Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

“Yoriltosh” 
Shukur  Sa’dulla  chuqur  qalb  haroratini  bolajonlarning  dardu-quvonchlari  tasviriga 
qaratgan shoirlardan edi. U adabiyotga 30-yillari bolalar haqidagi she’ri bilan kirib kelgan. 
U Matbuot  va  nashriyotlarda  xizmat qiladi. “Maktab kutubxonasi” tarkibiga “Shirin  kun”, 
“O’zbek ertaklari” kitoblarini chop ettiradi.  
Sh.Sa’dulla bolalar tarbiyasida san’at vositasiga alohida e’tibor qaratar edi.  
O’zbekiston Davlat nashriyotida ishlar ekan, 1948 yili “Maktab teatri” degan majmua 
chop  ettiradi.  Undagi  bolalarni  “Pyesa    va  inssenirovkalar”,  “Ashula,  she’r  va  hikoyalar”, 
“Sahna o’yinlari” deb nomlanishining o’zi bolalarni sahna bilan muloqotga kirishdek ajoyib 
ezgu  niyatni  ifoda  etishi  mumkin.  Muqaddima  o’rnida  “Tuzuvchidan”  degan  qismda,  u 
“To’plamga kiritilgan topishmoq, jumboq, hazil-mutoyiba, latifalar va o’yinlardan tanaffus 
paytlarida,  tomosha  boshlanishi  oldida,  pioneer  yig’ilishlarida  va  konsert  programmalari 
ichida foydalanishni maslahat beramiz” deb uqtiradi. 
Ushbu  majmuada  Sh.Sa’dullaning  “Yoriltosh”,  “Ko’ngilli  kecha”  pyesalari  va 
“Qahramon” degan she’ri chop etilgan.  
Sh.Sa’dullaning Z.Fatxulin hamkorligidagi “Vatan ishqi” musiqali dramasi S.Boboyev 
musiqasi  bilan  Muqimiy  nomli  musiqali  va  viloyat  teatrlarida  uzoq  yillar  davomida 
tomoshabinlar olqishlari bilan qabul qilinib keldi.  
Sh.Sadulla  sahna  tilini  yaxshi  his  etgani  holda  ko’p  voqealarni  she’riy  tarzda  ifoda 
etgan.  Bu  she’riy  ifodalar  musiqa  (I.Akbarov  musiqasi)  va  qo’shiq  vositalari  orqali 
“Yoriltosh”  ertagi  yana  ham  shoirona  jozibadorlik  kasb  etadi.  Asar  Respublika  yosh 
tomoshabinlar  teatridagina  emas,  shu  qatori  O’zbekistonda  1930-40  yillarda  mavjud 
bo’lgan barcha  yosh tomoshabinlar  va  kattalar  teatrlari repertuarida  ham  mustahkam  o’rin 
tutib keldi.  
Quyida asardan prolog va birinchi sahnasi chop etildi. 
“Maktab teatri” majmua. Tuzuvchi Sh.Sa’dulla 


Uzdavnashr 1948 y. 
 
 
Prolog 
Sahna oldida ertakchi bolalarga ertak so’ylamoqda. 
ERTAKCHI 
Ertak aytsam, ado bo’lmas, 
Aytmasam-chi, ko’nglim to’lmas. 
Ha desalaring aytaman. (
Bolalar yoppasiga “ha, ha” deb 
qichqiradilar.

ERTAKCHI 
Ha, demasalaring aytaman. 
Bolalar “ha” der, keyin jim bo’lishar. 
ERTAKCHI 
Bor ekan-da, yo’q ekan, 
Och ekan-da, to’q ekan. 
Bo’ri bakovul ekan, 
Tulki yasovul ekan, 
G’oz karnaychi ekan, 
O’rdak surnaychi ekan. 
Qarg’a qaqimchi ekan, 
Chumchuq chaqimchi ekan. 
(
Pauza

Men aytsam, bo’lgan ekan 
Qadim zamonda  
Gulnor degan oyjamol 
Bir qiz jahonda, 
Bevaqt o’lmish oyisi. 
Qiz yosh chog’ida. 
Qoldi o’gay onanig 
Zulm quchog’ida… 
 
O’gay ona berahm, 
Azob chekar qiz, 
Har jafoga ko’nadi 
Sho’rlik Gulnora. 
Ertayu-kech tinim yo’q… 
Essiz, ey essiz, 
Qiynoqdan qutilmoqqa 
Torilmas chora. 
 
Gulnoraning eng suygan 
Bir singlisi bor, 
Uning oti Oymoma 
Hamisha do’st-yor. 


Opasini jonidan 
Yaxshi ko’radi. 
Uning bilan har qachon 
Birga bo’ladi. 
 
Kunlar o’tdi, oy o’tdi 
Yil o’tib ketdi, 
Gulnoraoy ulg’ayib 
Bo’yiga yetdi. 
Shunda uning boshiga 
Tushdi ayriliq 
Ona, aka dastidan 
Quchdi ayriliq. 
Pauza 
BOLALAR 
Nima? Nima? Ayriliq?! 
ERTAKCHI 
Ayriliq, jafo? 
Qo’qisdan boshladilar 
To’yu, kayf-safo! 
 
Kuyov — o’gay akasi, 
Bexabar Gulnor. 
To’yboshi o’gay ona 
Benomus, beor. 
 
Gulnora bildi, faqat 
Xuddi nikoh chog’, 
Qochdi uydan bosh olib 
Yolg’iz tog’ma-tog’. 
Ona, aka yugurar 
Orqama-orqa. 
Ota, singil yugurar 
Qorama-qora. 
 
Gulnora yetdi oxir 
Keng tog’ bag’riga, 
Kirmoq bo’ldi yashrinib 
Toshlar qa’riga. 
Mana, ko’ring, dunyoda 
Qanday ishlar bor? 
Tog’ bag’rida roz aytib 
Dard chekar Gulnor! 
Sahna qorong’ilashib, bular g’oyib bo’lishadi. 
Parda ochiladi. 


Birinchi ko’rinish 
Tog’-toshlar orasi. Gulnora ta’qibdan qochib kirdi. Uning sochlari to’zg’igan. 
 
GULNORA (
kuylaydi
). 
Zulm ila tushdi boshimga 
Ko’p jafo, ey do’stlarim, 
Ayriliqqa yo’lni soldim, 
Za’farondir yuzlarim. 
Bir o’zim cho’llarda yolg’iz, 
Kezaman tog’lar aro, 
Lat yegan bir qush kabi men, 
Chunki qalbimda yara. 
Tog’ aro toshlar bilan 
O’rtoqlasharman bir o’zim; 
Do’stlarim qolgan uzoqda, 
Mayliga, yosh-mas ko’zim. 
Yo’llarimda o’sdi gullar 
Menga o’rtoq tog’, adir, 
Qaytmagayman uyga ortiq, 
Kek, alam, o’t — dildadir. 
Gulnora tez tepalikka chiqib qaraydi. 
Quvib keluvchilarning shovqini eshitiladi. 
Gulnora tog’larga, toshlarga, tepalarga yalinadi. 
GULNORA (
kuylaydi
). 
Ey, tepalar, tepalar-a, 
Meni yashiring sizlar-a. 
Ey, yetim tog’lar, tog’lar-a, 
Rahm eting, g’am dilim dog’lar-a. 
Bir xarsangga borib bag’rini beradi va yolboradi. 
Yorilgin tosh, yorilgin tosh 
Men senga yo’ldosh, yo’ldosh… 
Gu’diros eshitiladi va shu ashulaning aks sadosi qaytadi. 
GULNORA (
toqqa so’zlaydi

Yalindim ey baland tog-, 
Xafa dilga chiroq yoq! 
Qorong’ilikda  chaqin  guldirab,  toshdan  o’t  chiqadi.  Tosh  yoriladi.  Gulnora  avval 
qo’rqib ortga tislanadi, keyin suyunadi. 
GULNORA 
Oh, qanday murivvat, 
Rahm va shafqat. 
Jafokash Gulnorga 
Bu kattakon baxt. 
 
Rahmat senga rahmdil, 
Mehribon, ey tog’. 


Yuraging u zolimlar 
Qalbidan yumshoq. 
 
Quridi suyunchimdan, 
Ko’zdagi yoshim, 
Sen mening panohimsan, 
Do’stim, yo’ldoshim. 
 
Ozod qushlar singari 
Quloch keraman, 
Tolpinaman qo’yningga 
Xurram kiraman. 
 
Quvib kelayotganlarning shovqini yaqindan eshitiladi. 
Axtarishib, tutgani 
Kelishayotir, 
Mehribon, oq ko’ngil tosh 
Tez meni yashir… 
Qulochini yuzib tosh ichiga otiladi. Tosh ichi yorug’, u yerdan kuylaydi. 
GULNORA(
kuylaydi
). 
Ey xarsang tosh, xarsang tosh-a, 
Sevinchimdan ko’zda yosh-a. 
 
Yopilgin tosh, yopil tosh-a, 
Men senga yo’ldosh, yo’ldosh-a. 
Tosh  guldirab,  chaqmoq  chaqib  yopiladi.  Gulnoraning  bir  tutam  sochi  chiqib  qoldi. 
Muzika. Ota hassaga tayanib, sahnaga kirib keladi. 
OTA (so’yladi) 
Hay osmon, yer, tabiat, 
G’uborsiz havo, 
Kuygan yuragimizga 
Topgin bir davo. 
 
Qizimizni yo’qotib 
Bizlar adashdik; 
Va ayrliq o’tida 
Yondik zo’r dashtdek. 
 
Aka, singil yig’laydi 
Gulnoraga zor, 
Ey xudoyim senga biz 
Ne qilg’umiz bor?! 
 
Ota  Gulnorani  izidan  iz  axtarib  kelar  edi.  Iz  tugab  qoldi.  U  toshga  yetib,  bir  tutam 
sochni ko’rdi. Otaga jon kirdi. 



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish