Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Sa’duddin Hummuyiy q. S



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

474. Shayx Sa’duddin Hummuyiy q. S
 
 Oti Muhammad Mu’ayyad b. Abubakr b. Abulhasan b. Muhammad Hummuyiydur, andoqki yuqori 
o‘tti. Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindur q. s. [Yofi’iy tarixida keltiriladi; u hol va 
riyozat egasi, do‘st va muridlari, hikmatlari bor edi. Qosyun tog‘ etagida bir muddat yashadi, so‘ng 
Xurosonga qaytib, shu yerda vafot etdi]
1
. Zohiriy va botiniy ulumda yagona ermish, ko‘p musannafoti 
bor. «Mahbub»dek va «Sajanjal ul-arvoh» va bulardin o‘zga dag‘i. Va musannafotida marmuz so‘zlar, 
mushkil kalimotu arqom va ashkolu davoyir ko‘pdurki, aqlu fikr nazari aning kashfu hallidin ojizdur. 
Va hamonoki, to basirat ko‘zi kashf nuri bila munfatih bo‘lmag‘ay, alarning idroki muta’azzirdur. Ul 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
141
debdurki, [Alloh subhonahu menga bashorat qilib dedi: Mening zikrim va ta’rifim xususidagi 
so‘zlaringni kimki e’tiqod ila qabul qilsa va tinglasa, muhaqqaq u kishining xotiriga ilm va ma’rifat 
urug‘i qadalgaydir. Garchi o‘sha payt mavhum bo‘lib qolsa ham, keyinroq unga biror sabab yuzasidan 
nasiba yetadi]
2
. Shayx Sadruddin Kunyaviy aning suhbatig‘a yetar ekandur. Debdurki, ul dediki, 
mavosiq yettidur. [Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?]
3
 miysoqig‘a munhasir emas. Va 
muni o‘z piridinki Hazrat Shayx Muhyiddin q. s. bo‘lg‘ay, so‘rubdur. Shayx debdurki, ul kulliyotni 
debdur, juz’iyot mundin dog‘i ko‘prakdur. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot»da Shayx 
Mu’ayyaddin Jandiy debdurlarki «Fusus ul-hikam» sharhida bitibdurki, bir kun Shayx Sadruddin 
samo’ majlisida Shayx Sa’duddin bila hozir erdi. Shayx Sa’duddin samo’ asnosida yuzin bir suffa 
sariki, ul manzilda erdi, qilib, adab va tavoze’ bila muddate turdi va andin so‘ngra ko‘zin yumdn va 
dedi: [Bu Sadruddin qaerda?]
4
. Chuk Shayx Sadruddin ollig‘a keldi, ko‘zin aning yuziga ochdi va 
dediki, Hazrat Risolat s. a. v. bu suffada hozir erdilar, tiladim, ko‘ziki ul Hazratning jamoli 
mushohadasig‘a musharraf bo‘lubdur, avval sening yuzungga ochqaymen. Va bu ruboiy aningdurki,  
 
 sh ye ‘ r:
 
 
 [Ey qalbim sururi, ko‘zimning nuri, sen bilan qalbim saharda uyg‘ondi. Munojot qilib, dilu jon bilan 
aytdim: Ey oy yuzligim, vujudim sendadur, sen mening ko‘zimda]
5

 
Bu ruboiy ham aningdur.  
 R u b o i y:
 
 
 [Kufr istasang nigorim zulfini ko‘r, iymon tilasang, yorim orazini ko‘r! Yorim azizligiyu, mening 
muhtojligimni ko‘rmoqchi bo‘lsang, kufrga aralashmayu iymonga boqma!]
6

 
 Umri oltmish uchga yetti va olti yuz ellikda Azho iydida dunyodin o‘tti. Va qabri Bahroboddadur. 
 
 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish