Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/744
Sana20.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#829608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   744
Bog'liq
quron

www.ziyouz.com
кутубхонаси
2
3. Murakkabroq va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh berildi.
4. Amalda bo'lib kelgan kirill yozuv qoidalariga rioya qilindi. Ya'ni 1990 yillardan boshlab, asosan diniy 
adabiyotlarda buzila boshlagan imlolar tiklandi. Masalan: Iso, imon, rab, rasul, sahih, Arafot, salavot kabi 
arabchadan o'tib qolgan so'zlarni ba'zilar arab talaffuziga moslashtirmoqchi bo'lishib, keyingi paytda Iyso, 
iymon, Robb, Rosul, sahiyh, Arofat, solavat shaklida yozishga o'tgan edilar. Vaholanki, umumiy urfda chet 
so'zlar qaysi tilga ko'chib o'tsa, o'tgan so'z o'sha tilning tovush va imlo qoidalariga bo'ysunishi lozim. Qur'on 
oyatlari qiroatida yoki arabcha jumla tarkibida talaffuz etilgandagina tajvidga rioya etilishi kerak bo'ladi. Agar 
biz arabchadan o'tgan barcha so'zlarni tajvidga binoan yozadigan va talaffuz etadigan bo'lsak, kitobxonlarning 
o'qishi va anglashiga katta qiyinchiliklar tug'dirib qo'yamiz.
Eng muhimi, mushafning ushbu tarjimasida juda omonatdorlik bilan, ya'ni arabchada qanday bo'lsa, 
o'zbekchada ham o'sha mazmunni to'la saqlab qolishga harakat qilindi. Biror maqsadda bo'rttirish yoki 
o'zgartirish kabilardan xoli.
So'zimiz intihosida aziz kitobxonlardan bandai ojizning sahvlarinima'zur tutishlarini, tarjima to'g'risidagi o'z 
fikr mulohazalarini bildirgudek bo'lsalar, mamnuniyat bilan qabul etib, keyingi nashrlarda ularni inobarga 
olishimizni bildiramiz.
Abdulaziz Mansur. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. “Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta'vil” nomli tafsir. Mufassir: Abul-barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud 
an-Nasafiy al-Hanafiy (vafoti 701h. ). Stambul nashri. 1324 h.
2. “Bahrul-ulum” tafsiri. Mufassir: Abul-lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti 375 h. ). 
Bayrut nashri. 1993 y.
3. “Anvorut-tanzil va asrorut ta'vil” tafsiri. Mufassir: Qoziy Nosiruddin Abu Said Abdulloh ibn Umar al-
Bayzoviy ash-Shofeiy (vafoti 685 h. ). Stanbul nashri. 1324 h.
4. “Lubobut-ta'vil fi maonit-tanzil” tafsiri. Mufassir: Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim al-Bag'dodiy as-
Sufiy ash-Shofeiy (Xozin). Vafoti 735 h. Stanbul nashri. 1324 h.
5. “Jomeul-bayon an ta'vili oyil-Qur'on” nomli tafsir. Mufassir: Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy 
(vafoti 310 h. ). Bayrut nashri. 1988 y.
6. “Tafsirul-Qur'onil-azim”. Mufassir: Abul-fido al-Hofiz Ibn Kasir ad-Dimashqiy (vafoti 774 h. ). Bayrut 
nashri. 1988 y.
7. “Imlou mo manna bihir-Rahmon” tafsiri. Mufassir: Muhibbuddin Abul-baqo al-Ukbariy az-zarir al-hanbaliy 
(538-616h. ). Misr nashri. 1306 h.
8. “Azvoul-bayon fi izohil-Qur'on bil-Qur'on” tafsiri. Mufassir: Muhammad Amin ibn Muhammad Muxtor al-
Jakaniy ash-Shanqitiy (vafoti 1393 h. ). Qohira nashri. 1988 y.
9. “As'ila val-ajviba” kitobi. Muallif: Muhammad ibn Abi Bakr ibn Abdulqodir ar-Roziy, “Muxtorus-sihoh” 
muallifi.
10. “Sahihul-Buxoriy” – Kitobut-tafsir.
11. “Al-hidoya” kitobi. Muallif: Burhonuddin Abul Hasan Ali ibn Abi Bakr ibn Abdiljalil ar-Roshidoniy al-
Marg'inoniy (tavalludi 1123m. vafoti 1197mG'593 h. ) 
12. “Ta'vilotu Ahlis-Sunna” qo'l yozma kitobi. Muallif: Abu Mansur Moturidiy (vafoti 333 h. G' 944 m. ) 
13. “Mabohis fi ulumil-Qur'on”. Muallif: Mannoul Qatton. Bayrut nashri, 1980y.
14. “Kitobut-Tibyon fi odobi hamalatil-Qur'on”. Muallif: Muhyiddin Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy (vafoti 676 
h. ). Qohira nashri. 1307 h.
15. “Kanzul-ibod” sharhi. Matn muallifi: Shihobuddin as-Suhravardiy ash-shofiiy (tavalludi 587 hG' 1191m. ) 
Shorih: Ali ibn Ahmad al-G'uriy al-hanafiy.
16. “Maal-Qur'onil-karim”. Muallif: Shayx Jodul-haq Ali Jodul-haq (Shayxul Azhar). Qohira nashri. 1991 y.


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   744




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish