Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
XOTIMA 
Kitob  teatrimiz  tarixini  birma-bir  hikoya  qilib  berish  emas,  balki  dramaturgiya  va 
sahna ijodi jarayonlariga oid manbaalar bilan tanishtirish ekani xayulingizdan o’tgan bo’lsa 
ajabmas. 
Pyesalardan  olingan  parchalar,  ularni  sahnaga  qo’ygan  rejissorlar  aktyorlar  haqidagi 
ma’lumotlar,  san’atkor  esdaliklari,  mutaxassislar  sharhlari  barchasi  jam  bo’lib,  ulug’ 
san’atkorlarining  noyob  iste’dodi  bilan  yog’rilgan  XX  asr  o’zbek  teatri  manzarasini  ko’z 
oldimizga  keltirsa,  kitobdan  ko’zlangan  maqsad  ijobat  topibdi  dasa  bo’ladi.  Kitob  milliy 
istiqlol  davrida  yetishgan  yoki  ijodi  shu  davrda  avj  olgan  bir  necha  sanoqli 
dramaturglargagina  o’rin  berildi.  Holbuki,  poytaxt  va  viloyatlarida  ijod  qilayotgan 
dramaturg  va  va  boshqa  ijodkor  yoshlar  dramaturgiyaga  va  sahnaga  aynan  istiqlol  yillari 
kirib keldilar.  
Shuni  ta’kidlash  lozimki,  ijodkorlar  O’zbekistonni  mustaqil  davlat  deb  e’lon 
qilinganligini  xalqimiz  tarixida  misli  ko’rilmagan  buyuk  voqea  tarzida  kutib  olib,  butun 
kuch va iqtidorini mustaqillik g’oyalarini tarannum etishga qaratdilar. 
Adabiyotimizda,  xususan,  dramaturgiyamizning  buyuk  namoyondalari  A.Fitrat, 
M.Shayxzoda  kabi  adiblar  ijodida  chuqur  ildiz  ota  boshlagan  buyuk  Soxibqiron  obrazini 
yaratishdek  ezgu  maqsad  ham  Istiqlol  davrida  to’la  ro’yobga  chiqa  boshladi.  Shoir  va 
dramaturg To’ra Mirzoning Istiqlol e’lon qilingan kunlari yozilib, o’sha sholi 1991  yilning 
o’zidayoq Qashqadaryo teatrida qo’yilgan (rejissor B.Nazarov) “Amir Temur” dramasi shu 
mavzudagi  ilk  asarlardan  biri  bo’ldi.  Mazkur  asar  buyuk  Soxibqiron  Turon  xalqini 
bosqinchilardan  ozod  etgan  Islom  dininig  yalovbardori,  benazir  sarkarda  va  davlat  arbobi 
sifatida  sahnaviy  obrazini  yaratish  bilan  sezilarli  badiiy  voqeaga  aylandi.  Qatag’onlar 
tufayli  o’n  yillar  davomida  zabun  bo’lib  kelgan  Cho’lponnig  “Kecha  va  kunduz”  romani 
asosida  “Asorat”  dramasi  Reapublika  yosh  tomoshabinlar  teatrida  (rejissor 
M.Muhammedov), “Yorqinoy” (rejissor N.Otaboyev), A.Fitratning “Abulfayzxon” (rejissor 
M.Azizov) Milliy akademik  drama sahnasidan o’rin  oladi. Sahnamizda Ismoil al-Buxoriy, 
Ahmad  al-Farg’oniy,  Mirzo  Bobur  singari  buyuk  alloma  va  muhandislar  siymolari  paydo 
bo’ladi.  
1996  yili  buyuk  Soxibqiron  tavalludining  660  yilligiga  bag’ishlangan  Respublika 
teatrlari  festivali  Amir  temur obrazini  yaratishda dramaturgiyada erishilgan  yangi  natijalar 
qatori  rejissura  va  aktyorlik  sohasida  ham  e’tiborli  yutuqlar  ko’rigiga  aylandi.  Rejissura 
saviyasining yuqoriligi tufayli M.Ravshanov sahnalashtirgan Surxondaryo teatrining “Amir 
Temur  va  Yeldirim  Boyazid”  (Q.Abdunabiyev),  V.Umarov  talqinidagi  Sirdaryo  teatrining 
“Amir  Temur” (X.Jovid), M.Yusupov sahnalashtirgan  Farg’ona teatrinig “Amir Temur  va 
To’xtamishxon”  (To’ra  Mirzo)  spektakllari  turli  darajadagi  sovrinlarga  sazovor  bo’ldilar. 
Amir Temur rolini ijro etgan Tesha Mo’minov (Milli teatr), Fayzulla Abdullayev (Buxoro 
teatri),  Muzaffar  To’raqulov  (Qashqadaryo  teatri)  kabi  o’n  nafar  aktyor  o’z  iste’dodinig 
yangi  qirralarini  namoyon etdilar. “Andijon bahori  - 99”, “Andijon bahori - 2001” singari 
ko’rik-tanlovlarni ko’z oldimizga keltirsak, bularda qahcha-qancha ajoyib ijodiy topilmalar, 
yangi iste’dodlar ro’yobga chiqqanligiga guvoh bo’lamiz. 


Istiqlol 
yillarida 
dramaturgiyada 
S.Imomov, 
S.Sirojiddinov, 
S.Nazarov, 
G’.Shermuhammedov, T.Nizom, Ziyo Najmiy, Q.Abdunabiyev, M.Ergashev, J.Xursandov, 
U.Qo’chqor,  A.A’zam,  B.Islomov,  T.Akbarxo’jayev,  F.Boboxonova  kabi  qalamkashlar 
kirib  keldi.  Asarlari  Milliy  teatrning  hozirgi  repertuarida  yetakchi  o’rin  tutib  keluvchi 
Usmon A’zim, Erkin Xushvaqtov ham istiqlol yillarida yetishdilar.  
Milliy  akademik  teatrimiz  bugungi  kunda  ham  ijodiy  tashabbuskorlik  mavqeini 
qo’ldan  berayotgani  yo’q.  Keyingi  paytda  unig  sahnasida  atoqli  shoir  va  dramaturg 
Shukrulloning  “Xasrat  bog’i”,  Dilbar  va  Tilab  Mahmudovnig  “Umr  poyonidagi  baxt’, 
Nabijon Qodirovning “Uch kunlik dunyo”, Inomjon Tursunovning “Bir qanotlilar” asarlari 
paydo bo’ldi. 
Musiqali  drama  janrini  yuksaltirishda  Muqimiy  nomli  musiqali  teatrning  izlanishlari 
diqqatga  loyiq:  rejissor Rustam Ma’diyev  “Devona”, “Baxtli  bo’l dugonajon” kabi asarlar 
yozib,  o’zi  sahnalashtirdi.  Uning  shoir  Xurshid  Davronnig  “Bobur  sog’inchi” 
(B.Lutfullayev  musiqasi)  asarini  sahnalashtirib,  o’zi  bosh  rolni  ijro  etganligi  alohida 
e’tiborga molik. Bahodir Nazarov X.Xursandov bilan hamkorlikda “O’lding aziz bo’lding”, 
“Xotinimning  uch  shaydosi”,  Boyir  Xolmirzayev  Salohiddin  Sirojiddinovning  “Osmonnig 
bag’ri  keng”,  Ahad  Parmonov  va  Mirza  Azizovlar  sahnaga  qo’ygan  Nasrullo  Qobulning 
“Mashrab”  va  “To’da”,  Ma’ruf  Otajonov  talqin  etgan  S.Imomovning  “Superqaynona”, 
“Soyibxo’ja  operatsiyasi”  asarlari  mazkur  teatrning  qizg’in  ijodiy  izlanishlaridan  darak 
beradi.  
“O’zbekteatr”  ijodiy  ishlab  chiqarish  birlashmasi  tomonidan  keyingi  paytda  
o’tkazilgan “Dramaturgiya va zamonaviy qahramon” (2002), “Yosh rejissorlar” (2005) ko-
rik-festivallari  dramaturgiya  rivojiga  turtki  berish  qatori  o’z  teatrini  yaratish  harakatida 
bo’lgan Ilhom Normatov (Jizzax teatri), Ahmadulla Niyozov (Kattaqo’rg’on teatri), Gulruh 
Majidova (Sirdaryo), Shuxrat Abdullayev (Namangan) kabi san’at institutidan chiqqan yosh 
rejissorlarni viloyatlarda doimiy qo’nim topib iste’dodlarini keng namoyon etishlari uchun 
rag’batlantiruvchi juda muhim tadbirga aylandi. 
Rejissorlarni  viloyat  sharoitiga  ko’nikib,  o’sha  yerda  o’z  teatrini  topishi  teatrimiz 
isriqboli  bilan  bog’liq  juda  jiddiy  muammo.  1950  yillar  va  undan  keyingi  yillarda  o’z 
teatrini yaratib, ijodkorlik namunasini ko’rsatgan Albert Xachaturov (Namangan), Hoshim 
Islomov  (Xorazm)  singari  ko’plab  va  hozirda  ham  o’n  yillar  davomida  o’z  teatri  nufuzini 
qattiq  tutib  kelayotgan  Mansur  Ravshanov  (Surxondaryo),  Ubaydulla  Baqoyev  (Buxoro), 
Karim  Yo’ldoshev  (Namangan)  kabi  san’atkorlarning  tajribalari  yosh  rejissorlar  uchun 
saboq bo’lmog’I mumkin.  
Bugungi  kunda poytaxtdagina emas, shu qatori  viloyatlarda  ham  har bir teatrning o’z 
dramaturglari tarkibi shakllanib bormoqda.  
Masalan, Erkin Samandar, Komil Avaz (Xorazm), Abdulla Jabbor, Nurilla Abbosxon 
(Namangan),  Ziyo  Najmiy,  Zahiriddin  Muhiddinov,  To’lan  Nizom  (Andijon)  va  shu  kabi 
Farg’ona,  Surxondaryo,  Jizzax  va  boshqa  viloyatlarda  Dramaturgiyaga  ko’plab  yoshlar 
kirib kelmoqdaki, bu poytaxtda ham, viloyatlarda ham teatr san’atini yoppasiga rivoj topishi 
uchun muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.  
Manbaalar: 1. “Istiqlol va Milliy teatr”, “Yangi asr avlodi”, 2002 yil 
2. Milliy teatrimiz namoyondalari  
“Toshkent Islom Universiteti” nashriyoti 
2001 yil 
 


 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish