Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§-3.ETNOLOGIYANING ASOSIY MAKTABLARI



Download 1,14 Mb.
bet4/39
Sana02.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#733018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§-3.ETNOLOGIYANING ASOSIY MAKTABLARI VAYoNALISHLARI
Har bir fan oziga xos uslub, konsepsiya, maktab va yonalishlar-ga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buyon muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bolgan, zamon talabiga javob bera oladigan har xil maktab va yonalishlar yuzaga kela boshlagan. XIX asr ortalarida nihoyatda keng miqyos-da otkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida toplangan boy ma'lumotlarni jiddiy sistemalashtirishga kirishish, jahon fanida paydo bolgan evolyutsionizm, diffuzionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy yonalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta'sir otkazgan.
23
Etnologiya faniga birinchi bolib evolyutsionizm nazariyasi umummetodologik ilmiy korsatma sifatida kirib keladi. Aslida tabiiy fanlardan otgan evolyutsionistik tasawurlar eng keng tarqalgan nazariya hisoblanadi, shuningdek, XIX asr etnologiya fanida insoniyat madaniyati rivojidagi umumiy qonun-qoidalarning mavjudligini asoslab, turli elatlarning oziga xosligini aniqlashga imkon yaratganligi alohida ta'kidlanadi. Mazkur maktab namoyandalari Angliyada Gerbert Spenser, Eduard Teylor, Jeyms Frezer, Germaniyada Adolf Bastian, Teador Bays, Fransiyada Sharl Leturno, AQSHda Lyus Genri Morgan oz qarashlari, ilmiy izlanishlari bilan etnologiya faniga salmoqli hissa qoshdilar, yangi g’oyalarini fan doirasida tatbiq qila oldilar.
Shulardan eng mashhuri Eduard Teylor (1832-1917) ozining «Insoniyatning qadimgi tarixi tog’risidagi tadqiqot» (1865) va «Ibtidoiy madaniyat» (1871) nomli asarlarida evolyutsion konsepsi-yasini ilgari surgan. Uning eng muhim g’oyasi - odam tabiatning bir qismi va u tabiatga xos umumiy qonuniyatlar bilan birga rivojlanadi. Demak, barcha insonlar psixologik va intellektual jihatdan bir xil tabiatli va ular nafaqat oziga xos, balki umumiy xususiyatlarga ega madaniyatni yaratganlar. Barcha madaniy hodisalardan Teyloraing diqqatini ibtidoiy diniy e'tiqodlar jalb qilgan. Uning ta'rificha, barcha insonlar bir xilda rivojlanib, ibtidoiy davrlardan umumiylikka ega bolgan ruhiy olamni yaratganlar. Natijada ilk bora yuzaga kelgan dinlardan animistik tasawurlar hosil bolgan. U bunday tasawurlar «yowoyi» kishilarning tabiat sirlarini, tush, uyqu, kasallik, olim kabi hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilganligi tufayli paydo bolgan dastlabki falsafiy mushohadalarning mahsuli deb hisoblaydi. Odamlar ibtidoiy tushunchalarini tabiat bilan bog’lab oddiylikdan murakkablasha borayotgan tasavvurlarning rivojini mavjud hodisalarga qiyoslab bergan. U jonga va arvohlarga ishonish (animizm) e'tiqodini «din minimumi», deb ataydi. «Animizm, — deb yozadi Teylor - aslida barcha vahshiy va madaniy xalqlar falsa-fasining negizini tashkil qiladi».
Evolyutsionizm nazariyasining eng yirik namoyondalaridan ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1908), jamiyat va odamzod ichki va tashqi omillar ta'sirida rivojlanadi, degan g’oyani ilgari surdi. Tashqi omilga geografik muhit, qoshni jamiyat va xalqlar, ichki omilga - odamning irqiy tuzilishi, tabiati, va ruhiyatining oziga xosligi kiradi. Spenser
24
insoniyat tadrijini koinotning universal qonuniyati bilan bog’lab insonning kamol topishini uning tug’ma qobiliyati bilan bog’laydi. Va lekin tug’ma tabiat abadiy emas, u takomillashish xususiyatiga ega. Spenser evolyutsiya g’oyasini bir yoqlama talqin qilib, ibtidoiy odamlar goyo jismoniy, axloqiy, aqliy jihatdan qoloq, deb ta'rif beradi.
Germaniyada etnologiya fani va evolyutsionizm ta'lichopqi asos solgan Adolf Bastian (1826-1925) yirik ta'limotchi va etnologiya fani tashkilotchisi bolib tanilgan. U jahonning turli mintaqasida toqqiz marta otkazilgan ekspeditsiyalari natijasida juda kop etnografik materiallar toplab, muayyan yagona nazariyani yaratishga muyassar bolgan. Bastianning eng asosiy bosh g’oyasi shundan iborat ediki, barcha elatlar umumiy dunyoqarashga ega bolib, oddiylikdan murakkablikka otish evolyutsiyasidan iborat.
Etnologiya faniga evolyutsionizmni tatbiq etgan Lyus Genri Morgan (1818-1881) alohida mavqega ega. Bu mashhur Amerika etnologi oz zamonasida barcha olimlarga nisbatan yangi nazariya-dan koproq va samarali foydalangan. Morgan 40 yillik umrini Amerika tub aholisi - iroxezlar va boshqa qabilalarai organishga bag’ishlangan asarlarida mazmunli va kop qirrali g’oyalarni kotarib chiqdi. Bu tashabbuskor etnolog olim ozining asosiy naza-riy tushunchalari va g’oyalarini «Qadimgi jamiyat» (1877) nomli asarida bayon etgan. Unda muallif uchta eng muhim etnologik mu-ammolarni hal qilgan: insoniyat tarixida ibtidoiy urug’chilik tuzu-mining orni va ahamiyati, oila-nikoh munosabatlarining shaklla-nish tarixi va insoniyat tarixini davrlashtirish masalalari. Morgan-ning ta'rificha, urug’chilik jamoasi qadimgi ijtimoiy tuzumlar - osi-yolik, yevropalik, afrikalik, amerikalik va avstraliyaliklarning bar-chasida umumiy xarakterga ega. Uning taklif qilgan davrlashtirish ta'limoti etnografik, tarixiy va arxeologik ma'lumotlarni yaxlitlab, har bir xalqning umuminsoniy tarixdagi oz ornini aniqlashga im-kon berdi. L.Morganning asarlari evolyutsionizm nazariyasining ijo-biy tomonlarini toldiribgina qolmay, u insonlar tarixini haqqoniy organishga xizmat qildi va yuqori darajaga kotardi.
Rus etnograflari ichida ham evolyutsionizm nazariyasi keng tarqalgan. Ular ham Yevropa va Amerika evolyutsion maktab va-killari (J. Lyobbok, M. Lennan, E. Teylor, A. Bastian, L. Morgan)-ning asarlari orqali oz tarixini, nikoh-oila munosabatlari va din tarixini organishga, tadqiq qilishga intilganlar. Bundan tashqari,
25
mazkur etnologiya klassiklarining asarlarini qisqa muddat ichida rus tilida nashr etilishi Rossiyada osha davrda yangi fanga qiziqish kuchayganligidan, har xil nazariy yonalishlarni tarqalishiga imkoniyat tug’ilganligidan dalolat beradi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa etnologiyasida ilg’or evolyutsion g’oyalardan qaytish roy beradi va fanga xilof g’ayriilmiy nazariya va yonalishlar paydo boladi. Bu davrda, ayniqsa, birinchi jahon urushi arafasida mustamlaka va bozorlar uchun kurash, ijtimoiy ziddiyatlar va ozodlik harakatlari avj olgan edi. Bunday sharoitda hukmron sinflar bir xalqning ikkinchi bir xalq ustidan hukmronligini, bosqinchilik va mustamlakachilikni, ekspluatatsiya va zulmni oqlaydigan va qollab-quwatlaydigan g’oyalarga ehtiyoj sezar edi. Kopgina g’arb tadqiqotchilari, shu jumladan, etnologlar ham, oz faoliyatini monopoliyalar manfaatiga, mustamlakachilik idora usuli vazifalariga moslab olib borganlar.
Hozir Yevropa va Shimoliy Amerikada etnologiya fani umumiy vazifa va maqsadlarni aniq tushuna olmasligi, tadqiqot metodlari-ning xilma-xilligi va ilmiy muammolarning kopligi tufayli nazariy duoh kelmoqda. Bu hadadlarda etnografiya fani
hamoa ifckiga ajfalgafl%o*fitt, 6'tkastumoslik vazifasini ado etuvchi (oz xalqini organish sohasi) va boshqa yot (asosan, Yevropadan tashqaridagi) xalqlarni organish sohasidan iboratdir.
otgan asrning ortalaridan boshlab Shimoliy Amerikada mada-niy relyativizm va qayta tiklangan evolyutsionizmning yangi turlari (neoevolyutsionizm), tarixiylikka kor-korona ravishda yondashish va hatto taraqqiyparvar olimlarning g’oyalariga yaqinlashish an'anasi kuchayadi. Atoqli rus etnologi Yu.P. Averkiyeva «1960-yillarda anti-evolyutsionizm urfdan chiqib, ilgarigi evolyutsionizm tanqidchilari endi ozlari doim evolyutsionist bolganliklarini aytib, faqat otgan asr evolyutsionizmning asossiz amaliy aqidalarini tanqid qilib kelganliklariga ilmiy jamoatchilikni ishontirishga intiladilar» — deb yozadi. AQSHda 1963 va 1964-yillarda L. Morganning «Qadimgi jamiyat» asari yangi nashrda chiqishi bunga dalildir. Fun-ksionalistik, diffuzionistik va boshqa eski «izm»larning qurama g’o-yalaridan paydo bolgan neoevolyutsionizm asli yangi zamon etno-logiyasi nazariyasining oxirgi sozidir.
Madaniy relyativizmning boshqa eng yirik namoyandasi antro-polog Melvill Xerskovits har bir xalq madaniyatini nisbiy, mustaqil deb hisoblab, umumiy, masalan, Yevropa-Amerika qiymatlilik
26
sistemasini, oziga xos madaniy xususiyatlarini inkor qiladi. Ayrim madaniyatning nisbiyligini tan olish bilan birga insoniyatga xos umumaxloq mezonlari ham nisbiy (relyativ) xarakterga ega, xalqlar madaniyati orasidagi ba'zi oxshashliklar ham mustaqil, yaxlit insoniyat taraqqiyoti yoq, deb da'vo qiladi. Uning ta'rificha, hozirgi Yevropa-Amerika madaniyatining asosiy belgisi texnologiya, orta asr Yevropasida supernaturalizm, ya'ni diniy mafkuraning hukmronligi, hozirgi melaneziyaliklarda ijtimoiy «prestij», Hindistonda sigirga sig’inish kabilar mazkur xalqlarning madaniy xususiyatlarini ifodalaydi.
Neoevolyutsionizm g’oyalari esa Michigan universitetining professori, atoqli etnolog Lesli Uayt («Madaniyat evolyutsiyasi», «Madaniyat tog’risidagi fan» asarlari va hokazo), uning shogirdi va izdoshi Marshall Salins, mashhur etnolog va arxeolog Julian Styuard asarlarida yorqin ifodasini topgan. Masalan, Lesli Uayt ilmiy dunyoqarashidagi orta tushuncha - madaniyat aslida simvol (belgi)lardan tashkil topgan, degan tushunchadir. Madaniyat evolyutsiyasi, Uayt fikricha, asosan, texnologik taraqqiyotdan iborat bolib, u evolyutsiyaning «sotsiologik», «ideologik» va «sentimental» kabi ozaro bog’liq muhim qismtariga kuchli ta'sir otkazadi. Ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki shakli oila, kishilik jamiyati va madaniyat evolyutsiyasining negizi mulk hisoblanadi. Uayt ozining juda kop asarlarida «antropolog» (etnolog)larni akademik tadqiqot qobig’i bilan cheklanmay, katta nazariy va hayot ortaga qoygan amaliy masalalarni dadil hal qilishga chaqiradi. Styuard ham kop asarlari-da evolyutsion g’oyani g’oyat xilma-xil madaniyatlar bilan, ijtimo-iy hayot shakllari bilan birma-bir moslashtirishga intiladi. Etnologning asosiy vazifasi, deydi u, faqat madaniyatlarni izohlabgina qolmay, balki ularning taraqqiyot qonunlarini aniqlashdan, kishilarning ozaro munosabatlari va ularning tevarak-atrofidagi muhitni organishdan ham iboratdir.
Hozirgi davrdagi Yevropa etnologiyasida eng asosiy orinni keng tarqalgan strukturalizm oqimi egallaydi. Juda kop original etnologik asarlari bilan tanilgan iste'dodli fransuz olimi Klod Levi-Stross shu oqimning asoschilaridan biri hisoblanadi, AQSH va arbiy Yevropada uning fikrlarini fan nazariyasi, deb tasdiqlashga intiladilar. Levi-Stross jamiyat tog’risidagi Dyurkgeym ta'limoti va formal lingvistika uslubini yaratgan Ferdinand de Sossyura g’oyalari ta'sirida tilshunoslikdagi
27
struktura uslub orqali ayrim madaniyatlarning tuzilishi (strkutrasi)ni simvollar tizimi shaklida qaytadan tiklash mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Uning ta'rificha, real yaxlit borliq sifatida madaniyatni emas, balki uning strukturasidan sun'iy ravishda ajratib olingan ayrim qismlarni, masalan, qarindoshlik terminologiyasi, folklor, mifologiya, taom tayyorlash va hokazolarni tadqiq qilish zarur, Levi-Stross asarlarining nomlari («Xom va pishirilgan», «Asaldan kulga», «Qadah kotarish odatlarining kelib chiqishi», «Yalang’och kishi») fikrimizga dalil bola oladi. Asosan, Janubiy Amerika hindilarini organgan Levi-Stross maishiy turmush va madaniyatning turli tomonlarini oziga xos qonuniyatga ega bolgan yopiq sistema shaklida ta'riflaydi. Demak, strukturalizm nazariyasining negizida qandaydir tarixiy tuzumdan tashqari, sabab-natija aloqalariga ega bolmagan abadiy struktura mavjud va u inson tafakkuri hali bexabar kishi ongi mahsulidir, degan tasavvur yotadi.
Levi-Stross konsepsiyasida jamiyatdan sun'iy ravishda ajratil-gan hodisalarining ayrim qismlarini organish asos bolsa, juda kop iste'dodli olimlardan iborat «ingliz strukturalistlari» real konkret tarixiy birikmalar (qabila, xalq, davlat)ning ayrim strukturalarini tadqiq qiladilar. Mazkur nazariya vakillaridan atoqli afrikashunos Evans-Pritchard, Okeaniya orollari etnografiyasini organishda mashhur bolgan Daymond Fyors, Janubiy Afrikada tug’ilgan etnograf Meyer Fortes va uning hamkasbi Maks Glukmen tadqiqot-lari e'tiborga molikdir.
Yevropa etnologiyasida otgan asrda paydo bolgan «o'lkashu-noslik» tendensiyasi songgi yillarda ancha osdi. Natijada oz xalqini organish, turli muzeylar yaratish, ochiq etnografik muzeylarni tiklash, muayyan tadqiqotlar otkazish, ayniqsa kuchaydi. Hozir Yevropa va AQSHda juda kop yuqori malakali etnologlar paydo bolgan. Faqat AQSHning ozida taxminan uch mingga yaqin etnolog mavjud. Mamlakatning deyarli hamma universitetlarida etnologiya kursi orqiladi va etnologik ilmiy tadqiqotlar otkaziladi. Ilmiy tadqiqotlar otkazishda kop muzeylar qatnashmoqda. Maxsus etnologik jamiyatlarning faoliyati nashr etilish («Amerika etno-tarix jamiyati» kabilar), turli jurnal va toplamlar etnologiya faniga qiziqish katta ekanligidan dalolat beradi. Yevropada olkashunoslikning osishi natijasida oz xalqining maishiy turmushi, moddiy va ma'naviy madaniyatini targ’ib qilish kuchayib bormoqda.
28
Bu ishda maxsus qishloq tarzidagi ochiq joylarda tiklangan etnografik muzeylar muhim rol oynamoqda.
Etnologiya fani qator Yevropa mamlakatlarida yangi ilg’or g’oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga aylandi va tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. U g’oyaviy jihatdan obyektiv metodga asoslangan holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bolishi, an'anaviy moddiy va ma'naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolarni keng miqyosda tadqiq qilishga kirishgan. Etnologik tadqiqotlar muntazam ravishda kop mamlakatlarda boshqa yaqin fan sohalari, ayniqsa, sotsiologiya bilan hamkorlikda davlat siyosatiga muvofiq ilmiy kadrlarni bir maqsad yolida katta muammolar tevaragiga jipslashtirgan holda olib borilmoqda.
Ayrim mamlakatlarda an'anaviy olkashunoslik doirasidan chiqilib, boshqa xalqlarni organishga otish jarayoni sezilmoqda. Xususan, Polshada «o'zbeklar» nomli monografiya yaratilgan. Ger-maniyada etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sha-roitda, ilmiy kadrlarning bir qismi natsizm tuzumi davrida halok bolganligi, bir qismi chet ellarga qochganligi tufayli fashistik maf-kura qoldiqlariga qarshi kurash olib borish barobarida rivojlandi. Barcha Yevropa mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar va muzeylar doirasida mar-kazlashtirilgan.
Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog’onaga kotar-gan va jahon etnologiya fanida oziga xos obroga ega bolgan mak-tabning paydo bolishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P. Tolstov nomi bilan bevosita bog’liqdir. U etnografiya fanini jahon ilm sahnasiga kotarib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yolida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P. Tolstov etnografiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyatlarini organa-di, «turli tarixiy davrlarda paydo bolgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta'kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bolgan S.P. Tolstov sharq xalqlari moddiy va ma'naviy madaniyatini organishdagi katta xizmatlari uchun ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni organishga alohida e'tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste'dodli etnolog
olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida S.P. Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I. Kushner, I.I. Potexin, L.P. Potapov, G.F. De-bes, M.O. Kosven, S.A. Tokarev, M.G. Levin, N.N. Cheboksarov, B.O. Dolgix, D.A. Olderogge, N.A. Kislyakov, T.A. Jdanno boldilar. Songgi yillarda yetishib chiqqan va etnografiya fanining rivojiga sahnoqli hissa qoshgan tadqiqotchilar Yu. V. Bromley, Yu. P. Averkiyeva, S.I. Bruk, V.P. Alekseyev, V.I. Kozlov, F.F. Its, G.E. Markov, B.A. Andrianov, V.K. Chistov, S.I. Vaynshteyn, R.K. Kuzeyev, V.V. Ginzburg, M.V. Kryukov, R.N. Ismagilova, Yu.V. Arutyunyan, Yu.I. Semenov, N.A. Butinov, S. Kamolov, K. Shoni-yozovlar ozlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar. Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda koplab iste'dodli olimlar milliy etnologiya fanini oz asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb mu-ammolarni hal qilishda ozlarining muayyan hissalarini qoshib kelmoqdalar.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish