Milliy iqtisodiyotning investitsion salohiyatidan samarali foydalanish iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish omili sifatida



Download 24,72 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi24,72 Kb.
#569518
Bog'liq
M.Yadgarov


MILLIY IQTISODIYOTNING INVESTITSION SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH – IQTISODIYOTNING YETAKCHI TARMOQLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA


Yadgarov M. T. TMI MM-61 talabasi
Ilmiy rahbar: Asatullayev. X

O’zbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va jahon miqyosida raqobatbardoshligining o’sishiga mamlakat, mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va alohida korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirishga yo’naltirilgan davlatning samarali investitsiya siyosatisiz erishib bo’lmaydi. Mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy o’sishga erishilayotganligi, xorijiy investorlarning milliy iqtisodiyotimizga bo’lgan qiziqishlarining ortib borishi mamlakatdagi, avvalambor, iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiya jarayonlarini faollashtirmoqda. Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsion faoliyat iqtisodiy faoliyatning muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Bizga ma’lumki, mamlakatdagi investitsion jarayonlar investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Investitsion siyosat mamlakatning investitsion salohiyatini oshirishga va investitsion faoliyatni kengayishiga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq investitsiya faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Chunki, bizning mamalakatda ham iqtisodiy rivojlanishga samarali investitsiya faoliyatisiz erishib bo’lmaydi.


Investitsiya1 (lot. investio – o’rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo’yish)dir. An’anaviy tarzda investitsiya deganda kelgusida ko’zda tutilgan daromadlarni olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatini tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamchi e’tibor beriladi.
Demak, investitsiya so’zi kengroq ma’noni anglatib, bunga qo’shimcha ravishda o’zlashtirmoq degan ma’noni ham berar ekan.2
Jahon iqtisodiyotining, shu jumladan O’zbekiston iqtisodiyotining ham kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda har bir bilim sohibi anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas.3
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, qulay investitsiya iqlimi shakllanmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari chuqur tahlil etilib, mamlakatimizda uni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Xususan, mazkur asarda va inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatbardoshlikni yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Darhaqiqat, muayyan bir korxona yoki milliy iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko‘rsatishi uning qanchalik raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Raqobatbardoshlik makro darajada – oltin-valuta zaxirasining hajmi yoki savdo balansini emas, balki pirovard natijada aholining turmush darajasini aks ettiradi. Korxona miqyosida bu samaradorlik va kapitallashuvning oshishidir. Aynan raqobatbardoshlik korxonaga o‘z ishchilari daromadi o‘sishini, iqtisodiyotda esa aholi daromadi oshishini ta’minlash imkonini beradi.
O’zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalarning bir maromda faoliyat yuritishi va investorlarning xuquqlari ximoya qilinishi uchun me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Soliq kodeksi chet el sarmoyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tartibini belgilab beradi. Sir emaski, o’z mablag’ini biror mamlakat iqtisodiyotiga kiritmoqchi bo’lgan chet ellik sarmoyador birinchi navbatda o’zi uchun yaratilgan imtiyoz va engilliklarni bilishni istaydi. Shu o’rinda “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonunga muvofiq chet ellik investorlar o’z ishlab chiqarish extiyojlari uchun, shuningdek chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar bilan tuzilgan mexnat shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy extiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan boj to’lovi olinmasligini aytish mumkin.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin besh yillikdagi muhim yo‘nalish va ustuvor vazifalarini belgilab berdi. 
Bugun mamlakatimizda barcha sohalarda yuksalish, taraqqiyot kuzatilmoqda, odamlarning turmush farovonligi muttasil oshib bormoqda. O‘zbekiston bir paytlardagi faqat xomashyo yetkazib berishga ixtisoslashgan agrar respublikadan sanoati jadal rivojlanayotgan, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylandi. Misol tariqasida mamlakatimizning sanoatlashgan zonasi Farg‘ona viloyatiga nazar tashlasak. Farg‘ona viloyatining sanoat imko-niyatlari ham misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. Viloyat markazidan tortib, chekka tuman va qishloqlarda ham zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari barpo etildi. Muhtasham sport va madaniyat inshootlari qad rostladi. 
Bugungi kunda viloyatimizda xorijiy investorlar ishtirokida 150 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016 – yilda iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va faol diversifikatsiyalash maqsadlariga, jumladan, asosiy kapitalga 2 trillion 347 milliard so‘mlik investitsiyalar kiritilib, ularning qariyb 70 foizi ishlab chiqarishni yangilash, zamonaviy texnika va texnologiyalar sotib olishga yo‘naltirildi. Shuningdek, 194 milliard so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, ularning hajmi 2015-yilga nisbatan 2,2 barobar o‘sdi.4 Bularning barchasi respublika hududlarida investitsion salohiyatidan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning tarmoqlariga yo’naltiradi, shuni ta`kidlab o’tishim kerraki, mamlakatimizning barqaror iqtisodiyoti,YaIM hajmini oshirishga stimul bo’ladi. Amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar aholi turmush darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish va mamlakatimizda “Inson manfaatlari har narsadan ustun” prinsipini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi.
Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi. O’zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bank-kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda. Sanoat – bu keng miqyosdagi xalq iste’mol mollari ishlab chiqariladigan, katta miqdordagi ishchilar faoliyat yuritadigan hamda keng ko’lamdagi qo’shimcha ish joylarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan, eksport salohiyatining ko’tarilishi mamlakat iqtisodiy salohiyatining o’sishi va pirovard natijada, respublikada aholi farovonligining o’sishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tarmoqdir. Sanoat tarmog’i mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida juda muhum rol o’ynaydi. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, sanoat tarmog’iga investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muhim qo’shimcha manba sifatida qaralishi lozim. Xorijiy investitsiyalar mahalliy investitsiyalarni to’ldirishi mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu jihatlarni inobatga olganda, investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish tarmoq korxonalarining investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa hisoblanadi.
Sanoat tarmog’i korxonalarini imkoniyatlarini hisobga olib hamda mamlakatning yaqin kelajakdagi rivojlanish strategiyasiga asoslanib ta’kidlash mumkinki, tarmoq korxonlari kelgusi davrda yanada o’sishga erishadi va iqtisodiyotimizning yetakchi tarmog’i bo’lib qoladi. Shu bois ham mazkur tarmoq korxonlarini investitsion faoliyatini moliyalashtirishni yaxshilash masalasi muhim vazifa bo’lib qoladi.




1 O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. – T.: «O’ME» davlat ilmiy nashriyoti. 2002. 4-tom. –145-b

2 Karimov N.G’., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish" Darslik. - TDIU, 2011-B.

3 Jo’raev A.S, Xo’jamqulov D.Yu.,. Mamatov B. «Investitsiya loyihalari tahlili» Toshkent «Sharq»2007-52b

4 http://www.uza.uz

Download 24,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish