Microsoft Word qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/200
Sana03.07.2021
Hajmi0,98 Mb.
#107795
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200
Bog'liq
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

 
 
3.Qurilishga sarflangan materiallar to‘g‘risida hisobotni tuzish va unga 
ishlov berish tartibi 
 
Qurilishga  sarflangan  bevosita  material  harajatlar  to‘g‘risida  axborotlarni 
o‘zida  mujassamlashtiruvchi  asosiy  hujjat  bo‘lib  «Qurilishda  asosiy  materiallar 
sarfi to‘g‘risida hisobot» (M-29 shakl) hisoblanadi (5-ilova). Bu hisobotning shakli 
va uni tuzish tartibi sobiq  SSSR Markaziy statistika boshqarmasining 1982 yil 24 
noyabrdagi  613-son  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan.  Quyida  hozirgi  vaqtda  ham 
qurilish  tashkilotlarida  qo‘llanilayotgan  mazkur  hisobotning  mazmuniga  qisqacha 
to‘xtalamiz. 
M-29  shaklli  hisobot  ikkita  bo‘limdan  iborat.  Uning  birinchi  bo‘limi 
«Materiallarga bo‘lgan me’yoriy talab va bajarilgan ishlar hajmi», ikkinchi bo‘limi 
esa  «Asosiy    materiallar  haqiqiy  sarfini  ishlab  chiqarish  me’yorlari  bo‘yicha 
aniqlangan sarflar bilan taqqoslanishi»  deb ataladi.  
Hisobotning  1-bo‘limi  ikki  qismdan  (chap  va  o‘ng  qismdan)  iborat.  Uning 
chap  qismida  (1-  6-ustunlar)  bajariladigan  qurilish  ishlarining  turlari,  o‘lchov 
birligi,  hajmi,  bir  birlik  ishga  ketadigan  materiallarning  me’yoriy  sarfi, 
materiallarga  bo‘lgan  jami  me’yoriy  talab  va  yil  boshiga  haqiqatda  bajarilgan 
ishlarning  hajmi  ko‘rsatiladi.  Hisobotning  o‘ng  qismida  (7-10-  ustunlar)  hisobot 
oylari  bo‘yicha  haqiqatda  bajarilgan  ishlarning  hajmi  va  materiallarning  me’yor 
bo‘yicha sarfi   ko‘rsatiladi. Ushbu  hisobotning birinchi qismi, odatda,  yil boshiga 


qurilish  ishlari  boshlanishi  oldidan  to‘ldiriladi,  ikkinchi  qismi  esa  qurilish  ishlari 
bajarilayotgan davrda oyma-oy to‘ldirib boriladi. 
M-29  shaklli  hisobotning  1-bo‘limini  tuzish  va  to‘ldirib  borish  bevosita 
qurilish  tashkilotining  ishlab  chiqarish  bo‘limining  funksiyasi  hisoblanadi.  Bu 
bo‘limda  hisobotning  dublikati  qurilish  ishlari  boshlangandan  to  uni 
yakunlangungacha  saqlanadi.  Qurilish  ishlari  oldidan  tayyorlangan  hisobotning 
ikki  nusxasi  qurilish  ishlari  bo‘yicha  mas’ul  va  moddiy  javobgar  shaxslarga 
(prorab, master)larga beriladi. 
Hisobotning  2-bo‘limi  qurilish  maydonchalaridagi  moddiy  javobgar  shaxslar 
(prorab,  master)  tomonidan  to‘ldiriladi.  Bu  bo‘limda  qurilish  ishlarini  bajarishga 
haqiqatda  ketgan  materiallar  sarfi,  ushbu  sarflarni  belgilangan  me’yordagi 
sarflardan  chetlanishlari  (tejalganligi  yoki  ko‘p  sarflanganligi)  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar  oyma-oy  ko‘rsatiladi.  Materiallar  haqiqiy  sarflarining  me’yoriy 
sarflardan kam qismi hisobotda minus ishorasi bilan, ko‘p qismi esa plyus ishorasi 
bilan  yozilishi  kerak.  Me’yordan  chetlanishlar  bo‘lmaganda,  hisobotning  mos 
ravishdagi  satrlariga  tire  belgisi  qo‘yiladi.  Materiallar  sarfida  belgilangan 
me’yorlarga  nisbatan  yo‘l  qo‘yilgan  chetlanishlar  bo‘yicha  moddiy  javobgar 
shaxslar  (prorab,  master)  batafsil  tushuntirish  xati  yozishlari,  unda  chetlanishlarni 
qanday  sabablarga  ko‘ra  yuz  berganligini  asoslab  berishlari  lozim.  Ushbu 
tushuntirish xati  hisobotga ilova qilinadi. 
 Moddiy  javobgar  shaxslar  (prorab,  master)  tomonidan  tuzilgan  va 
imzolangan  M-29  shaklli  hisobot  barcha  guvohlik  beruvchi  boshlang‘ich  hujjatlar 
bilan  birga  dastlab  qurilish  tashkilotining  ishlab  chiqarish  bo‘limida,  so‘ngra 
buxgalteriyada  tekshirishdan  o‘tadi.  Ishlab  chiqarish  bo‘limining  mas’ul  xodimi 
(injener)  haqiqatda sarflangan  materiallar  miqdorini bo‘limda qolgan dublikatdagi 
me’yorlarga  mosligini,  shuningdek  me’yordan  chetlanishlarning  asosligini 
tekshiradi.  Buxgalteriyada  haqiqatda  sarflangan  materiallarning  miqdori  guvohlik 
beruvchi  boshlang‘ich  hujjatlarda  to‘g‘ri  ko‘rsatilganligi,  shuningdek  materiallar 
sarfining  M-19  hisobot  chiqimidagi  ma’lumotlarga  mos  kelishligi  tekshiriladi. 
Ko‘rsatilgan  ma’lumotlar  to‘liq  asosga  ega  bo‘lmagan  hollarda  mas’ul  injener  va 
buxgalter  tomonidan  hisobotga  tuzatishlar  kiritiladi.  Hisobot  bu  xodimlar 
tomonidan to‘liq tuzatilgandan so‘ng imzolanadi. 
Materiallar  belgilangan  me’yorlarga  nisbatan  kam  sarflangan  hollarda  
qurilish  ishlari  tannarxiga  haqiqatda  sarflangan  miqdorda  qo‘shilishi  lozim. 
Materiallarning  belgilangan  me’yorlardan  ortiq  sarflanishi  hollarida  qo‘shimcha 
sarflar qurilish  ishlari tannarxiga  faqat qurilish tashkiloti  rahbarining  ruxsati bilan 
kiritiladi.    Chunonchi,  rahbar  materiallar  sarfining  qurilish  tannarxiga  olib 
boriladigan  miqdorini  hisobotning  «Tannarxga  kiritilsin»  nomli  ustunchalarida 
(mos  ravishda  6,10-  va  boshqa  ustunchalarda)  belgilaydi  va  shundan  so‘ng 
hisobotni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. 
M-29  hisobotining  yuqorida keltirilgan qisqacha sharhidan ko‘rinib turibdiki, 
u  qurilish  tashkilotlari  boshqaruvida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunonchi,  bu 
hisobot  qurilish  tashkiloti  rahbariyati  va  ishlab  chiqarish  bo‘limi  tomonidan 
qurilishga  sarflanishi  kerak  bo‘lgan  aniq  materiallar  me’yoriy    miqdorining  
mavjudligi  ustidan  uzliksiz  nazoratni  olib  borilishiga,    haqiqatda  sarflangan 


materiallar  miqdorini  belgilangan  me’yordan  chetlanish  sabablari  va  aybdorlarini 
topishga    hamda  tegishli  qarorlarni  qabul  qilishga  imkon  beradi.  Buxgalteriyada 
M-29  shaklli  hisobot  sarflangan  materiallar  qiymatini  bajarilgan  qurilish 
ishlarining haqiqiy tannarxiga kiritishga hamda materiallar sarfi hisobini yuritishga 
asos bo‘ladi.  

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish