Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 0,71 Mb.
bet47/190
Sana11.01.2017
Hajmi0,71 Mb.
#75
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190
Siyosiy terrorizm XIX asrdayoq vujudga kelgan edi. Lekin u XX yuz yillikda keng quloch yozdi. Farbiy Germaniyadagi «qizil armiya» yoki «Paoder-mayn xor» va Italiyadagi «Qizil brigadalar» guruhlari, Ispaniyadagi basklar tashkiloti, Olsterdagi «Inqilobiy-xaloskorlik armiyasi», Perudagi «Porloq hayot» kabi birlashmalar zamonaviy siyosiy terroristlarning birinchi avlodi edi. Keyingi yillarda dunyoning o‘nlab mamlakatlarida, jumladan, bizning yosh davlatimiz chegarasiga yaqin davlatlar hududlarida ham terrorizm o‘choqlari paydo bo‘ldi. Ular mustaqil O‘zbekistonga qarshi kuch ishlatishga urinib ko‘rdilar. Chunonchi, 1999 yilda Toshkentda, Yangiobodda, 2000 yilda Sariosiyo va Uzun tumanlariga, Burchimullaga bostirib kirib, mamlakatimiz tinchligini buzishga urindilar. 2004 yil 28 mart - 1 aprel kunlari Toshkent shahri, Buxoroning Romitan tumani va Toshkent viloyatlarida, 2005 yil 12-13 mayda Andijon shahrida takroran terrorchilik harakatlari sodir etildi. Yovuz kuchlar harakati bostirildi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov «Nezavisimaya gazeta» (Moskva)ning muhbiriga (2005 yil 14 yanvar) bergan intervyusida: «Xalqaro terrorizm» tushunchasi 2001 yilning 11 sentyabridan ayniqsa urf, bo‘ldi...»10 degan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4 sessiyasida (2000 yil 14-15 dekabr) «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Demak, buzg‘unchilik g‘oyalarining ko‘rinish, turlari quyidagilardan iborat:



  1. salib yurishlari (o‘rta asrlardagi);

  2. diniy fanatizm;

  3. ateizm;

  4. fashizm;

  5. bolshevizm.

Ana shu g‘oya va mafkuralarning sivilizatsiya tarixidagi namoyon bo‘lish shakllari quyidagilardan iborat:

  1. buyuk davlatchilik, shovinizmi;

  2. tajovuzkor millatchilik;

  3. irqchilik;

  4. terrorchilik;

  5. shovinizm;

  6. diniy aqidaparastlik;

  7. diniy ekstremizm.

Yovuz g‘oya va mafkuralarning eng ko‘p tarqalgan shakli aqidapa-rastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda Farbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat XXI asrga qadam qo‘ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda.

Aqidaparastlik qanday shaklda bo‘lmasin hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdek xavf-xatarlidir.

O‘rta asrlarda Farbdagi aqidaparastlik mafkurasi bo‘lgan inkvizitsiya cherkovning mutlaq hukmronligini o‘rnatib, hur fikr rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ldi. Galiley va Koppernik kabi yuzlab buyuk aql-zakovat sohiblari ana shunday aqidaparastlik ta'qidiga uchraganlar. Jordono Bruno ilmiy qarashlari uchun jaholat qurboni bo‘lgan.

Sharqda esa Imom Buxoriy, Ibn Sino singari buyuk allomalar ham turli tazyiqlarga duchor bo‘lganlar. Mansur Halloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab singari hur fikrli zotlar esa qatl etilgan.

Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg‘or g‘oyalar tug‘ilaveradi. Buzg‘unchi g‘oyalarning vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo‘ladi. Shunday ekan, ularga qarshi kurashga tayyor turish, ya'ni doimo huryosh va ogoh bo‘lib yashamoq hayotning asosiy zaruratiga aylanmoqda.

Buzg‘unchi g‘oyalarga misol. Abulqosim Firdavsiy (tax. 940-941 yili Xurosonda, Eron va Afg‘onistonning shimoli, Turkmanistonning janubiy qismlari, Tus shahri yaqinida Toboron qishlog‘ida tug‘ilgan). Uning buyuk asari «Shohnoma» 4 ming yillik voqyealarni o‘z ichiga olgan. Yosh Abulqosimning oilasi: u Toboron qishlog‘ida kambag‘allashib qolgan dehqon oilasida dunyoga kelgan. «Sen kambag‘al bo‘lsangda, - degan edi Firdavsiyning otasi, - qadim avlod-ajdodlaring buyuk kishilar edilar. Agar o‘tmishda yerlarimizni o‘zga yurtlik bosqinlar egallab olmaganlarida bizlarni avlodlarimiz kami-ko‘stsiz yashardi, hayotimiz yanada farovon bo‘lardi».

Firdavsiyning «Shoxnoma» asari, rivoyatlarda aytilishicha o‘sha davr hukmdori Sulton Mahmud Faznaviy uni yetarli darajada baholamaydi. Asarda olijanoblikni, sevgi va birodarlikni kuylagan satrlar Mahmud Faznaviyning talonchilik siyosatiga qarshi fosh qiluvchi kuchga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham Mahmud u asarni qalam bilan emas, alam bilan kutib oldi».

Shuning uchun bo‘lsa kerak, Firdavsiyga Sulton Mahmud go‘yo va'da qilingan 120 dona oltin tanga o‘rniga 120 dona kumush tangalar bergan emish. Ulug‘ shoir o‘z umrining 30-35 yilini sarflab yozgan shoh asarining bunchalik past baholanishidan qattiq iztirof chekadi. Sulton Mahmudga javoban u bergan kumush tangalarni uncha bo‘lib, bir bo‘lagini hammomchiga, bir bo‘lagini sharbat sotuvchiga, yana bir bo‘lagini tangalarni olib kelgan kishilarga topshirgan. Yana bir rivoyatda aytilishicha, Firdavsiy Mahmud haqida o‘tkir hajv yozadi va unda Sulton Mahmudni o‘taketgan xasislikda, pastkashlikda ayblab, shoh bo‘lishiga noloyiq deb ko‘rsatadi. Bundan xabardor bo‘lgan Sulton Mahmud Firdavsiyni ushlab fil oyog‘i ostiga tashlash haqida farmon bergan. Shohning bunday farmonidan so‘ng Firdavsiy boshqa o‘lkalarga ketib, yurtidan olisda, uzoq yillar qiyinchilikda, kambag‘allikda, ona yurtning sog‘inchida yashaydi. Darbadarlikda yashagan Firdavsiy yoshi 80 dan ortib qolganda Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. Ancha qarib qolgan Firdavsiy umrining oxirida o‘z Vatani Tusga qaytadi va shu yerda vafot etadi. Manbalarda yozilishicha, uning jasadini mutaassib (dinga qattiq berilgan) kishilar musulmonlar qabiristonidan davf etishga joy bermaganlar. Shundan keyin Firdavsiyning jasadi otasidan qolgan bog‘ning bir chekkasiga ko‘milgan.

Firdavsiyning «Shohnoma» asarida 50 ta podsholik davri tasvirlangan. Aslida bu asar Sulton Mahmud Faznaviy buyurtmasi bilan yozilgan edi. (Boshlang‘ich ta'lim. 2001. №2. 30-31-betlar).


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish