Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa



Download 1,14 Mb.
bet2/39
Sana02.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#733018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

ETNOLOGIYA FANl ASOSLARI, MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI
§-1. ETNOLOGIYANING SHAKLLANISHIVA PREDMETI
Hozirgi murakkab ziddiyatlarga tola bizning zamonamiz har xil dramatik hodisalarga boy bolib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va ma'naviyatiga ulkan ta'sir otkazmoq-da. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning ozaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy ozgarishlar kiritmoqda.
Jahon aholisi XXI asrga kelib olti milliardga kopaydi. Songgi bir asr davomida yer kurrasidagi xalqlar son jihatdan kopayibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va ma'naviy dunyosi ham tubdan ozgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil bolsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir. Statistik ma'lumotlarga kora, otgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan. Ba'zi manbalarda esa yer yuzida yashovchi katta-kichik etnoslarning soni uch-tort mingga yaqin, deb korsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan ibo-rat bolib, jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga ega bir yarim mingga yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik birliklarning soni uch mingdan ortiq.
XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri boldi. Bu muammolar oz-ozidan XXI asrga ham kochib otdi. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasawurla-rini etnologik ma'lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi, asosiy maktablari va yonalishlari, et-nogenez va antrogenez, oziga xos uslub va atamalar kabi nazariy masalalar korib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy va
umumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlaraing ozaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida e'tibor berilgan.
Etnolog olimlarning juda kop ilmiy tadqiqotlari shuni korsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib otilgan barcha pog’onalarida kishilar ozligini anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qoshni elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida toplangan turli elatlar tog’risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo munosabatlarni tog’ri yolga qoyishga, tinchlik sari yonalishga yordam berib kelmoqda. Hatto qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda kop empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xojalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday oy-fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bolgan.
Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi natijasida ayrim xalq va elatlarning hanuzgacha qoloq ibtidoiy tuzumda, ba'zilari esa orta asrlar davri madaniyati darajasida qolganligi ma'lum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika, Markaziy Amerika va Osiyoning ba'zi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam bolsalar-da, ammo ibtidoiy urug’-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari, patriarxal turmush tarzi an'analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar.
Asli kopchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin bolgan bir necha urug’-qabilalarning birikishi, ozaro urushlar va kochishlar (migratsiya) tufayli aralashib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng kuchli va rivojlangan kop sonli elatlar doirasida muayyan ma'muriy, hududiy va til umumiyligi zaminida paydo bolishgan. Ular kopincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan.
Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalarning kopi ikki-ikki yarim ming yillar muqaddam Yunonistonda paydo bolgan. Jumladan, hozir kop ishlatiladigan «demokratiya» yoki «demografiya» sozlari qadimgi grek (yunon) tilidan olingan bolib, uning negizini «demos», ya'ni tub ma'noda «xalq» degan soz tashkil etadi. Shu ma'noda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq
6
tushunchasini ifodalovchi yana bir atama - «etnos» ham ishlatilgan. Masalan, «demografiya» fani jahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni, joylashuvi, tug’ilishi va olimi, ijtimoiy-jinsiy va yosh tuzilishini, tabiiy osish va kochish (migratsiya) jarayonini organadi. Lekin, jahondagi xalq va elatlar oz tili, kelib chiqishi va joylashuvi, moddiy va ma'naviy madaniyati, an'anaviy xojaligi, maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadilar. Xalqlarning ozaro tafovuti, umumiyligi yoki oxshashligini, ularning oziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy organuvchi maxsus fan sohasi «etnografiya» va «etnologiya» nomi bilan XIX asr o rtalarida iste'molga kirdi.
«Etnologiya» atamasi, yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) va «logos» (soz, ma'no) sozlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qili-nadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» sozini boshqa g’ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi. Ba'zi yevropalik olimlar etnologiyani nazariy fan, etnografiyani esa ta'riflovchi fan sohasi deb aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya'ni bir ma'noni anglatuvchi tarix fani sohasi desa boladi. Hatto qadimgi yunon mualliflari dastlabki etnografik ma'lumotlarni xalqlarai ta'riflash bilan cheklab qoymasdan, balki ularni muayyan guruhlarga bolib, ya'ni ilk bora tasniflashga intilib nazariy fikrlarni bayon qilganlar.
XIX asrlargacha «etnologiya» atamasi fanda ba'zan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni organishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik», ya'ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab chiqqan va shu tizimga «etnologiya» sozini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan.
Rasmiy ravishda etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij etnologiya jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasiz otmagan, yangi fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan orni tevaragida jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar bolib, ayrim yonalish va maktablarni yuzaga keltirgan. Bunday munozara va tortishuvlar hozirgacha davom etib
kelmoqda, ayniqsa, mazkur fan atamasi, uning mohiyati va predmeti doirasida turli tushunchalar va mulohazalar mavjud bolib, etnologiya atamasini turlicha talqin qilish va izohlash keng kolamda shu kungacha saqlangan.
Songgi vaqtda taniqli tadqiqotchilar etnologiyani tarixiy fan ekanligini ta'kidlab, uni jahondagi barcha elat va xalqlarni, qoloq yoki rivojlangan bolishidan qafi nazar, teng, baravar organuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr ortalarida arbiy Yevropa mamlakatlarida etnologiya fanining tez sur'atlar bilan osishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosda otkazilishi bilan bog’liq bolgan. Mustamlakachi davlatlar Afroosiyo olkalarida oziga qaram qilib olgan olkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik ma'lumotlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ham bunday ma'lumotlarni faqat etnologiya yetkazib berishi mumkin edi.
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona ta'rifga ega emas. Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi ta'rif mavjud edi. Barcha ensiklopedik lug’atlarda chop etilgan ta'rif asosan, mashhur rus olimi S.P. Tolstovning sozlarini qaytalagan. Uning yozishicha, «Etnografiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish yoli bilan organadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy ozgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy ozaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A. Tokarev, Yu.V. Bromley va G.E. Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi etnografiya (etnologiya) ta'riflari bir oz qisqa va ixcham bolsa-da, ammo mazmunan S.P. Tolstov ta'rifini takrorlaydi.
Har bir fanning oziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning ozaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog’liq bolgan. Ammo etnologiya predmeti doimo kengayib, ozgarib davr talabiga javob beradigan masalalarni organishga qaratilgan. Oqibatda hozirgacha etnologiya fani tevaragida, har xil mulohazalar saqlanib, umumiy, barchaga ma'qul ta'rif topilgani yoq. Shiihday bolsa-da ham mavjud yonalishlar va konsepsiyalar kopligiga qaramay mazkur fan sohasi hozirgi kunda eng dolzarb va muhim muammolarni tadqiq qiluvchi fan hisoblanadi.
Ushbu fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda shuni alohida qayd qilish zarurki, XX asr davomida etnologiya fani doirasida nihoyatda boy empirik va nazariy materiallar toplanib, har xil tarixiy xulosalar va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Agar XIX asrning birinchi yarmida etnologik tadqiqotlar asosan, akademik xarakterga ega bolib, otmishdagi madaniyatlar tog’risidagi ma'lumotlarni toplashdan iborat ekanligini qayd qilsak, XX asrning ikkinchi yarmida etnologik bilimlar toplash tubdan ozgarib koproq pragmatik ahamiyatga ega bola boshladi. Hozirgi kunda etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy, iqtiso-" diy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy muloqotlar, xalqaro savdo va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol oynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va oy-fikrlarni, konsepsiya va yonalishlarni umumiylashtirib quyidagi ta'rifni berish maqsadga muvofiq: «Etnologiya - har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, oziga xos moddiy va ma'naviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xa-rakteri va his-tuyg’ularini organadigan fan sohasidir».
Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. Etnologiya ayrim xalq va elatlarni organishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon bilan bog’liq bolganligi tufayli keng ma'noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar otkazishda eng zarur materiallarni yetkazib berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanib uni qoshimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kuzatiladi. Songgi yillarda paydo bolgan etnosotsiologiya, etno-psixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan tarmoqlarining paydo bolishi bejiz emas.
Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy tus ola-yotgan millatlararo etnik jarayonlarning qonuniyatlarini ochib be-rish, maishiy-madaniy integratsiya va assimilyatsiya tarixini obyektiv yoritish, milliy chegaralanish va an'anaviy joylashuv muammolari-ni haqqoniy hal qilishdek etnologiya fani yutuqlari nihoyatda dol-zarb ekanligi isbotlanmoqda.
Demak, etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, uni 1) insoniyat tarixi
va ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil hal qilishga qobil dunyoqarash; 2) inson va jamiyatni organuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qoshimcha materiallar beruvchi ilmiy soha; 3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni tog’ri hal qilishda, kqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illatlarga qarshi kurashda muhim asos bolib xizmat qiladigan fan hisoblanadi.
Ma'lumki, tarixiylik va tarixiy-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodolbgik negizini tashkfl qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni ham tog’ri tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois etnologiya fanining mohiyati va jamiyatda tutgan ornini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish