab 
ko'rsa, uni yuz ming bayt atrofida qiyos etar edi. 
She'riyat sohasida shunchalik muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgan bo'lsam-da, lekin bir 
xayol sira yodimdan ko'tarilmas edi. Ya'ni Haq madad bersa-yu, men tarjima yo'li bilan 
asar yozsam. Biroq bu asarni yozish juda qiyin bo'lib, bu ishni bajarishdan ojiz edim. 
Qalamni ravon yurgizishga qo'lim bormas edi. Oqibat ko'rdimki, umrim tez o'tib 
ketmoqda. Men o'lib, bu kitob yozilmay qoladiganga o'xshaydi. Bundan men u dunyoga 
armbn bilan ketib, bu armon o'ti qalbimda umidsizlik dog'ini qoldiradimi, deb o'yladim. 
Shundan so'ng bu ishga kirishib, unga birmuncha vaqtimni sarf etdim. Oltmish 
yoshga qadam qo'yganimda qush tilini sharhlash uchun qalamim uchini yo'ndim. Bu 
ishda Shayx ruhidan madad so'radim, u menga yordam qo'lini cho'zdi. Kechalari bu ruh 
menga yor bo'lib, ta'bim bu ma'noga mashg'ul bo'lgan paytda doimo qo'llab turdi. 
Qalamimni tez yugurtirib, har yarim kechaga qadar qirq-ellik baytni yozmaguncha 
to'xtamas, ajib bir ilhom bilan betinim ishlar edim. Shayx ruhidan ko'p shijoat yetib, 
asarimni oz fursatda tugalladim. O'z-o'zimni qanchalik qiynamayin, bu asarni yozish 
men uchun og'ir bo'lib, undagi ma'no ko'zdan yashiringan edi. Ammo Shayx ruhidan 
mushkilim oson bo'lib, mendek bir nomurod o'z murodiga erishdi. 
Agar bir g'avvos ko'p mashaqqat chekib, o'zini bu dengizga oshno qilsa, uning qo'liga 
garchi durlar ilinmasa ham, bu dengiz mavjlarida suzib yurgan xas-xashaklarni yig'ib 
olsa, so'ngra ularni quritib, o'tin qilsa va bu o'tindan uning vayrona kulbasi bir zum 
tutunsiz yorisa, degan umidim bor. 
Men bu dengiz ichra pok durlarni topa olmay, xas-xashaklarni yig'ib oldim. Nima 
qilay, qo'limdan faqat shu ishgina keldi, xolos! Hijronda qolgan ta'bim shu bilan ham 
qanoatlanadi! Oliy martabali she'r bituvchi olam ahliga o'z dengizidagi kondan naqd 
gavharlar sochgan bo'lsa mening undan oshirishga haddim sig'armidi! Undan olgan 
ehsonlarni vasf qilsam ham menga kifoya qiladi. 
Umidim shuki, har kim bu kitobga ko'z solib o'qisa va undagi so'zlardan ko'ngliga 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish