Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


- tabiiy resurslar yoki yer va yer osti va ustki boyliklari



Download 315,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana27.04.2023
Hajmi315,53 Kb.
#932341
1   2
Bog'liq
0505MIKROIQTISODIYOT MARUZA YOZMA ISH (2)

- tabiiy resurslar yoki yer va yer osti va ustki boyliklari;
- kapital;
- mehnat resurslari;
- tadbirkorlik qobiliyati (tadbirkorlik).
Bu omillaming har birini iqtisodiyot tizimida o'z o'm i bor, ular 
ma’lum xildagi vazifalarni bajaradilar. Tabiiy resurslar — tovarlami 
ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishda ishlatiladigan tabiiy 
ne’matlardir. Ular — foydali qazilmalar, o'rmonlar, suv, havo va 
shunga o'xshashlar.
Tabiiy resurslar
deganda, iqtisodchilar «уег» iborasini ham ishlatib, 
unga ham «ishlab chiqarish omili» deb qaraydilar. Yer tabiiy om il 
sifatida o'rganiladi.
O'zbekistonning yer fondi davlat chegaralariga qadar bo'lgan hamma 
yerlar hisoblanadi. Davlat yer fondi qishloq xo'jalik maqsadlarida 
foydalanish uchun jamoa xo'jaligi va boshqa xo'jaliklarga berib 
qo'yilgan qishloq xo'jalik yerlaridan, aholi yashaydigan punktlar 
(shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq aholi joylarining 
yerlaridan), sanoat, transport, kurort, qo'riqxonalarning yerlaridan va 
boshqa har xil yerlardan (davlat o'rm on fondlari yerlaridan, davlat 
suv fondlari yerlaridan) iborat.
O'zbekistonning umumiy yer fondi keyingi ma’lumotlar bo'yicha 
44,75 min. gektar, shundan sal kam 32 min. gektari qishloq 
xo'jaligiga qarashli yerlar. Qishloq xo‘jaIigi ixtiyoridagi yerlardan 
7,6 mln.ga o'tloqlar 21,5 m ln.gasi yaylovlar bo'lib, ular 83% tashkil 
etadi. Dem ak, salmoqli o'rin oladilar. Haydaladigan yerlar 4,5 m 
ln.ga1 bo'lib, 14%ni tashkil etadi. Yer fondi quyidagilardan tashkil 
topadi:
— sug'oriladigan yerlar;
— yaylovlar;
— o'rmonzorlar;


— yo'llar va ko'p yillik daraxtlar bilan band bo'lgan yerlar;
— suv osti yerlari;
— shaxsiy tomorqa xo'jalik yerlari;
— boshqa yerlar.
«Uzgiprozem» mutaxassislari respublikamizdagi qishloq xo'jaligi 
korxonalari va xo'jaliklaridagi yaroqli yerlarni baholash bo'yicha 
hozirgi vaqtda anchagina ish qildilar. Bunday ishlarni ular yerning 
turlari, ekiladigan ekin turlari uchun ajratilgan yerlar bo'yicha ham 
amalga oshirdilar (ball hisobida).
O'zbekistonda 98 foizga yaqin qishloq xo'jaligi mahsulotlari 
sug'oriladigan erlardan olinm oqda. Respublikamizda sug'oriladigan 
ekin maydonlarining qariyb 90%- ni paxta va don ekinlari tashkil 
etadi.
Respublikamizda suvni muhofaza qilish va undan tejab, tergab 
foydalanishga katta e'tibor qaratilganligi natijasida 1-gektar yerga 
sarf qilinadigan suv miqdorini 1993-yildagi 13800 m3 o'rniga 2003-
yilda 11500 m3 gacha kamaytirishga erishildi.
Yer inson mehnati mahsuli emas. Ishlab chiqarish omilining bu 
guruhiga tabiat bergan boyliklar, yer osti qazilma boyliklari ham 
kiritiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladi.
O'zbekistonda yer resurslaridan foydalanish holati ham 
qoniqarli emas deb topildi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, 
Namangan va boshqa viloyatlarda. Masalan:
— yerni qonunsiz ravishda egallab olish;
— sug'oriladigan ekinzorlarni qishloq xo'jalik oborotidan chiqib 
ketishi;
— ko'plab dala maydonlarni turli xil sabablar bilan ekilmay qolishi;
- yerdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmaslik hollarining 
mavjudligi;
- ko'p yerlarni zax, sho'r bosib botqoqlikka aylanib borishi; - yerdan 
foydalanishda qonunchilikka rioya qilmaslik holatlari, mo'ljaldagi 
ekinlar o'rniga boshqa xil ekinlar ekish; - statistik hisobotlarga yer 
miqdorini fermer xo'jaliklari tomonidan kamaytirib ko'rsatilishi.
O'zbekistonning tabiiy xomashyo resurslari to'g'risida har bir 
kishi yetarli darajada ma’lumotga ega bo'lishi foydadan xoli emas. 
Hozirgi vaqtgacha O'zbekistonda 2,7 mingdan ziyod turli xil foydali 
qazilma konlari va ma’danlar bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. 


Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o'z ichiga oladi. 
Shundan 60 tadan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan; 900 dan ortiq 
kon qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd. 
AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, O'zbekistonning 
umumiy mineral xomashyo potensiali — 3,3 trillion AQSH 
dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o'tish kerak. G'oyat 
muhim strategik manbalar — neft va gaz kondesati, tabiiy gaz 
bo'yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo'yicha 40 dan 
ortiq, rangli nodir va radioaktiv m etallar bo'yicha 40 ta, konchilik-
kimyo xomashyosi bo'yicha 15 ta kon qidirib topilgan. O'zbekiston 
bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, 
volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo'yicha tasdiqlangan 
zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan M DHdagina emas, balki 
butun dunyoda ham yetakchi o'rinni egallaydi. Masalan, oltin 
zaxiralari bo'yicha dunyoda 4-o'rinda, mis zaxiralari bo'yicha 10- 11-
o'rinda, uran zaxirasi bo'yicha 7-8-o'rinda turadi. Jahon banki 
axborotlariga 
qaraganda 
O'zbekistonning 
yoqilg'ienergetika 
potensiali 4,4 mlrd. tonna neft ekvivalentiga teng keladi
O'zbekiston noyob yoqilg'i-energetika resurslariga ega. Qidirib 
topilgan gaz zaxiralari 2 trln. kub.m. ga yaqin, ko'mir 2 mlrd. t. dan 
ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud va h.k. O'zbekistonning tabiiy, 
mineral xomashyo resurslari g'oyatda boy ekanligi va ularning xilma-
xilligi respublikaning kelajakka ishonch bilan qarashiga imkon 
beradi.1 O'zbekiston oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo yetkazib 
beruvchi, eng ko'p sug'oriladigan yerlarga ega bo'lgan yirik 
rayonlardan biri. Bu mamlakatda qulay tabiiy-iqlim sharoitlari, yer-
suv va mehnat resuslarining m avjudligi tufayli suvni ko‘p iste’mol 
qiladigan paxiachilik, sholi, meva-sabzavotlarni yetishtiruvchi 
xo‘jaliklarni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan. Respublika va 
shuningdek, O lrta Osiyo mintaqalarini rivojlanishini cheklovchi 
omillardan biri — suv resurslaridir. O'zbekiston Respublikasi 
hududida sug'orishning asosiy manbalari Am udaryo, Sirdaryo, 
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Ohongaron 
daryolari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi miqyosida yiliga 
qo'yiladigan suvlar 10 kub. km., qo'shni hududlardan kelib 
qo'shiladigan suvlar esa 89 kub. km.ni tashkil etadi. O'zbekistonning 


iste’mol qiladigan suv miqdori yiliga 62-65 kub. km bo'lsa, shundan 
qishloq xo'jaligida 85% (53-55 kub. km.), sanoatda — 12% (6 kub. 
km.) va kommunal xo'jaligida 3% (1,7 kub. km.) ishlatiladi. Lekin 
xalq xo'jaligida sug'orish uchun ajratilgan suvdan foydalanish 
darajasi ancha past, 64%ni tashkil etadi. O 'zbekistonda qishloq 
xo'jaligi yerlarini sug'orish uchun suv resurslarining 90% sarflanadi, 
shunda ham suv yetishmaydi. Bunga sabab, sug'orish usullarining 
samarasizligi. O'simlikka suvning atigi 40% yetib boradi, qolgani 
sug'orish inshootlarida yo'qolib ketadi (40%), sug'orishda esa 20%. K 
apital — kishilar tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish resurslari 
(binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar, kompyuterlar va h.k.) 
va shunday ishlab chiqarish resurslarini yaratish uchun sarflangan pul 
mablag'laridir. H ozirgi davrda mehnat buyumlaridan xom ashyo, 
materiallar, yoqilg'i, energetika resurslari, ishlab chiqarish 
jarayonidagi ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlar, ixtirolar, 
yangi mahsulotlar loyihalashtirish, ularni ishlab chiqarishga 
tayyorlash, o'zlashtirish xarajatlari, m oylovchi yog'lar kabi bir ishlab 
chiqarish davrida sarf etilgani uchun aylanma kapital nomini olgan 
va kapital tushunchasiga kirgan. «Mehnat» va «tadbirkorlik 
qobiliyati» birgalikda mehnat resurslarini tashkil etadi. M ehnat 
resurslari — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish 
borasidagi aqliy, jismoniy mehnat qobiliyatlari. Mehnat kishilarning 
ongli faoliyati bo'lib, u kamchiliklar, ne’matlarni taqchilligiga qarshi 
kurashish ularni mo'l-ko'lligini ta’minlashga harakat qiladi. Mehnat - 
bu mashaqqat bo'lib, jism oniy, aqliy psixologik va boshqa 
inshootlarni ishga tushishini talab etadi. Tadbirkorlik ishlab 
chiqarishning muhim omili sifatida birinchi bor XIX asrning mashhur 
ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan iqtisodiy tahlil qilishda 
ajratilgan. Marshall nazariyasi bo'yicha tad- birkor-tashkilotchi, ya’ni 
m ehnat, kapital, yer kabi resurslarni birlashtirib, qovushtirib ishlab 
chiqarishni tavakkalchilik bilan o'z zimmasiga oladi, harakatlar 
qiladi. Tashabbus ko'rsatib ishlaydi, natijada foyda oladi. Demak, 
olimning 
fikricha, 
tadbirkor—tashkilotchi. 
«Tadbirkorlik» 
tushunchasi aslida iqtisodchi olim Y.Shumpeterning nomi bilan 
bog'liq bo'lib, tadbirkorlik nazariyasi bo'yicha u anchamuncha 
qiziqarli, chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan. Iqtisodiyot uchun 
resurs sifatida aholining faqat soni emas, balki uning bilimi, ish 


tajribasi, mehnat mahorati ahamiyatli. Mehnat va tadbirkorlik 
qobiliyati ishlab chiqarishning shaxsiy insoniy omili hisoblanadi. 
Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog'liq. Bu daraja 
qanchalik yuqori bo'lsa, ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs 
talab qiladi yoki aksincha. 2003-yil 1-iyuldagi rasmiy ma’lumotlarga 
qaraganda O'zbekiston Respublikasi aholisi 25849,8 ming kishi 
bo'lib, shundan mehnat resurslari 50%ni yoki 12925 ming kishini 
tashkil etdi. Aholining tabiiy o'sishi 187,2 ming kishi, umumiy o'sishi 
esa 142,5 ming kishi bo'lgan. Qishloq aholisi 63,5 foizni tashkil etdi. 
Mehnat resurslarining ish bilan band bo'lganlari 9176,75 ming kishi 
yoki 71% ni tashkil etgan. Demak, mehnat resurslarining salkam 30 
foizi ishsizlar guruhini tashkil etadi. Xuddi shuning uchun ham 
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtirish yo'llaridan 
biri bo'lgan tadbirkorlikni rivojlantirishga katta o'rin berilmoqda. 
Kichik biznes va tadbirkorlik yangi ish joylarini yaratib, bozorni 
tovarlar va xizmat ishlari bilan to'ldiradi. Mehnat salohiyatining 
muhim xususiyati - uning yosh ekanligi va kasb tarkibidir. Demak, 
hozirgi vaqtda O'zbekiston yuksak darajada mehnat faolligiga ega 
bo'lgan, kasb tayyorgarligi bilan ajralib turgan mehnat resurslariga 
ega. Ishlab chiqarish omillarini guruhga ajratishda iqtisodchilar 
turlicha yondashadilar. Rivojlangan jamiyatlarning iqtisodiyot 
nazariyasi ishlab chiqarish omili sifatida axborot va ekologik 
omillarni ham ajratadilar. Haqiqatan ham ularni mustaqil omil 
sifatida ishlab chiqarish sam aradorligini oshirish, malakali ishchi 
xodim larini tayyorlash, inson kapitali qobiliyatlari, imkoniyatlari 
darajasini oshirishga ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular haqida 
maxsus, alohida izlanish kerak bo'ladi. Axborotlar — mashina, 
mehanizmlarda, menejment va marketing modellarida to'plangan, 
mujassamlashgan bilimlarni tartibga soladi. Hozirgi ishlab chiqarish 
sharoitida ekologik omil katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu omil 
iqtisodiy o'sishni yoki uning zarari, ifloslantirishi, zaharli gazlar bilan 
havoni buzishini cheklash im pulsi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, faqat barcha ishlab chiqarish omillarini ishlab 
chiqarish jarayoniga kiritgandagina ishlab chiqarishni tashkil etish 
mumkin. M a’lum xildagi buyumni ishlab chiqarish yoki xizmatlarni 
bajarish kerakli turdagi omillarni talab qiladi, lekin ulardan eng 
asosiylari — yer, mehnat, kapital. Ular o‘zaro bogMiq ravishda 


harakat qiladilar va bir-birlarini to‘ldiradilar. Ishlab chiqarish omillari 
va resurslarining mahsulot hajmiga ta’siri funksiyasini quyidagicha 
ifodalash mumkin:
Q = f (L, К, M)
Bunda: 
L - mehnat,
К - kapital,
M — materiallar,
Q - ishlab chiqariladigan mahsulotning maksimal hajmi.

Download 315,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish