Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


«Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

«Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat 
kuniga iymon keltirganlargina obod qilurlar», 
deb aytgan. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
190-BOB 
Namozni intizorlik bilan kutishning fazilati to‘g‘risida
1060/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jamoat bilan 
o‘qish niyatida masjidda o‘tirgan kishi, agar uyiga ketishidan namozgina to‘xtatib turgan 
bo‘lsa, (masjidga kirganidan chiqquniga qadar) namoz ichida hisoblanadi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1061/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi 
namozxonada tahoratini sindirmay o‘tirar ekan, farishtalar uning haqqiga: «Allohim, 
mag‘firat et, Allohim unga rahm qil», deb duoda bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
203
1062/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kecha xufton namozini 
tunning yarmiga qadar kechiktirdilar. Keyin namoz o‘qib tugatgach, bizga yuzlandilar-
da: «Odamlar namoz o‘qib, uxlab ham bo‘lishdi. Sizlar esa (masjidga kirib) uni 
kutganingizdan beri uning ichida hisoblanasizlar (ya’ni o‘shaning hisobicha savobga ega 
bo‘lasizlar)», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
191-BOB 
Jamoat bilan namoz o‘qishning fazilati haqida 
1063/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jamoat bilan o‘qilgan 
namoz yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1064/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishining jamoat 
bilan o‘qigan namozi uyda va bozorda o‘qigan namozidan yigirma besh barobar afzaldir. 
Agar o‘sha kishi chiroyli tahorat qilib, faqat namoz o‘qishni niyat etib, masjidga chiqsa, 
Alloh uning darajasini baland qilib, xatolarini o‘chiradi. Kishi namozxonasida tahoratini 
sindirmasdan o‘tirar ekan, farishtalar uning haqqiga: «Allohim, mag‘firat et, Allohim, 
unga rahm qil», deb duoda bo‘lishadi. Ular (masjidga kirib), uni kutganidan beri 
namozda turgan hisoblanadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.Bu 
hadis lafzi Buxoriyniki. 
1065/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ko‘zi ojiz kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, menig yetaklab masjidga olib boruvchi kishim 
yo‘q», deb, u zotdan masjidga bormasdan uyda namoz o‘qishga ruxsat so‘radi. 
Rasululloh (s.a.v.) u ko‘zi ojiz kishiga ruxsat berdilar. U kishi endi orqa o‘girib 
ketayotgan edi, Rasululloh (s.a.v.) uni chaqirib: «Namozga aytiladigan azonni 
eshitasanmi?» dedilar.U kishi: «Ha», deb javob bergan edi, Rasululloh (s.a.v.) 
«Muazzinning azoniga javob qil, ya’ni jamoatga borgin», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
1066/4. Ibn Ummu Maktum kunyasi bilan taniqli muazzin Abdulloh ibn Qaysdan (r.a.) 
rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning Rasuli, Madina zararli hasharot va yirtqichlari ko‘p 
shahardir. (Menga jamoatga bormasdan, uyda namoz o‘qishimga ruxsat berasizmi?)» 
deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Hayya ‘alas solat, hayya ‘alal falah» kalimalarini 
eshitasanmi? Agar eshitadigan bo‘lsang, jamoatda hozir bo‘l», dedilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
1067/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim 
Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, men o‘tin terib kelishni buyurishga qasd qilsam. 
Bas, o‘tin terib kelinsa. Keyin namoz o‘qishga buyursam, u namozga azon aytilsa, keyin 
bir kishiga buyursam, u odamlarga namoz o‘qib bersayu men bunga xilof qilib, jamoatga 
kelmaganlarning uyiga o‘t qo‘yib yuborsam», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1068/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimni ertaga Alloh taologa 
musulmon holda yo‘liqish xursand qilsa, azon aytiladigan masjidda namozlarini ado 
etsin. Albatta, Alloh nabiylaringizni hidoyat yo‘liga yo‘naltirib qo‘ygan. Albatta, besh vaqt 
namozni masjidda jamoat bilan o‘qish hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar ham uyida 
namoz o‘quvchi kishilar kabi uyingizda o‘qisangiz, nabiylaringiz sunnatini tark qilgan 
bo‘lasizlar. Agar nabiylaringiz sunnatini tark qilsangizlar, zalolatga ketasizlar. Biz 
sahobalarni ko‘rar edik. Ma’lum bir nifoqi bor munofiq bo‘lmasa, jamoat namozidan 
qolmas edi. Ikki kishining orasida kelib bo‘lsa ham, safda turar edi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish