Milliy davlat boshqaruvi tizimi mustaqil o'zbekistonda hokimiyatlar bo'linish prinsiplari rеjа


Ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar



Download 73,39 Kb.
bet2/2
Sana16.03.2022
Hajmi73,39 Kb.
#495513
1   2
Bog'liq
14.MILLIY DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI MUSTAQIL O\'ZBEKISTONDA HOKIMIYATLAR BO\'LINISH PRINSIPLARI

3. Ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar.
Siyosiy islohotlar bundan keyin quyidagi ustuvor vazifa va yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Avvalambor,qonunchilik hokimiyatining roli va ahamiyatini oshira borish. Hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud shoxobchalari o‘rtasida yanada muvozanatlashgan va barqaror bo‘lgan tenglikka erishish, shuningdek, Prezident vakolatlarining bir qismini parlamentning yuqori qismi – Senatga va hukumatga o‘tkazish, quyi Qonunchilik palatasining vakolatlari va huquqlarini kengaytirish. Shu bilan birga, parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirish, asosli va chuqur o‘ylangan qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan tizimni yaratishi darkor. SHuningdek, ushbu yo‘nalish doirasida Bosh vazir va umuman mamlakat hukumatining roli va mas’uliyatini oshirishni kuchaytirish vazifasi ham oldga qo‘yildi.
Hokimiyatni nomarkazlashtirishga va vakolatlarining bir qismini markazdan hokimiyatning mahalliy organlariga o‘tkazishga yo‘naltirish bo‘yicha majmuaviy qonunchilik va huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligini tizimlashtirish va qo‘shimchalarini ishlab chiqish, eng muhimi – o‘z-o‘zini boshqarish organlari – mahallalar, mahalla qo‘mitalari va qishloq yig‘inlarining roli va vakolatlarini kuchaytirish zarur. Muhim davlat qarorlarini qabul qilishda siyosiy partiyalar va fuqarolar institutlarining roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish ko‘zda tutiladi.
Fuqarolik institutlari va siyosiy partiyalar aholi orasida o‘zlarining obro‘-e’tiborini oshirish borasidagi ishlarini o‘ta kuchaytirishlari zarur. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bular siyosiy tajribalar to‘plash va siyosiy kamolotga erishish, o‘zining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, jamiyatda o‘z o‘rnini va elektoratini topish uchun xizmat qiladi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishning o‘zi birinchi galda mamlakatimizda demokratik islohotlarning yangi bosqichi boshlanganligini va unga hamohang tarzda davlat qurilishi sohasida islohotlarni yanada jadallashtirish vazifalarini oldimizga qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning birinchi kunlaridanoq o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsad va vazifalari kelajak asrlarni belgilovchi omil sifatida xizmat qilishi aniq.
Bu strategik maqsad va vazifalar — erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etish, kuchli fuqarolik jamiyati, inson haq-huquqlari va erkinliklarini to‘laqonli himoya qilishga erishishdan iborat. Bu maqsad va vazifalarga erishishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning davlat va jamiyatning islohotlar hamda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqqani tarixiy ahamiyatga ega. Qisqa muddat ichida davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarida amalga oshirilgan quyidagi o‘zgarishlar, tarixiy voqealar mustaqil davlatning yangi va shonli tarixining ilk rivojlanish zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirishi shubhasiz:
1. Boy ma’naviy, madaniy, an’anaviy qadriyatlarimiz jahon taraqqiyoti qadriyatlariga uyg‘un hamda xalqaro hamjamiyat qadriyatlariga muvofiq ravishda tiklandi.
2. Respublikada ko‘pmillatli jamiyat barpo qilish maqsadida fuqarolar tinchligi, millatlararo totuvlikni ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni rivojlantirish borasida imkoniyatlar yaratildi.
3. O‘zbekiston xalqi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan jamiyatni rivojlantirishning istiqbol rejalari asosida aniq maqsad uchun, kelajagi buyuk bo‘lgan mustahkam davlat qurish uchun dadil qadam tashlamoqda.
4. Bugungi kunda tiklanib borayotgan qadriyatlarimiz — madaniyatimiz bilan jahon hamjamiyati va jahon madaniy taraqqiyotining umuminsoniy qadriyatlariga kirib bormoqdamiz.
5. O‘zbekiston xalqi siyosiy hamda iqtisodiy islohotlar yo‘lida harakatlarning natijalarini hamda ularni umumjahon demokratik normalari va qadriyatlariga mosligini baholashga tayyor. Ayni paytda islohotlarni amalga oshirishdagi to‘siq va g‘ovlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari va omillarini tahlil qilish navbatdagi vazifadir.
6. Iqtisodni siyosatdan ustun qo‘yish tamoyili asosida ish ko‘rish oqibatida iqtisodiy murosasozlikni amalga oshirishning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasida siyosiy va huquqiy tizimning murosasozligiga yuzma-yuz kelindi.
Jamiyatning yangilanish yo‘lidan olg‘a borishida davlatning o‘rnini chuqur strategik tahlil qilish uchun qu­yidagilarni belgilash zarur:
— jamiyatning qarashi yuqori darajaga ko‘tarildi;
— fuqarolar ishlab chiqarish sohasida ham mustaqil bo‘ldilar, mehnat faoliyatlarining natijasini yuzaga chiqarish, namoyon etish uchun imkoniyatlar yaratildi, ularda o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch tuyg‘usi paydo bo‘ldi;
— O‘zbekiston jamiyatini dunyo madaniy taraqqiyoti darajasida qayta tiklash uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Mustaqillik yillari qo‘lga kiritilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda, tanlangan islohotlashtirish modelining Respublika shart-sharoitlariga mos yagona va ishonchli yo‘l ekanligini alohida e’tirof etish lozim.
SHu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy. YA’ni, yutuq va muvaffaqiyatlar nimalarda aks etmoqda?
Birinchidan, O‘zbekistonning hozirgi bosqichdagi iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarining kirib kelayotgan islohot modeliga bo‘lgan ishonchning tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston islohotlashtirish bosqichi, yangilanish jarayonlarini davom ettirib, dunyo hamjamiyatining teng huquqli hamda faol a’zosi bo‘ldi. Bugungi kunda respublika o‘z ovoziga ega bo‘lib, uning taklif va mulohozalari dunyo hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 
Uchinchidan, dunyodagi ko‘pgina etakchi davlatlar bilan rasmiy diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. O‘zbekiston 129 mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi va xalqaro demokratik institutlarning asosiy xujjatlarini qo‘llab-quvvatladi va qabul qildi.
Beshinchidan, MDHdagi bir qancha davlatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarning samaradorligini e’tirof etib bizning tajribamizni o‘rganmoqda. 
Prezident I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asaridagi «Bu yorug‘ olamda biz kimmiz va ne sir-sinoatmiz, qayoqqa qarab ketayapmiz? Insoniyat yangi — XXI asrga qadam qo‘yganida bizning o‘rnimiz qaerda va qanday bo‘ladi?» degan savollari har birimizni o‘ylantirib, mulohaza yuritishga undadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash yo‘lida ularni ilmiy o‘rganish, siyosiy va strategik tahlil qilish, o‘ylaymizki, davlatimiz va jamiyatimizni demokratlashtirish jarayonida yuqoridagi savollarga qisman bo‘lsa ham javob topish imkonini beradi.
Prezident I.A.Karimov tomonidan mustaqil davlat tizimini tubdan o‘zgartirishning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Bular quyidagilar:
1. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning konstitutsion asoslarini amalga oshirish, ularning qonuniy bazasi va institutlarini  takomillashtirish.
2. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmini  mustahkamlash
3. Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish, jamiyat hayotining bu muhim sohasini davr talabiga mos keladigan bosqichga ko‘tarish.
Bu boshqaruvni demokratlashtirishning barcha pog‘onalaridagi aloqalarni kuchaytirishni, davlatning fuqarolik jamiyatiga nisbatan muxtor, mustaqil mavqeini bartaraf etishni bildiradi. 
Prezident I.A.Karimov mustaqil davlat siyosiy tizimini quyidagicha belgilaydi:
1. Kelajagi buyuk mustaqil davlat qurish g‘oyasi O‘zbekiston siyosiy tizimini belgilovchi bosh omildir, bunday davlatda barcha fuqarolik huquqlari va shaxs erkinligi, tinchlik va farovonlik uyg‘un tarzda kamol topishi ta’minlanishi shart.
2. Bunday davlat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi, maqsadi inson, uning ehtiyojlari va manfaatlari, uning faoliyati va hayoti, psixologiyasi, urf-odatlari, ma’naviy dunyosi bo‘lishi kerak.
3. O‘zbekistonda siyosiy tizimning amal qilishini fu­qarolarning siyosiy faoliyati belgilamog‘i lozim. Fuqaro siyosiy tizim, davlat uchun yashamaydi, balki bu tizimlar insonga xizmat qilishi, inson uchun yashashi kerak. Faqat shunday siyosiy tizimgina qonuniy, legitizm deb tan olinadi, faqat shunday davlatgina chinakam mustahkamdir.
4. Siyosiy tizimning rivojlanish va amal qilish maq­sadlarini bunday tushunish tarkib topayotgan hayotiy zarur munosabatlarni anglashda yangicha yondashish imkonini beradi. Bunday munosabatlarni respublikadagi barcha konstruktiv kuchlarning O‘zbekiston mustaqilligini mus­tahkamlash, tinchlik va fuqarolar totuvligini ta’minlash yo‘lida hamjihatlikda ishlashidan boshqacha tasavvur etmaslik kerak.
5. Bu vazifani amalga oshirish uchun hokimiyatning bar­cha shahobcha va pog‘onalari siyosiy, iqtisodiy islohotlarning dasturlarini izchillik bilan, bosqichma-bos­qich, og‘ishmay amalga oshira oladigan darajada kuchli bo‘lishlari lozim.
6. O‘zbekiston siyosiy tizimini demokratlashtirish barcha konstruktiv siyosiy kuchlarning kuchli davlat hokimiyat tizimi bilan o‘zaro hamkorlikda samarali ish olib borishini taqozo etadi. Bu davlatning yaxlitligini, bar­qaror amal qilib turishini ta’minlaydi. Insonlarning, millati, dini, irqidan qat’i nazar, huquqiy va ijtimoiy tengligini baholashning yakkayu-yagona mezoni vazifasini faqat qonun bajarishi kerak.
O‘tgan 20 yil davomida O‘zbekistonda yangi tizim uchun ishonchli zamin yaratish borasida muhim natijalarga erishildi. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlari tarixga fuqarolar ongidagi eskicha tafakkur tarzini, eski psixologiyani bartaraf etish bosqichi bo‘lib kiradi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida siyosiy hayotni demokratlashtirish dolzarb vazifaga aylanishi tabiiy. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, siyosiy tizimni isloh qilmay turib, iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin emas. Bu esa, o‘z navbatida, mavjud muammolarni odilona hal etishning ob’ektiv zaruratini vujudga keltiradi.
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘z-o‘zini boshqarish va hokazolarni talab qiladi[5]. SHu tufayli siyosiy tizim mazkur resurs imkoniyatlariga ega bo‘lgan va ulardan foydalangan, ularni o‘z maqsadini ko‘zlab takomillashtirib borgan taqdirdagina izchillik bilan faoliyat ko‘rsata oladi. Bunda inson potensialining aqliy, axloqiy va jismoniy xislatlaridan, O‘zbekistonning boy tabiiy, moddiy resurslaridan oqilona, omilkorlik bilan foydalanish ustuvor ahamiyatga ega. Ularning ishga solinishi ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishning ko‘p qirrali tizimini qo‘llash, fuqarolik jamiyati a’zolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, burchni his etishlari va vatanparvarliklariga e’tibor qaratish bilan ta’minlanadi. Bu imkoniyatdan qanchalik samarali va keng foydalanilsa, O‘zbekistonning mavjud siyosiy tizimining shakllanib borayotgan fuqarolik jamiyatiga bog‘liqligi shunchalik kuchli bo‘ladi, har qanday totalitar hukm va o‘zboshimchalikning oldini oluvchi kafolatlar shuncha ko‘p bo‘ladi. Ayni vaqtda siyosiy tizimning tartibga soluvchi imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bu tizim o‘zining individlar va guruhlarni boshqarish, ularning xatti-harakatlarini tartibga solish, muvofiqlashtirib turish, fuqarolik jamiyatiga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini mumkin qadar ko‘proq ro‘yobga chiqara olgan taqdirdagina kuchli bo‘la oladi. Fuqarolik jamiyati bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchi kuchli davlat qonunlar, farmonlar, me’yoriy hujjatlar orqali bevosita ta’sir ko‘rsatishning ham, narx-navo, ish haqini tartibga solish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, kreditlarga foiz miqdorini belgilash va soliq solish mexanizmlari orqali bilvosita ta’sirning ham madaniy shakllarini e’tibordan chetda qoldira olmaydi.
Hozirgi kundagi ishlab chiqarishning texnologik darajasi, ilmiy-texnikaviy jihatdan zamonaviylashtirish ehtiyojlari ishlab chiqarish sub’ektlarini takror ishlab chiqarishga sifat jihatdan yangi talablar qo‘ymoqda. O‘zbekiston jamiyatining rivojlanib borishi, uning siyosiy tizimining ishga layoqatli bo‘lishi uchun har turli maqsadli ijtimoiy dasturlarning, ijtimoiy davlatning ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash ustidan samarali homiyligining ahamiyati oshib bormoqda. Bunda davlat o‘zining milliy boylikni qayta taqsimlash sohasidagi mavqeini kuchaytirmog‘i lozim, aks holda, fuqarolik jamiyatining o‘zlashtirish va taqsimlash dastaklarini egallab olgan byurokratik qatlam, ertami-kechmi, bu boylikni o‘zining aholi ehtiyojlari to‘g‘risidagi xayo­liy tasavvurlariga muvofiq taqsimlay boshlaydi, hatto bevosita jamiyat hisobidan yashovchi tekinxo‘rlarga aylanadi. Faqat kuchli demokratik davlatgina rivojlangan fuqarolik jamiyati bilan birgalikda faoliyat ko‘r­satgan holda taqsimlash imkoniyatidan samarali foydalana oladi. Binobarin, qayta taqsimlashga ehtiyoj qancha ko‘p bo‘lsa, uni amalga oshiruvchi siyosiy tizim shunchalik demokratik bo‘lmog‘i lozim.
Davlat bilan fuqarolik jamiyati bahamjihat faoliyatining qanchalik samarali bo‘lishi jamoatchilikning hokimiyatni qay darajada qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq. Imkoniyatlar ramzi bo‘lgan siyosiy tizimning ahamiyati shu bilan belgilanadi. Davlat hamisha jamoatchilik fikridan boxabar bo‘lib turishga, aholi orasida ham, chet ellarda ham o‘ziga munosib siyosiy obro‘-e’tibor qozonishga intiladi. Bu esa, jamoatchilik fikrini tartibga solish va o‘rganishning strategik tizimlarini ishlab chiqishni, «Public relation» sohasidagi siyosiy, falsafiy, sotsiologik tadqiqotlarni kuchaytirishni talab qiladi. Bu sohada dastlabki amaliy qadamlar qo‘yildi, ular tez orada o‘z samarasini berishi kerak. Umuman olganda, respublikada shu tushunib etildiki, populizm (soxta shuhrat qozonish) faqat qisqa muddatli muvaffaqiyat keltirishi mumkin, zero pirovardida, hamma narsa siyosiy tizim e’lon qilgan maqsadlarni amalga oshirishga qay darajada layoqatli ekaniga bog‘liq. SHuning uchun taklif etilayotgan maqsadlar tizimi jamiyat taraqqiyotining real sharoitiga moslashtirilgan, ular siyosatchilarning maqsadlariga ham, siyosiy tizim sub’ektlari ko‘pchiligining maqsadlariga ham mos keladi. Faqat shugina siyosiy tizimning haqiqiy barqarorligini ta’minlaydi.
SHunday qilib, bundan siyosiy tizimning tartibga solish imkoniyatining ahamiyati ham ravshan ko‘rinib turibdi. Boshqacha aytganda, siyosiy tizimning tashqi sharoiti va ichki holatning o‘zgarishlariga aniq munosabat bildira olishi uni chinakam barqaror, o‘zini o‘zi rivojlantirishga layoqatli tizimga aylantiradi. Bunda hozirgi bosqichda O‘zbekiston siyosiy tizimining moslashuv qobiliyatini oshirishning qat’iy usuli o‘laroq, siyosiy tizim yaxlitligini saqlab qolgan holda, kichik tizimlarning — mahalliy hokimiyat tizimlari, o‘z-o‘zini boshqaruv organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, jamiyatlar, ijodiy uyushmalarning mustaqilligini kuchaytirish hisobidan erkinlik darajalarini bosqichma-bosqich, sekin-asta oshirib borish taqozo etiladi. Siyosiy islohotlarning navbatdagi bosqichini aynan shu maqsadlar belgilamog‘i ob’ektiv zaruratdir.
Download 73,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish