Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/144
Sana05.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#319931
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
106
Mana endi "Lison ut-tayr"ni yaratib, unda har xil qushlar bilan birgalikda parvoz 
qildim. Bunda shunday navo tuzdimki, uni ham "Navoiy" taxallusi bilan tugatsam, 
maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki navo qilish qushlar tilining sayrashiga xosdir. Bu 
ularning dilkash afg'oni va hazin dostonlaridir. Yana, bu doston ham turkiy uslubda edi, 
shu sababli unda "Navoiy" taxallusi qo'llansa, o'rinli bo’lar edi. 
Bu asarda nima uchun "Foniy" taxallusi qo'llaganimni bilmoqchi bo'lganlar uchun 
sababini aytaman: mening bu asarni yozishdan ko'zlagan maqsadim asl manbaga qaytib 
borishni tasvirlashdan iborat edi. Bunda esa foniy bo'lmasdan turib, ish nihoyasiga 
yetmaydi, shu sababli ushbu asarim ham "Foniy" taxallusi bilan tugallandi. 
Ikkinchi sabab shuki, ma'nolar egasi bo'lgan Shayx qushlar tilidan doston aytib
qushlarni sayr ettirdi va ularga yetti vodiydan uchib o'tishni belgilab berdi. O'z asarida 
qushlarga ko'p azob-uqubat chektirtirib, ularni eng so'nggi — Fano vodiysiga qo'ndirdi. 
Men keltirgan bu ikki tanosib bir-biriga mos bo'lib, she'rimda bu taxallusni 
qo'llaganimning sababi ham shundandir. Agar bunda "Foniy" taxallusini qo'ygan bo'lsam, 
yuqoridagi tanosiblar asosida ish ko'rdim. Agar birov sabab istab, so'ragudek bo'lsa, 
sharh qilgan so'zlarim unga javob uchun yetarlidir. Bunday ishlarni niyat qilgan kishi 
uchun zamona dorilomon bo'lmog'i kerak. Zamon Dorosi adolati joriy bo'lmasa, zamon 
tinch bo'ladi, deb xayolingga ham keltirma. 
Kimki bunday ishlarni amalga oshirmoqni niyat qilsa, zamona tinchimas ekan, o'z 
maqsadiga erisha olmaydi. Sen zamon Dorosining adolati barqaror bo'lgandagina 
zamona tinch bo'lishi mumkin deb gumon qil. 
 
CXCII 
Islom podshosining duosi va kechirim so'rash adosi 
 
U shunday bir kishiki, uning borlig'idan zamonaga tinchlik yog'ilib turadi. Xalq doimo 
uning saxovat va ehsoniga shukr aytib kelgan. Bif'kishi sharq va g'arbning hukmdori 
shoh Abulg'ozjy Sulton Husayndir, uning ehsoni abadiy boisin! 
Men uning sifatlarini, xulqini va marhamatini, adolat va insofini qanday qilib maqtay 
olaman! Agar men kabi yuz ming she'r yozuvchi ming yil davomida qog'oz sahifalarini 
uning sifatlari bilan to'ldirsa, shunda ham uning vasfining mingdan biri aytilmagan, balki 
yuz mingdan biri aytilmagan, balki yuz mingdan biri yozilmagan bo'ladi. 
Uning madhiyasi va duosini shu bilan tamomlab, qolgan gaplarimni qush tili bilan 
davom etayin. U davron bog'idagi shunday bir qushki, uning hamrohi doimo saodat 
bo’lsin! U saltanatning yuksak osmonida sayr qilib yursin va baxt bog'ida o'ziga oshyon 
qursin! Bu baxt, izzat va davlat uning boshi uzra doimo hashamatli soyabon bo'lib 
tursin! Uning adolatli bo'stonida yuz tuman qush hech qachon zulm toshidan ozor 
chekmasin! Hukmi to abad davron aro barqaror boisin! Barcha insonlar va jonlar uning 
amriga bo'ysunsin! Davlatining dushmanlari unga tobe' bo'lishsin! U hammaning 
gunohidan o'tib, xalqqa himoyachi boisin! 
 
CXCIII 
Bu nazm tarixini aytish va tavba qilib, kechirim so'rash 
 
Men xilvat bir joyda qalamimni yo'nib, o'zimning bu dilkash yozuvlarimni naqsh 
qildim. Payg'ambarlar boshlig'i
 
Batho tarafdan Yasribga tomon yo'lga tushgandan so'ng 
to'qqiz yuz to'rt yil o'tganda ulusning ko'ngliga o't soluvchi ushbu asar maydonga keldi. 
Men bu dostonni xuddi shu yil boshlab, shu yil nihoyasiga yetkazdim. To'g'rirog'i, bir-
ikki oy bu ish bilan yaxshiroq shug'ullanib, yuqoridagi sharhni vujudga keltirdim. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish