Milliy hisoblar tizimi (mht) makroiqtisodiy statistikaning asosiy uslubi, asosi va markaziy bo‘limi



Download 90,94 Kb.
bet1/4
Sana20.04.2022
Hajmi90,94 Kb.
#566816
  1   2   3   4
Bog'liq
12-мавзу-MILLIY HISOBLAR TIZIMI 2




MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT) - MAKROIQTISODIY STATISTIKANING ASOSIY USLUBI, ASOSI VA MARKAZIY BO‘LIMI.
1.Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar.
MHT - jahonning barcha mamlakatlarida qo‘llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o‘rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu tizimning ko‘rsatkchilari va tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat mexanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, xozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni ikki yoqlama yozish printsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta’minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi.
«Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilcha avvall gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V,Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o‘z aksini topgan.
MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korxonalar xom ashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy xo‘jaliklari, xar xil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, aktsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan xar xil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar haqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma’lumotlarni tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oxirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, ixtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga keltirish natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi:

  • davlat boshqaruv organlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun;

  • korxonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tadbirkorlar va biznesmenlar tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o‘rganish uchun;

  • xalqaro tashkilotlar (BMT, XVF, Jahon banki, OESR) tomonidan xalqaro iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam ko‘rsatish, kreditlar berish va h.k.).

Xalqaro tashkilotlar faqat MHTdagi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yig‘ishi bilan emas, balki ular MHTning nazariyasi va metodologiyasi bilan, xalqaro andozalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. Hozirgi vaqtda shunday andozalar sifatida BMTning statistik komissiyasi tomonidan 1993 yilda ishlab chiqarish andozalar qo‘llanilmoqda.
MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, bunday chegara ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida o‘zgarib boradi. Bunday chegarani aniqlashda quyidagi iqtisodchi olimlarning: F.Kene, A.Smit, K.Marks, A.Marshall va boshqalarning ilmiy ishlari katta ta’sir ko‘rsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qo‘llanilgan xalq xo‘jaligi balansida iqtisodiy faoliyat chegarasiga faqat moddiy ne’mat ishlab chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial xizmat ko‘rsatuvchi soha tarmoqlari (boshqaruv, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan sohaga kiritilgan.
Bu sohada faqat milliy daromadni qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish jarayoni amalga oshiriladi deb qaralgan. MHT da iqtisodiy ishlab chiqarish chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va xizmatlar unga kiritilgan:

  • tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o‘zi uchun ishlab chiqarish ham (masalan, fermerlar tomonidan o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari);

  • sotish uchun ko‘rsatilgan xizmatlar;

  • moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari va h.k.);

  • davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilgan nobozor xizmatlar (boshqaruv sohasidagi jamoa xizmatlari, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasidagi yakka holdagi xizmatlar va h.k.);

  • yollanma xizmati (oshpaz, bog‘bon, haydovchi)lar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar

  • uy joy egalari tomonidan o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar.

MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini

Download 90,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish