Milliy mustamlaka zulmining kuchayishi oqibatida xalq norozilik harakati


Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati



Download 106 Kb.
bet5/6
Sana27.03.2022
Hajmi106 Kb.
#512617
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY MUSTAMLAKA ZULMINING KUCHAYISHI OQIBATIDA XALQ NOROZILIK HARAKATI

Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati

Turkistonda o’rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlaridayanada kuchaydi. Chorizm iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqni talash, ezish bilan birga,ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma’naviy qashshoqlantirishga intilar edi.


Mustamlakachilar shu maqsadda o’lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdosanoatchilar,muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iboratmalaylarini safarbar etgan edi.Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik,ozodlik uchun intilishini so’ndirolmadi, milliy ozodlik harakati kuchayib bordi.Tarixiyvaziyat millat ravnaqini o’ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolarorasidan xalqni uyg’otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish uchun kurashuvchikuchlarni tayyorlab etishtirdi.
Sharq bilan G’arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan Rossiyatasarrufiga olingan musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatarfarzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo’lib angladi. U turkiy xalqlardagijaholatni yo’q qilish, ma’naviyat-ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasigako’tarilish harakatini boshlab berdi.Ismoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablardadunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi.U 1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroyshahrida jadid maktabiga asos soldi.
«Jadid» arabcha so’z bo’lib «yangi» degan ma’noni bildiradi. U o’zi tashkil etgan
maktab o’quvchilari uchun o’quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12o’quvchining savodini chiqarib, tezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib,o’z g’oyalarini yoydi. 1888 yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh»kitobini nashr etib, jadid maktablarining qurilishi, dars o’tish mazmuni, jihozlanishi, sinovva imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi.Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkistonga ham kirib keldi.1893 yilda U Turkistongakelib, ilg’or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo’lib bitta jadid maktabiochishga rozilik oldi.Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish,«Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898 yilda Qo’qonda Salohiddindomla, 1899 yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jaded maktabiga asos soldilar. 1903 yilda Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jaded maktablari faoliyat ko’rsatdi. Turkiston jadidlariga Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar rahnamolikqildilar. Ular dastlab maorifni isloh qilish yo’lidan bordilar.«Usuli jadid» maktablaritarmog’i kengayib bordi, ularda diniy ta’limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum,handasa kabi dunyoviy bilimlar o’rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi.
Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o’rgatishga alohida e’tibor berildiki, buularning milliy ongini uyg’otishga, jamiyatni etnik jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi.
M.Behbudiyning «O’z urug’ining otini bilmagan, etti otasini tanimagan qul-manqurtdir»degan so’zlari talabalarni milliy o’zligini anglashga chaqirar edi. Munavvar qorining«Adibi avval», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi»,«Muxtasari tarixi islom», «Jug’rofiya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim»,«Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyaniyuqori saviyaga ko’tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli,ma’naviy etuk, o’z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o’zlashtirgan kadrlartayyorlab chiqarildi.
Jadidlar yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar.Boytabaqaning ilg’or vakillari jadidlarning bu harakatini ma’qullab, tegishli mablag’ bilanko’maklashdilar. Ko’pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaningmarkaziy shaharlariga o’qishga yuborildi. 1910 yili Buxoroda mudarris Xoji Rafiy vaboshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911 yilda 15 ta, 1912 yilda30 ta talabani Turkiyaga o’qishga jo’natdi. 1909 yilda Munavvar qori tuzgan «Jamiyatixayriya» ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o’qishgayuborishga yordamlashar edi.
Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar.Munavvar qori 1906 yilda«Xurshid» («Quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o’zi muharrirlik qildi.Jurnal xalqninghaq-huquqlarini tanishga, milliy uyg’onishga xizmat qildi.Ammo mustamlakachima’murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M.Behbudiy 1913 yilda «Samarqand»gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy \nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnaldamillat va ona yurt dardi, xalqni ma’rifatli qilish, erkinligini ta’minlash masalalarigabag’ishlangan dolzarb maqolalar chop etilardi. Ular chor Rossiyasi tasarrufidagi turkey xalqlarga, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib etardi.
Taraqqiyparvar o’zbek ziyolilarining etakchisi Asadullaxo’ja o’g’li
Ubaydullaxo’ja 1913 yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadiva 1914 yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalari chiqariladi. Bugazetalar sahifalarida e’lon qilingan maqolalar ommani mustabid tuzumga qarshiqo’zg’atishga xizmat qildi.Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913 yildamusulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914 yil 27fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o’zbek milliy teatrining birinchi rasmiy
ochilish marosimi bo’ldi. Munavvar qori o’zbek milliy teatrining birinchi pardasini ocharekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o’ynalmag’onligi barchangizgama’lumdir... Teatrning asl ma’nosi «ibratxona» yoki «ulug’lar maktabi» degan so’zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o’xshaydurki, unga har kim kirsao’zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko’rib ibrat olur». O’sha kuni sahnadaM.Behbudiyning «Padarkush» pesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagibuzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e’tiborini najot yo’li - maorif, maorifni esa «poklangan
din» beraoladi, degan g’oyaga qaratadi. «To’y», «Zaharli hayot», «Javanmarg», «Baxtsizkuyov» pessalarida xotin-qizlarning huquqsizligi, ko’pxotinlik, majburiy nikoh oqibatlarikabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san’ati odamlarga millatda mavjud bo’lganqusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo’lib xizmat qildi.
Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo’rligi,
axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asaridaBuxoro ulomalarining nodonligi va poraxo’rligini ochib tashladi. «Hind sayyohiningsarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulgaayrim ruhoniylarning o’z mavqeini suiiste’mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko’rsatdi.
Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik kabiillatlarni qoralashdi.
Jadidlar guruhiy, ijtimoiy va hududiy birlik to’g’risidagi masalalarni ko’tarib,
xalqni milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XXasr darajasiga ko’tarishga intildilar.Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan,mustamlakachi ma’murlar qarshilik ko’rsatdilar.Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko’targanbarcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarqushlar, maktablari haqida esa«bu xil maktabda o’quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o’qiy boshlaydi, ikkinchi yiliozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag’darib turmaga tiqib
qo’yishadi» der edilar.Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o’qitish be’manilik, dahriylik debhisoblashdi.M.Behbudiy ularni fosh qilar ekan, Qur’oni Karim ham, Muhammadpayg’ambarning hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, Qur’oni Karimning chorakqismi tarixiy ma’lumotlardan iboratligini asoslab beradi.
Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini ko’rdilar. Ularustidan nazorat o’rnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarini buzib tashlar,kitob do’konlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Ayniqsa 1905-1907 yillardagi Rossiyainqilobidan keyin qatag’onlik kuchaydi. Bu inqilobdan mahalliy burjuaziya vazamindorlarning bir qismi qo’rqib ketib mustamlakachi ma’murlar panohiga intildilar.
Jadidlardan o’ng qanot ajralib chiqib reaktsiya lageriga qo’shildilar.Qadimchilar debatalgan bu guruh Rossiyaning obro’si bizning obro’yimiz, xudodan qo’rq, podshohnihurmat qil, podshohning amri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar.Ular islohotlargaqarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm - turkiy xalqlarni
Turkiya davlatining qo’li ostida birlashtirish, panislomizm - islom dinidagi barcha
xalqlarni birlashtirish g’oyalari soyasida qolib ketdilar.
Jadidlar tobora olg’a yurdilar.Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo’llaganzo’ravonlik choralari, ularni ma’naviy-ma’rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko’rsatishdarajasiga ko’tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va firqalar vujudga keldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilikmadaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o’sib mustamlakachilarga qarshiko’tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.



Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish