Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


PADARKUSH YOXUD O’QIMAGAN BOLANING HOLI



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
PADARKUSH YOXUD O’QIMAGAN BOLANING HOLI 
 
Ziyoli musulmon kirar, palto va asosini mixga qo’yar. Boy ola-ola Harar, xohlamas. 
 
Ziyoli. Assalom alaykum. 
Boy (
karaxt ila
). Va alaykum assalom, Xayrulla! Kursi keltur. Bu kishi yerg’a o’ltura 
olmaydur. 
 
Kelturar. Ziyoli o’lturub papiros chekar. 
 
Ziyoli. Janob boy, sizni kayfsiz ko’rarman. Mumkinmi sababini bilsam? 
Boy.  Bir  mullomehmon  kelib  edi,  o’g’lungni  o’qutmaysan,  deb  juda  jonimni  oldi. 
Quvlagandek qilib zo’rg’a qutuldim, faqat mushlashmadug. 
Ziyoli.  Oh-ho,  qiziq  va  interesniy  hodisa  emish.  (
Odamlarga  qarab
)  Bu  shaharda 
boylarga  amri  ma’ruf  qilaturgan  mullo  bor  ekan,  xudoga  shukur.  Ul  janob  haqqoniy 
domlani  topib,  ziyorat  qilmak  kerak,  boy  afandi!  Sizga  malol  kelmasun,  ushbu  to’g’ridan 
men ham sizga qachonlar bir necha so’z aytmoqchi edim. Va ammo soati, birinchi daqiqa 
manga quloq bersangizki, ilm naf’i to’g’risinda so’zlayin. 


Boy  (
ola-ola qarab
).  Endi  bildim, Siz  ham  o’g’lungni o’qut, deb  mani qisar ekansiz. 
(
Odamlarga  qarab
.)  Bukun  chap  qo’lim  ila  turganman.  O’ylaymanki  ishlar  oldimdan 
chiqar.  Mazmuni:  qordan  qutulib,  yog’murga  uchraymiz.  Xayrulla!  Chilim  keltur! 
(
Tarafayn sukut. Chilim kelar. Boy chekar, yo’talar
). 
Boy. Xayrulla! 
Xayrulla. Labbay, taqsir! 
Boy.  Joyimni  tashla,  uyqum  keldi.  (
Hamyoza  tortar
).  Ertag’a  ishlar  ko’b,  vaqtlik 
yotmak kerak. (
Yana hamyoza
). 
Xayrulla. Xo’sh, taqsir. 
Ziyoli  (
jiddiyat  ila
).  Boy  afandi!  Men  sizga  dedimki,  millatga  keraklik  ilmlar 
to’g’risinda  so’zlamoqchiman,  ammo  siz  mani  so’zumni  eshitmoqg’a  xohlamaydurganga 
o’xshaysiz!  Ikkinchi  daf’a  aytarmanki,  quloq,  bering  va  bu  so’zlar  sizni  va  millatni 
naf’idur! 
Boy.  So’zingizni  jabr  va  zo’r  ila  eshitturarsizmi?  Va  yo  mani  azob  bermoqg’ami 
keldingiz? 
Ziyoli. Yo’q, men asli boshqa ish uchun kelib edim va lekin ilm bahsini ustidan chiqib 
qoldim,  ushbu  sababli  muddaoni  tabdil  qilib,  ilm  to’g’risidan  sizga  bayon  qilmoqni  qasd 
etdim, shoyadki, janobingizdek boylar millat bolalarini o’qitmog’iga sa’y qilsalar. 
Boy  (
Xalqqa  qarab
).  Koshki  domla  hikoyatini  aytmasa  edi.  Xo’p,  madomiki, 
kuymaysiz,  ertaroq  so’ylab  tamom  qiling,  uyqum  kelgan  (
hamyoza
).  Odamlar  bolasini 
o’qut, deydur-o. 
Ziyoli.  Hozir  yangi  va  boshqa  zamonadur.  Bu  zamonga  ilm  va  hunarsiz  xalqning 
boyligi,  yeri  va  asbobi  kundan-kun  qo’lidan  ketgandek,  axloq  va  obro’vi  ham  qo’ldan 
chiqar,  hatto  dini  ham  zaif  bo’lur.  Buning  uchun  biz,  musulmonlarni  o’qimoqg’a  sa’y 
qilmoq’imiz lozimdur. Vaholanki, dini sharifimiz har nav naflik ilm o’qumoqni beshikdan 
mozorgacha  bizlarga  farz  qilgandur.  Bu  hukm  —  hukmi  shariatdur.  Biz,  musulmonlarga 
alal-xusus,  bu  zamonda  ikki  sinf  ulamo  kerakdur:  biri  olimi  diniy;  digari  olimi  zamoniy; 
olimi  diniy:  imom,  xatib,  muddaris,  muallim,  qozi,  muftiy  bo’lub,  xaloyiqni  diniy  va 
axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar, bu sinfga kiraturg’on talabalar, avvalo, Turkistonda 
va Buxoroda ilmi diniy va adabiy va biroz ruscha o’qub, so’ngra Makka, Madina, Misr yo 
Istambulda  borib,  ulumi  diniyyani  xatm  qilsalar  kerak.Toki  komil  mulla  bo’lsunlar.  (
Boy 
mudraydur.
) Ongladingizmi, boy? 
Boy (
boshini ko’tarib
). Ha, ha ayta bering. Qulog’im sizga. 
Ziyoli. Olimi zamoniy bo’lmoq  uchun bolalarni, avvalo,  musulmoniy  xat  va savodini 
chiqarib, zaruriyoti diniyya  va o’z  millatimiz tilini biladurg’ondan so’ngra  hukumatimizni 
nizomiy  maktablarinda  bermoq  kerakdur:  ya’ni  gimnaziya  va  shahar  maktablarini  o’qub 
tamom  qilganlaridan  so’ng  Peterburg,  Maskav  dorilfununlariga  yuborib,  do’qturlik, 
zakunchilik,  injirnerlik,  sudyalik,  ilmi  tijorat,  ilmi  ziroat,  ilmi  iqtisod,  ilmi  hikmat, 
muallimlik  va  boshqa  ilmlarni  o’qitmak  lozimdur.  Rusiya  vatanini  va  davlatina  bilfe’l 
sherik  bo’lmoq  kerakdur  hamda  davlat  va  mansablariga  kirmak  lozim.  Toki  maishat  va 
ehtiyoji zamoniyamiz to’g’risinda vatan va millati islomga xizmat qilsinsa.  Va podshohlik 
mansablariga kirib musulmonlarga naf yetkurilsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo’linsa, 
hattoki,  shu  tariqa  o’qigan  musulmon  bolalarini  Farangiziston,  Amrika  va  Istambul 
dorilfununlariga  tajriba  uchun  yibormak  kerakdur.  Hazrati  paygambarimiz:  ilm  Xitoyga 
ham  bo’lsa  talab  qilingiz,  demadiblarmu?  (
Boy  uyquda
).  Bul  ishlar  bo’lmasa,  magar  pul 


ilava  sizdek  katta  boylarni  qimmati  ila,  chunonchi,  Kafkaz,  Urunburg  va  Qozon 
musulmonlarini  boy  va  aqli  hayriyoti  ilm  yo’liga  ko’p  pullar  sarf  etadilar  va  kambag’al 
bolalarini  o’qutdurarlar.  (
Boyga  qarab.
)  Albatta,  so’zlarimg’a  tushungansiz,  janob  boy! 
Boy! Bobo boy! 
Boy (
mudraydur, bosh ko’tarib, esnab
). Ha, ha. 
Ziyoli.  Aloho,  biz  Turkiston  xalqig’a  bir  imon  odat  borki,  bir  kishi  ruscha  o’qub, 
podshohlik  ishig’a  kirib,  rasmiy  furma  kiysa,  oni  ayb  qiladurlar.  Yo  bir  musulmon  bolasi 
nizomiy  maktab  furmasida  yursa,  masxara  qiladurlar.  Agar  izvoshchik  va  yo  qaro 
mehnatkash bo’lub, ovrupoyilarni eski libosini kiysa va yo javon bacha bo’lub, o’yunchilar 
libosini  kiysa,  hech  kim  bir  nima  demaydurki,  bur  kamoli  nodonlik  va  dunyodan 
xabarsizlikdur. Shunday emasmur, amaki boy?! 
Boy (
o’ltirgan yeridan bir tarafg’a og’ib yotib
). Xur-xur-xuro-xuro... 
Ziyoli.  Iloho,  xudoyo!  Ummati  islomiyag’a,  xususan,  biz  turkistonliklarg’a  rahming 
kelsun. (
Ro’moli ila ko’z yoshini artib chiqib ketar.


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish