Mif qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo’lib, koinotning yaratilishi, inson, o’simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy



Download 25,51 Kb.
bet1/4
Sana09.07.2022
Hajmi25,51 Kb.
#765343
  1   2   3   4
Bog'liq
1.mavzu Mif va badiiy ijod. Mif va jahon adabiyoti. Mifning jahon ada




Mif qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo’lib, koinotning yaratilishi, inson, o’simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to’g’risidagi e’tiqodiy qarashlarni o’z ichiga olgan.
Lug’atlarda mif - ma’budlar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning yaratilishi va yer yuzida hayotning paydo bo‘lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona, - deya izohlangan.
Mifologiya - miflar haqidagi fan; biror xalqning miflari, afsonalari majmui hisoblanadi
Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to‘g‘risidagi tushunchalari, tabiat va kishilik jamiyatida sodir bo‘layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga intilishlari miflarda o‘z aksini topgan.
Hali o’zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam o’z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo’lish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan.
Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o’z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo’lib o’tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan.
Qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko’ra, olamning tuzilishi anchayin sodda: Olimpda xudolar, yerda odamlar yashaydi, olam shu ikkisining birligidan tashkil topadi.Mifologik maktab. Mif XIX asrga kelganda ilmiy o‘rganildi, 
uning tabiati, genezisi, mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari haqida il-
miy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Natijada fanda mifologik mak-
tab nomi bilan ataladigan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. U haqida 
o‘zbek adabiyotgunos olimlari – D. Quronov, Z. Mamajonov va 
M. Sheraliyevalar tomonidan tayyorlangan “Adabiyotshunoslik 
lug‘ati”da quyidagilarni o‘qish mumkin: “Mifologik maktab – XIX 
asr Yyyevropa adabiyotshunosligida vujudga kelgan ilmiy yo‘nalish. 
M.m.ning falsafiy negizini F.Shelling, A.Shlegel va F.Shlegel kabi 
mutafakkirlar ta’limoti tashkil etadi. Bu mutafakkirlar estetikasida 
miflar juda katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, adabiyot va san’atning 
vujudga kelishiga miflar asos bo‘lgan, mif – poeziyaning javhari-
dir. Ma’lumki, romantizm ekzotikaga moyillik bilan xarakterlanadi, 
ayni shu narsa xalq og‘zaki ijodiga qiziqish kuchayganining bosh 
omili bo‘ldi. Zero, klassitsizm davri sig‘ingan antik etalonlardan, 
ma’rifatchilik topingan aql kultidan bezgan romantizm vakillari 
xalq og‘zaki ijodida chinakam ekzotika, bitmas-tuganmas xazinani 
ko‘rdilar. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash 
va nashr qilish, ularni atroflicha tadqiq etish ishlari avj oldi. Bunda 
nemis olimlari – aka-uka Grimmlar, ayniqsa, jonbozlik ko‘rsatdilar: 
1812-yilda ular to‘plagan ertaklarning ilk jildi chop etildi; folk-
lorshunoslik sohasidagi tadqiqotlari asosida “Nemis mifologiya-
si” (1835) asari yaratilib, unda M.m.ning nazariy qarashlari tugal 
shakllantirildi. Aka-ukalar adabiyotning paydo bo‘lishini nemis 
romantizm falsafasidagi xalq ruhi tushunchasi bilan bog‘laydilar: 
g‘aybdan ilhomlantiriluvchi xalq ruhi avval miflarni yaratadi, keyin esa miflardan epos, ertak, lirik qo‘shiq va sh.k. boshqa janrlar 
tug‘iladi; ilohiy ilhom tufayli yaralgani uchun ham folklor – xalq 
ruhining anglanmagan ijod mahsuli, uning shaxssizligi ham shu 
bilan bog‘liqdir. Aka-uka Grimmlar turli xalqlar folklorini qiyosiy 
o‘rganishadi, ularda kuzatiluvchi o‘xshashliklarni esa, xuddi barcha 
hind-Yyyevropa tillari uchun umumiy bobo til (sanskrit) bo‘lgani 
kabi, barcha xalqlar (xususan, hind-Yyyevropa xalqlari) uchun umu
miy qadimgi mifologiya mavjud bo‘lgani bilan izohlashadi. Yyyev-
ropaning turli mamlakatlarida ko‘plab izdoshlari bo‘lgan M.m.ning 
ilmiy izlanishlari, asosan, ikki (etimologik va analogik) yo‘nalishda 
kechdi. Birinchi yo‘nalish (A.Kun, M.Myuller, F.Buslayev va b.) 
o‘z oldiga qadimgi miflar mazmunini tiklash, ularning paydo bo‘lish 
sabablarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ysa, ikkinchisi (V.Shvars, 
V.Manxard va b.) turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganish orqali 
o‘xshashliklarni aniqlash yo‘lidan bordi. M.m.ning bir qator qarash-
larini keyingi davr adabiyotshunosligi inkor qilgan bo‘lsa-da, u ad-
abiy nazariy tafakkur taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Jumladan, 
xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olish va chop etish ishlarining 
yo‘lga qo‘yilgani, mifologiya, folklor va yozma adabiyot namunala-
rini qiyosiy o‘rganishning boshlab berilgani bevosita M.m. faoliyati 
bilan bog‘liqdir. Shuningdek, M.m.ning nazariy qarashlarini ijodiy 
rivojlantirib (ritual-mifologik tanqid) yoki inkor qilgan holda (sayy-

Download 25,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish