Milliy mustamlaka zulmining kuchayishi oqibatida xalq norozilik harakati



Download 106 Kb.
bet4/6
Sana27.03.2022
Hajmi106 Kb.
#512617
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY MUSTAMLAKA ZULMINING KUCHAYISHI OQIBATIDA XALQ NOROZILIK HARAKATI

1916 yil xalq qo’zg’oloni.Birinchi jahon urushi unda ishtirok etayotgan Rossiyaimperiyasini tobora holdan toydirmoqda edi.O’n minglab askarlar jangda qurbonbo’ldilar.TalvasagatushganRossiyaOliyBoshqo’mondonlikshtabiharbiyvazirlikdan«armiyaehtiyojlariuchunsalmoqlimiqdordakuchajratishni» zudlikbilantalabqildi.Bukuchniharbiyvazirlikmustamlakalardanto’plashgaumidbog’ladi.NatijadaRossiyaimperatoriNikolayII 1916 yil 25 iyundaTurkiston, SibirvaKavkazdagi 19 yoshdan 43yoshgachabo’lganerkaklarnifrontorqasidagixizmatlaruchunsafarbarqilishto’g’risidafarmonchiqardi.
Turkiston general-gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish buyurilib,
Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, Farg’ona zimmasiga 50ming kishi yuborish majburiyati yuklandi. O’lkada safarbar qilinuvchilarning ro’yxatlarituzila boshlandi.Xalq bu tadbirga «mardikorlikka» olish deb nom berdi.Mahalliyma’muriyat mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga aylantirdi.Boylarningo’g’li pul bilan qutulib qolar, kambag’al oilalar esa yolg’iz o’g’ildan, boquvchisidanayrilar edi.Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi.Petrograddan ba’zitabaqadagilar tovon evaziga mardikorlikdan ozod qilinishi mumkinligi to’g’risidaqo’shimcha ko’rsatmalar etib kelganidan keyin xalq noroziligi qo’zg’olonga aylanibbordi.4 iyulda Xo’jand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unda dehqonlar,mardikorlar,chorakorlar, ayollar - jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish
«Mardikor bermaymiz!» shiori ostida o’tdi. Politsiya namoyishni bostirishga kirishdi, ularustiga tosh yog’ildi.Harbiy qismdan soldatlar etib kelib politsiyachilar bilan birgalikdanamoyishni bostirdi, ikki kishi o’ldi, bir kishi yarador bo’ldi.Xo’jand voqeasi haqidagixabar butun Turkistonga yoyildi.5 iyulda Samarqand uezdining Urgut qishlog’idag’azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar volost boshqaruvining mahkamasi oldigato’plandi.Mahkama xodimlari kaltaklandi. O’sha kuni Samarqand uezdining Siyob,Mahalla, Xo’ja Ahror va Angar volostlarida ham namoyishlar bo’lib o’tdi.
11 iyulda Toshkentda katta g’alayon boshlanib ketdi. Hunarmandlar, ishchilar,shahar kambag’allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog’ochdagi politsiyaboshqarmasi tomon yo’l oldilar. Bu erda qo’g’olonchilarning katta guruhi to’plandi.Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan ko’ra o’zimiz o’lganimiz yaxshiroq, podshoo’lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridanYo’lchi Ibrohimov (ko’nchi), G’ulom Kamolov (g’isht teruvchi), ishchi ayol ZuhrabibiMusaeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi qat’iy kurash boshlashga da’vatetdilar. «Ur, politsiyachilarni!» degan qichqiriqlar bilan boshqarmaga hujum qildilar.
Qamal va otishma boshlanganidan bir soat keyin yordamga jazo qo’shini etib keldi.Kazak qismlari 5 kishini otib o’ldirishdi, 15 kishi yarador bo’ldi.
Qo’zg’olonning faol ishtirokchisi Zuhrabibi ham kurashning oldingi safidagi to’qnashuvda tosh otayotib halok bo’ldi.Qo’zg’olonchilar chekinishdi.Sal keyinroq yana chinakam jang boshlanib ketdi. Endi podshoh askarlarichekinishga majbur bo’ldilar, ular boshqarma ichiga kirib olib, barrikada quribhimoyalandilar.Podpolkovnik Savitskiy boshliq jazo otryadi, uning ketidankelgan general Galkin kuchlari jangga kirib qo’zg’olonni bostirishga erishdilar.Toshkent atrofidagi qishloqlarda dehqonlarning g’alayonlari politsiya vaqo’shinlar bilan to’qnashuvga aylandi. Bunday to’qnashuvlar 12 iyuldaYangibozor, To’ytepa qishloqlarida, 14 iyulda Troitsk, Xonobod va Pskent
qishloqlarida ham bo’lib o’tdi.
Noroziliklar Rossiyaning asosiy paxtakor rayoniga aylantirilgan Farg’ona
vodiysida tobora kuchaya boshladi. G’alayonlar Qo’qon shahri, Kattaqo’rg’on,
Rishton, Ganjiravon qishloqlarida ham bo’lib o’tdi. Ularning barchasi ayovsiz
bostirildi.
9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni o’qib eshittirildi. Aholi
yashin tezligida maydonni to’ldirdi. Xalq «hozir hamma mingboshilar va amaldorlarningboshini kesib tashlaymiz va mol-mulkini er bilan yakson qilamiz», deb tahdid solib,safarbarlikni bekor qilishni talab etishdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi.Jazolovchilar qo’zg’olonchilarga o’t ochib 3 kishini o’ldirib, 12 kishini yarador qildilar.Skobelev uezdida xalq g’alayonlari 10 iyul yakshanba kuni eskiMarg’ilondagi chiqishlar bilan boshlandi.To’plangan kishilar soni 25mingtagacha etgan.Qattiq to’qnashuvda ikki mirshab o’ldirilgan, bir nechaoqsoqol kaltaklangan.Xalq bilan yomon munosabatda bo’lgan boylar hamo’ldirilgan. Boylarning uylari va ma’muriy binolar vayron qilinib, podsho rasmiyirtilib, oyoq ostiga tashlangan. Bu erga jazo polki etib kelib qo’zg’olonchilargaqarshi o’t ochib, 63 kishini o’ldirib, ko’pchilikni yarador qilganlar.1916 yildagi qo’zg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. Jizzaxshahri aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar ro’yxatini talab qilib oqsoqol vamingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasinivayron qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar.Nazir Hoji eshon Jizzax beki debe’lon qilinadi.Qo’zg’olonni bostirishga etib kelgan jazo otryadi katta zarbaga uchradi.Qo’zg’olonchilar safi kengayib bordi. Nazir Hoji eshon boshchiligida qo’zg’olonchilaryangi shaharga tomon yurdilar.Jazo otryadi bilan qo’zg’olonchilar o’rtasida bo’lganto’qnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar bo’ldi.Qo’zg’olonchilar telefon simlariniuzib, neftli baklarni yondirib, binolarni vayron qildilar.Lomakino bekatida temir yo’lko’prigi, relslar buzib tashlandi. Obruchevo, Kurapotkino, Rostovtsovo temir yo’l
bekatlari ham vayron qilindi, 6 ta temir yo’l ko’prigi buzib tashlandi. Abdurahmonjevachi boshchiligidagi kuchlarning Bog’don volostida ham g’alayonlari boshlanib,Jizzax tomon yuradilar.21 iyul kuni Jizzax yaqinidagi Qili deb atalgan manzildaqo’zg’olonchilar bilan jazo otryadi o’rtasida to’qnashuv sodir bo’ladi.Pulemyotdan o’qqatutilgach qo’zg’olonchilar engiladi.Abdurahmon jevachi, Nazir Hoji eshonlar qo’lgaolinadi, o’lim jazosiga hukm qilinadi.
Turkiston general-gubernatori Jizzax qo’zg’olonini bostirish uchun polkovnik
Ivanov boshchiligida oltita to’pi bor 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi, 2 taortileriya qismi va 3 rota sapyorlarni safarbar etadi. Jazo otryadi qo’zg’olonni
shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama cho’lga haydaladi.Jizzaxishi bo’yicha 1000 kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib turli muddatlarga qamaldi.1916 yilgi qo’zg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag’allarqo’zg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi.Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsada,mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham 1916 yil 13dekabrda IV Davlat Dumasida so’zga chiqqan A.F. Kerenskiy «Urush frontlariga yangibir front - Turkiston fronti qo’shildi», - deb vaziyatga jiddiy va xolis baho bergan edi.
General-gubernator imperatorga yo’llagan mutlaqo maxfiy axborotida 97 rus
askari o’ldirilib, 86 tasi yarador bo’lganini va 76 askar bedarak yo’qolganini, 7 rusamaldori, rus aholisidan 2325 kishi o’ldirilib, 1384 kishi bedarak yo’qolganini yozgan.Ammo u Turkiston frontida o’z talofatini aniq yozgani holda vahshiyona o’ldirilgan o’nminglab mahalliy aholi hisobini bermaydi.Qo’zg’olon o’lkadagi Chor Rossiya mustamlakachilik tizimining tagi bo’shzaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlariningvatanparvarligi, g’ururi so’nmaganligini namoyon etdi.



Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish